395
xususiy partiyalar hech qanday harajatsiz resurslarni taqsimlash ustida
savdolashishi mumkin bo`lsa, unda xususiy bozor har doim tashqi ta’sir
muammosini hal qiladi va resurslarini samarali taqsimlaydi.
Kouz teoremasi qanday ishlashini ko`rish uchun, bir misolni ko`rib chiqaylik.
Dikning Spot nomli iti bor deylik. Spot huradi va Dikning qo`shnisi Jeynni bezovta
qiladi. Dik itga
egalik qilishdan manfaatdor, lekin it Jeynga salbiy tashqi ta'sir
ko`rsatadi. Dik Spotni umumiy itlar joyiga yuborishga majbur qilinishi kerakmi,
yoki Jeyn Spotning hurishi sabab uyqusiz tunlardan qiynalishi kerakmi?
Avvaliga qaysi natija ijtimoiy samarali ekanligini ko`rib chiqaylik. Ikki
muqobil variantni hisobga olib, ijtimoiy planner, Dikning itdan oladigan foydasini
Jeynga it hurishidan ketadigan harajatni solishtiradi. Foyda harajatlardan ko`proq
bo`lsa, Dik itni olib qolishi va Jeynning it hurishiga chidab yashashi samarali
bo`ladi. Lekin agar harajat foydadan yuqori bo`lsa, unda Dik itdan xalos bo`lishi
kerak.
Kouz teoremasiga ko`ra, xususiy bozor samarali natijani o`zi topadi. Qanday?
Lola shunchaki itdan qutilish uchun Dilshodga to`lash taklifini qilishi mumkin.
Lola taklifidagi pul miqdori itni tutib turish manfaatidan yuqori bo`lsa, Dilshod
shartnomani qabul qiladi.
Narx
ustida savdolashish orqali, Dilshod va Lola har doim samarali natijaga
erishishi mumkin. Misol uchun, Dilshod itdan 500 so`mlik foyda oladi va Lola it
hurishidan 800 so`mlik harajat sarflaydi deb tasavvur qilaylik. Bu holatda, Lola
itdan qutilish uchun Dilshodga 600 so`m taklif qilishi
mumkinva Dilshod buni
mamnuniyat bilan qabul qiladi. Har ikkala tomonham oldinga qaraganda yaxshiroq
va samarali natijaga erishildi.
Albatta Dilshod qabul qiladigan har qanday narxni Lola taklif qilishga tayyor
bo`lmasligi mumkin. Misol uchun, Dilshod itdan 1000 so`mlik foyda oladi va Lola
it hurishidan 800 so`mlik harajat sarflaydi, deb tasavvur qilaylik. Bu holatda, Lola
800 so`mdan yuqori miqdorda hech qanday taklif qilmaydi, Dilshod esa 1000
so`mdan kam har qanday taklifni rad etadi. Shuning uchun, Dilshod itni olib
qoladi. Shunday bo`lsada, harajat
va foydani hisobga olsak, bu natija samarali
396
hisoblanadi.
Hozircha, biz Dilshod huradigan it saqlash uchun qonuniy huquqia ega deb
tasavvur qildik. Boshqa so`zlar bilan aytganda, biz
Lola Dilshodni ixtiyoriy
ravishda itdan voz kechishga undash uchun yetarlicha to`lamasa, Dilshod Spotni
olib qoladi deb tasavvur qildik. Lekin, agar Lola tinchlik uchun haqli bo`lsa, natija
qanday qilib har xil bo`ladi?
Kouz teoremasiga ko`ra, huquqlarning boshlang`ich taqsimoti bozorning
samarali natija erishish qobiliyati uchun muhim emas. Misol uchun, Lola qonuniy
Dilshodni itdan qutilishga majbur qilishi mumkin deylik. Bu huquqga ega bo`lish
Lola foydasiga ishlasa-da,u ehtimol, natijani o`zgartirmaydi. Bu holda, Dilshod itni
saqlashga ruxsat berish uchun Lolaga to`lov taklif qilishi mumkin. Dilshod uchun
itning foydasi Lola uchun it hurishi harajatidan ortiq bo`lsa,
u holda Dilshod va
Lola Dilshod itni saqlashi uchun savdolashishga kirishishadi.
Huquqlarning dastlabki taqsimlanishidan qat'iy nazar, Dilshod va Lola
samarali natijaga erishishsa-da, huquqlar taqsimlanishi o`rinsiz emas: Bu iqtisodiy
farovonlik taqsimlanishini aniqlaydi. Dilshodning huradigan itga yoki Lolaning
tinchlik huquqiga ega yoki ega emasligi oxirida savdolashishdan kim kimga
to`lashi kerakligi aniqlanadi.
Lekin har ikki holda ham, ikki tomon bir-biri bilan
savdolashishi va tashqi ta’sir muammosini hal qilishi mumkin. Foyda harajatlardan
yuqori bo`lsagina Dilshod it saqlay oladi.
Xulosa uchun:
Kouz teoremasi xususiy iqtisodiy aktyorlar o`zaro tashqi ta’sir
muammosini hal qilishi mumkin deydi. Huquqlarning dastlabki taqsimlanishidan
qat'iy nazar, manfaatdor tomonlar savdolashib har doim har bir kishi uchun
yaxshi va samarali natijaga erishishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: