Xvi-xix asrlarda Markaziy Osiyoda fanning ahvoli. Reja. Shayboniylar davrida madaniy hayot va fanga e’tibor. Xonliklar davrida ilm-fanning ahvoli


XX asr boshlarida Turkiston jadidlarining ilm-fan taraqqiyotiga qo‘shgan xissalari



Download 226,31 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana28.04.2022
Hajmi226,31 Kb.
#588706
1   2   3   4
Bog'liq
3.2-mavzu. XVI-XIX asrlarda Markaziy Osiyoda fanning ahvoli

 XX asr boshlarida Turkiston jadidlarining ilm-fan taraqqiyotiga qo‘shgan xissalari. 
XIX asrning oxirlarida taraqqiyparvar o‘zbek ziyolilari keng xalq ommasining savodli 
qilishga, ularni jaxolat uyqusidan o‘yg‘otishga intilib jadid maktablarini ochdilar. Birinchi bo‘lib
1893 yilda Buxoroda, so‘ng 1898 yili Qo‘qonda Saloxiddin domla tomonidan, o‘sha yili 
To‘qmoqda, 1899 yili eski Toshkentda Mannon qori, Andijonda SHamsiddin domla tomonidan 
jadid maktablari ochilgan. 1900 yili Buxoroda Jo‘raboy qori tomonidan yangi usuldagi jadid 
maktab ochildi. 1903 yili M. Bexbudiy o‘z mablag‘i xisobidan Jomboyda maktab ochdi. Jadid 
Xoji Muin va Abdul Qodir SHakuriylar bu maktabda saboq berdilar. 1908 yili bunday maktablarni 
Mirza Abdulvoxid xam tashkil qildi. Muftiy domulla Ikrom bu yangi usuldagi maktablarni diniy 
jamoat tomonidan qabul qilinishiga erishdi. 1911 yilda jadid maktablari Turkistonda 63 ta bo‘lib, 
ularda 4106 ta bola o‘qigan. Toshkentning o‘zida 24 ta bunday maktablarda 1740 ta bola o‘qigan. 
1917 yil boshlaridan o‘lkada 100 ga yaqin jadid maktablarida 5 mingdan ziyod o‘quvchi bo‘lgan.
O‘zbek jadidlari Turkiston xalq maorifiga jiddiy e’tibor berganlar. Bu soxada taniqli 
mudarris va ma’rifatparvar Munavvar Qorining xizmati kattadir. Munavvar qori 1909 yili 
maslakdosh do‘stlari Abdulla Avloniy, Ubaydulla Asadullaxo‘jaev, Toshpo‘latbek Norbo‘tabekov 
va boshqalar bilan xamkorlikda toshkentlik bir boyning raisligida «Jamiyati xayriya»ni tashkil 
qildi. Munavvar qori va uning safdoshlari jamiyat orqali qashshoq va kasalmand kishilar
o‘quvchilarga yordam ko‘rsatish bilan cheklanmay. Xorijga, xususan, Rossiya va Turkiyadagi 
oliy o‘quv yurtlariga talabalar yuborish bilan xam shug‘ullanadilar. Bundan tashqari o‘zbek 
jadidlari matbuotga aloxida e’tibor bilan qaraganlar. O‘zbek jadidlari bir qancha gazetalar 
chiqarishdi. Ularning orasida Ismoil Obidov muxarrir bo‘lgan «Taraqqiy» gazetasi aloxida o‘rin 
tutadi. Bu gazeta o‘lkadagi ijtimoiy-siyosiy tafakkurni rivojlantirishda katta rol o‘ynadi. Jadidlar 
«Shuxrat», «Xurshid» gazetalarini xam chiqarganlar. Lekin bu gazetalar chorizm tomonidan tez 
orada yopib qo‘yilgan. Keyinchalik esa jadidlar tomonidan «Sadoi Turkiston», «Samarqand», 
«Oyna», «Turon», «Buxoroi sharif», «Sadoi Farg‘ona» va boshqa gazeta va jurnallarini nashr 
ettira boshladilar. 
Jadidlar Alisher Navoiy, Mirza Bedil va Boboraxim Mashrab g‘oyalariga asoslangan milliy 
taraqqiyparvar g‘oyalarini ilg‘or fikrlarini eng yaxshi an’analarini davom ettirdilar. Ular 
Turkistonda tobora o‘ziga yo‘l ochib borayotgan yangi ijtimoiy-iqtisodiy tuzumni ifoda etuvchilar 
edi. Jadidlar dunyoqarashi moddiy o‘zgarishlar va o‘sha davrda shakllangan yangi muxit bilan 


chambarchas aloqada bo‘lgan. Jadidlar, ma’rifatparvarlar sifatida fransuz va ingliz ma’rifatchilari 
bilan g‘oyaviy jixatdan yaqin maslakdosh edilar. 
Jadidlarning asosiy xizmati shundan iborat bo‘ldiki, ular milliy istiqlol g‘oyasiga asos 
soldilar, Turkiston tarixining unitilgan qaxramonona saxifalarini tiklab, tarixning tarbiyaviy 
axamiyatini ko‘rsatib berdilar. Ularning yana bir xizmati shundan iborat ediki, mavjud ijtimoiy-
iqtisodiy muammolarni tinch yo‘l bilan xal qilish usullarini ishlab chiqdilar, mavjud tuzumni 
yaxshilashning samarali usuli xalq maorifini islox qilish ekanligini, bilim olish va ularni xayotga 
tatbiq etish zarurligini ko‘rsatib berdilar.

Download 226,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish