Xvi-xix asarlarda turkiston xonliklarida farmonlarning yozilish uslubi



Download 26,78 Kb.
bet1/3
Sana09.06.2022
Hajmi26,78 Kb.
#648882
  1   2   3
Bog'liq
Taxminiy reja..11 (2)


XVI-XIX ASARLARDA TURKISTON XONLIKLARIDA FARMONLARNING YOZILISH USLUBI
KIRISH..................................................................................................
I BOB. XONLIKLAR DAVRI TARIXIGA OID YOZMA MANBALAR ORASIDA ISH YURITISH HUJJATLARINING O‘RNI VA AHAMIYATI ........
1.1. O‘rta Osiyo xonliklari devonlarida yuritilgan tarixiy farmonlarning yozilish uslubi................................................................................................................
1.2. Markaziy Osiyoda XVI asr boshlaridan XIX asr ikkinchi yarmida davlat ish yuritish hujjatlarining qo‘lyozma manbalar asosida tadqiqi.....................................
II BOB. XVI-XIX ASARLARDA DAVLAT DEVONXONALARIDA ISH YURITISH HUJJATLARI USLUBIYATI (BUXORO AMIRLIGI, XIVA VA QO‘QON XOLIKLARI DAVLAT ARXIVLARI ASOSIDA)
2.1. XVI-XVII asrlar Jo‘ybor xo‘jalari va Buxoro amirligi Qushbegi arxividagi davlat hujjatlarining o‘rganilishi…………………………….
2.2. Buxoro va Xiva tarixnavislik maktablarida diniy masalalar yuzasidan chiqarilgan farmonlarning o‘rganilishi………………………………………
XULOSA.....................................................................................................
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI......................
ILOVALAR………………………………………………………..
I BOB. XONLIKLAR DAVRI TARIXIGA OID YOZMA MANBALAR ORASIDA ISH YURITISH HUJJATLARINING O‘RNI VA AHAMIYATI
O‘rta Osiyo xonliklari devonlarida yuritilgan tarixiy farmonlarning yozilish uslubi
Insoniyat tamadduni rivojlanib borar ekan undagi huquqiy munosabatlarni hujjatlarsiz tasavvur etish qiyin. Mana besh ming yildan oshibdiki, yozuv madaniyati bilan yonma-yon hujjatchilik amaliyoti davom etib kelmoqda. Jahonning turli mintaqalarida ko‘plab hujjat jamlamalari vujudga kelgan. Ular uzoq tarix varaqlarini zarur mazmun bilan to‘ldirishda muhim ahamiyatga ega. Markaziy Osiyo hududida ham hujjatchilik ishining vujudga kelishi va rivojlanishi qadimiy asoslarga ega bo‘lib, davlatchilik tarixi hamda kichik va katta davlat uyushmalarining barpo qilinishi bilan bog‘liq. Davlatchilik tarixiga oid muhim voqealar hujjatlashtirilib borilgan va hujjatlarni saqlash an’anasi paydo bo‘lgan. Bu esa xo‘jalik hisobi yoki huquqiy taftish, soliq nazorati, mulkchilik mubosabatlarini boshqarishga xizmat qilgan.
Hujjatchilik an’anasi yurtimizda o‘rta asrlardan yanada rivojlana boshlagan. Natijada mahkamalarda ish yuritish bilan bog‘liq ishlar qonuniy tus olgan. Hujjatlarni saqlashga alohida e’tibor berila boshlangan. Istiqlolga erishganimizdan so‘ng ota-bobolarimizning asrlar davomida to‘plagan hayotiy tajribalari, diniy, axloqiy, ilmiy qarashlarini o‘zida mujassam etgan nodir qo‘lyozmalarni jiddiy o‘rganish davri keldi. Chunki hech birimizga sir emaski, sho‘rolar zamonida tarixiy haqiqatni bilishga intilish rag‘batlantirilmas edi, hukmron mafkura manfaatlariga xizmat qilmaydigan manbalar xalq ko‘zidan iloji boricha yiroq saqlanardi. Shu sababli hujjatchilik bilan bogʻliq jarayonlarni o‘rganishda mavjud muzeylar davlat arxivlaridagi tarixiy hujjatlar, jumladan, farmoyish hujjatlari bilan tanishdik. Ular orasida xon farmonlari muhim ahmiyatga ega. Farmon bu - muayyan mamlakatlarda davlat boshligi chiqaradigan muhim huquqiy hujjat. Farmon bilan, odatda, shaxslar yuksak lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi, favqulodda yoki harbiy holat tartibi joriy etiladi, orden va medallar bilan mukofotlash amalga oshiriladi, oliy harbiy va faxriy unvonlar beriladi, umumnormativ xususiyatga ega boʻlgan qarorlar rasmiylashtiriladi. Umumiy qoidaga koʻra, Farmon mazkur davlat qonunlariga zid boʻlmasligi kerak. Farmon - mazmun va mohiyatiga koʻra, huquqiy normalarni ijtimoiy hayotga tatbiq qilishning vositasi sifatida namoyon boʻladi.
Uch xonlik davridagi madaniy hayotda yetakchi oʻrinlardan birini ishgʻol qilgan va maʼrifat makoni hisoblangan kutubxonalar va devonxonalarning eng boyi xon saroydagilari hisoblangan. Saroy kutubxonalari nasldan naslga oʻtgan sari yangi kitoblar bilan boyib borgan. Xar bir davr madaniyat arboblari va boshliqlari kutubxonalarni boyitishga katta mablagʻlar ajratib, zoʻr etibor berganlar. Shu tarzda Buxoro, Xiva va Qoʻqon xonliklari saroyida, madrasa va vaqf kutubxonalari va devonxonalarida bir necha asr davomida Oʻrta Osiyo xalqlari yaratgan yozma yodgorliklar, tarixiy hujjatlar toʻplangan. Shuni ham unutmaslik kerakki, bu yerga turli davrlarda roʻy bergan xar hil iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqalar natijasida, ayniqsa, Yaqin Sharq, Eron, Afgʻoniston va Hindistonning Temuriylarga qaram boʻlgan paytida u yerlardan juda koʻp qoʻlyozmalar, tarixiy hujjatlat Oʻrta Osiyo xonliklari xazinasiga keltirilgan. Natijada Buxoro, Xiva, Qoʻqon xonliklarida qo‘lyozma manbalarga, hujjatchilik ishlariga alohida e’tibor berilgan.
XVI-XVII asrlar ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-siyosiy hayotini qo‘lyozma manbalarsiz o‘rganishni tasavvur etish mushkul. Shuni alohida ta’kidlamoq zarurki, Movarounnahrda hukmronlik qilgan ikki sulola – shayboniylar va ashtarxoniylar davrida bu xonadon vakillari mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotiga katta ta’sir ko‘rsatdilar. Movarounnahrning ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy hayotida din namoyandalarining o‘rni beqiyos bo‘lgan, ular markaziy hokimiyatga o‘z ta’sirini o‘tkazib turgan. So‘nggi yillarda hukumatimiz tomonidan me’moriy yodgorliklarni o‘rganishga katta ahamiyat berib kelinmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalar fondida, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy tarix arxivida, Buxoro o‘lkashunoslik muzeyi va Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro kutubxonasida saqlanayotgan hujjatlar: farmonlar, hukmnomalar, inoyatnomalar, vasiqalar, oldi-sotdi haqidagi hujjatlar va ajrimlardan iborat hujjatlar O.D.Chexovich tarafidan 51 nafari tanlab olingan va rus tiliga tarjima qilib, matni bilan qo‘shib, 1954-yili “Документы к истории аграрных отношений в Бухарском ханстве XVII-XIX вв.” nomi bilan alohida kitob qilib chop etilgan. Kitobda keltirilgan hujjatlar ashtarxoniy hukmdorlardan Imomqulixon (1611- 1642) bilan Ubaydullaxon II (1702-1711), mang‘it amirlaridan Haydar, Amir Muzaffar va Nasrullaxonlarning farmonlari (hukmnomalari) XVII asrda o‘tgan yirik yer va mulk egalari bo‘lmish Yalangto‘shibiy, Olloyor devonbegi, Odina Muhmmadjonlarga tegishlidir. Hujjatlar turli masalalar yuzasidan xon farmonlari, ba’zi shaxslarni soliqlar va jarimalardan ozod qilish, yerni sotish, garovga qo‘yish (vasiqai joiz), yerni sotib olish va uni imtiyozli mulkka aylantirish (vasiqai mubodila), yerni in’om qilish (vasiqai baxshish), tanhoh, mulkni ijaraga berish (vasiqai ijara), ma’lumot yetkazish (ariza) va boshqa masalalar haqidadir. Ularning alohida xiroj olinadigan va davlat yerlarini mulki hurri-xolisga aylantirish ya’ni soliqlardan xolis etish hollari ham uchraydi.
XVII-XIX asrlarda “Buxoro xonligidagi agrar munosabatlar tarixiga doir hujjatlar” deb atalgan ushbu to‘plam o‘sha davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy tarixini o‘rganishda muhim manba vazifasini o‘taydi. Quyida mazkur davrga oid amirlar va xonlar tomonidan chiqarilgan tarixiy hujjatlar, xon farmonlaridan na’munalar keltirildi:

Download 26,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish