Andozasini ishlab chiqish asosan qanday manbalarga asoslangan



Download 150,12 Kb.
Pdf ko'rish
Sana31.12.2021
Hajmi150,12 Kb.
#218221
Bog'liq
2-savol



MUSTAQILLIKNING  ILK  BOSQICHIDA  O’ZBEKISTONNING  IJTIMOIY-IQTISODIY  RIVOJLANISH 

ANDOZASINI ISHLAB CHIQISH ASOSAN QANDAY MANBALARGA ASOSLANGAN 

 

O‘zbekiston  mustaqillikka  erishgan  vaqtda  ijtimoiy-iqtisodiy  ahvol  o‘ta  murakkab  edi. 



Mustaqilligini qo‘lga kiritgan O‘zbekiston sovet tuzumi davridagi iqtisodiyot asosini tashkil etgan 

rejalashtiruvchi  siyosatdan  voz  kechdi  va  bozor  iqtisodiyoti  yo‘lini  tanladi.  Jahon  tajribasi 

ko‘rsatishicha, dunyodagi hamma mamlakatlar uchun maqbul bo‘lgan bir xil taraqqiyot yo‘li, bir 

xil andoza bo‘lishi mumkin emas. Har bir davlat o‘zining tarixiy-taraqqiyot an’analari, milliy o‘ziga 

xos xususiyatlarini hisobga olgan holda o‘z yo‘li, o‘z modelini ishlab chiqishi lozim. O‘zbekiston 

ham  ana  shu  umumiy  dastur  va  umumiy    qonuniyat  mezonlari  asosida  bozor  iqtisodiyoti 

munosabatlariga o‘tishga imkoniyat beradigan o‘z yo‘lini tanlab oldi. 

Yodda tuting! 

O‘zbekistonning  bozor  munosabatlariga  o‘tish  yo‘liga  doir  Islom  Karimov  tomonidan  ishlab 

chiqilgan besh tamoyil: 1.Iqtisodning siyosatdan ustunligi, uni mafkuradan xoli etish. 2. Davlat 

bosh islohotchi va iqtisodiy o‘zgarishlarning tashabbuskori. 3. Qonun ustuvorligi, qonun oldida 

hammaning tengligi. 4. Kuchli ijtimoiy siyosat yuritish, aholining muhtoj tabaqalarini ijtimoiy 

himoyalashning  ustuvorligi.  5.  Bozor  iqtisodiyotiga  bosqichma-bosqich,  izchil  ravishda  o‘tish 

kabilar asos qilib olindi. 

 

Bozor  munosabatlariga  o‘tishning  dastlabki  davridan  respublika  hukumati  va  Prezidenti 



tomonidan  bir  qator  huquqiy  hujjatlar  qabul  qilindi.Mustaqillikning  dastlabki  yillarida  aholini 

ijtimoiy  himoyalashga  qaratilgan  nogironlarni  ijtimoiy  himoya  qilish,  davlat  pensiya  ta’minoti, 

iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash haqida va boshqa shu 

kabi respublika qonunlari, hukumat qarorlari va Prezident farmonlari qabul qilindi. 

Iqtisodiy  islohotlarni  boshqarish  tizimining  barpo  etilishi.  Bozor  infratuzilmasining  shakllanishi. 

Iqtisodiyotni isloh qilishning asosiy strategik maqsadi avvalo, kishilar turmushi va faoliyati uchun 

zarur shart-sharoitlarni ta’minlaydigan, kuchli va muntazam rivojlanib boruvchi iqtisodiy tizimni 

barpo etishdir. Bozor munosabatlariga o‘tish davrining birinchi bosqichi mustaqillik kunidan milliy 

valyutani muomalaga kiritishgacha bo‘lgan vaqtni o‘z ichiga oladi. Birinchi bosqichda ikkita asosiy 

vazifa  hal  qilindi.  Birinchidan,  ma’muriy-buyruqbozlik  tizimining  og‘ir  oqibatlari  yengib  o‘tildi, 

tanglikka barham berildi va iqtisodiyot barqarorlashtirildi. Ikkinchidan, bozor munosabatlarining 

huquqiy  negizlari  shakllantirildi.  O‘zbekistonda  bozor  iqtisodiyotiga  asoslangan  jamiyatning 

huquqiy-iqtisodiy  negizlari  O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasida  o‘z  ifodasini  topdi. 

Islohotlarning  birinchi  bosqichida  Oliy  Kengash  tomonidan  iqtisodiyotga  oid  100  dan  ortiq 

qonunlar  qabul  qilindi.  Shu  bilan  birga  xususiylashtirish  chog‘ida  imtiyozlar  tizimi  yaratildi. 

Xususiylashtirilayotgan  korxona  mehnat  jamoasining  xodimlariga  aksiyalarni  imtiyozli  shartlar 

bilan sotib olish imkoniyati berildi. Eskirgan asosiy fondlar, ijtimoiy infratuzilma obyektlari yangi 



mulkdorga tekinga topshirildi. Qishloq xo‘jaligi davlat xo‘jaliklarining mol-mulki,  fermalar, bog‘lar 

va uzumzorlar imtiyozli shartlar asosida xususiylashtirildi. 

 

Davlat  mulkini  xususiylashtirish  zaruriyati  bozor  iqtisodiyoti  munosabatlariga  asoslangan 



jamiyatni  barpo  etishning  asosiy  shartidir.  O‘zbekistonda  chek  vositasi  bilan  xususiylashtirish 

g‘oyasidan  voz  kechildi,  davlat  mol-mulki  yangi  mulkdorga  faqat  sotish  yo‘li  bilangina 

mulkchilikning  boshqa  shakliga  aylantirila  boshlandi.  O‘zbekiston  Oliy  Kengashi  1991-yil  18-

noyabrda  «Mulkni davlat  tasarrufidan  chiqarish va  xususiylashtirish to‘g‘risida»gi  qonun qabul 

qildi. Dastlabki bosqich xususiylashtirish jarayoni umumiy uy-joy fondini, savdo, mahalliy sanoat, 

xizmat ko‘rsatish korxonalarini hamda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini tayyorlash tizimini qamrab 

oldi. O‘zbekiston Respublikasida xususiylashtirish jarayonini tashkil qilish va unga rahbarlik qilish 

maqsadida 1992-yil fevralda Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish Davlat qo‘mitasi ta’sis 

qilindi.  1994-yilda  u  Davlat  mulkini  boshqarish  va  tadbirkorlikni  qo‘llab-quvvatlash  Davlat 

qo‘mitasiga  aylantirildi.  Kichik  xususiylashtirish  1994-yildayoq  tugallandi.  Mulkni  davlat 

tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga doir 20 dan ortiq me’yoriy hujjat qabul qilindi. 1995-

yili xalq xo‘jaligida ommaviy xususiylashtirishlar davri bo‘ldi. 1998-yilga kelib xususiylashtirilgan 

korxonalar  tarmog‘i  keskin  ko‘payganligi  bilan  xarakterlanadi.  Davlat  mulkini  xususiylashtirish 

yuzasidan  mamlakatimizda  olib  borilgan  katta  ko‘lamdagi  amaliy  ishlar  natijasida  mamlakatda 



ko‘p ukladli iqtisodiyot va mulkdorlar sinfi vujudga keldi. 

Download 150,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish