274
379-shakl
Demak
boltning kallagi olti qirralik, normal aniqlikda, 2- xil bajarilshda,
rezbaning diametri 20mm, rezba qadami mayda. 1,5mm, rezbani quyim maydoni
6g, boltning uzunligi 60mm, mustahkamlik klassi 56, qoplanish 01 (sink bilan) bu
qoplanishni qalinligi 6mkm O‗zDSt:7798-70.
Vint
– bu bir uchiga rezba kesilgan ikkinchi
uchida otvertka kiradigan
ariqcha bo‗lgan kallakli metall sterjin shaklidagi biriktiruvchi buyum-ko‗p hollarda
otverka uchun kallagi to‗g‗ri yoki krestsimon (o‗zaro kesishgan ikki chiziqdan
iborat belgi) o‗yiqdan iborat bo‗ladi. Vint kallagini shakli yashirin O‗zDSt:17475-
80 (379-shakl, a), yarim yashirin O‗zDSt:17474-80 (379-shakl, b), yarim dumaloq
O‗zDSt:17473-80 (379-shakl, v) silindrsimon O‗zDSt:1491-80 (379-shakl, g) va
boshqalar O‗zDSt:17478-80, O‗zDSt:14474-80, O‗zDSt:17475-80 bo‗yicha vintlar
ikki xil ishlanadi O‗zDSt:1491-80 muvofiq faqat bir xil ishlangan bo‗ladi. 2-
275
ishlanishdagi vintlar o‗yiq krestsimon bo‗ladi. (379-shakl, d) vintlar vazifasiga
qarab mustahkamlash va o‗rnatish vintlariga bo‗linadi. O‗rnatish vintalarining
kallagidagi otverka uchun o‗yiq ishlangan bo‗ladi. Bunday vintlarni uchlari konus,
silindrik, tekis va boshqa shakillar qilib ishlanadi (379-shakl, e).
Hamma vintlar uchun aniqlovchi o‗lcham bo‗lib rezbani diametri d va uning
sterjinini uzunligi l (kallagsiz). Yashirin va yarim yashirin
vintlar uchun ularni
uzunligi l ga kallakni balandligi ham kiradi. Hamma mustahkamlaydigan vintlar
ikki klass aniqligida tayyorlanadi: A (yuqori aniqlik) va V (normal aniqlik) vintni
aniqlik klassi va belgilanishi ―Vint‖nomidan keyin belgilanadi. Vintni belgilash
uchun misol:
1) Vint V.M8x1-8gx50.48.016 O‗zDSt:1491-80 silindr kallakli vint, aniqlik
klassi V, metrik rezba M, rezbani diametri 8 mm, mayda qadamlik rezba 1mm,
rezbani quyum yuzasi 8g, uzunligi 50 mm, mustahkamlik klassi 4.8, qoplanish 01
qalinligi 6 mkm katod
tiklash usuli bilan qoplangan, xromlangan, o‗lchamlari
O‗zDSt:1491-80 bo‗yicha.
2) Vint A2.M8x1-8gx50.48.016 O‗zDSt:17475-80 Bu vint yashirin kallakli
aniqlik klassi A, tayyorlanish 2 va qolgan belgilari birinchi misoldagidek,
lekin
o‗lcham O‗zDSt:17475-80 bo‗yicha.
Shpilka
– Shpilka bu ikki tomoniga rezba kesilgan metall sterjin. Umumiy
qo‗llaniladigan shpilkalar normal va yuqori aniqlikdagi rezbalik teshiklar uchun
tayyorlanadi (380-shakl, a) O‗zDSt:22032-76, O‗zDSt:22033-76, O‗zDSt:22034-
76 bo‗yicha tekis teshikli buyumlar uchun (380-shakl, b) O‗zDSt:22042-76 va
O‗zDSt:22043-76.
380-shakl
Shpilkaning bir uchi biriktiriluvchi buyumning biriga burab kiritiladi,
ikkinchi uchiga gayka buraladi. Shpilkalar konstruktiv nuqtai nazardan boltlarni
ishlatish maqsadga muvofiq bo‗lmagan joylarda ishlatiladi.
Shpilkani ikkala
uchiga ham yirik yoki mayda metrik rezba kesilgan bo‗lishi mumkin. Shpilkani bir
tomoni biriktirilayotgan buyumning rezbalik teshigiga burab kiritiladigan qismi
o‗rnatiluvchi qismi deyiladi. Uning uzunligi rezbalik teshik buyumning materialiga
bog‗liq bo‗ladi.
d
l
1
po‗lat, bronza, latun, titan qotishmasi uchun
d
l
ва
d
l
6
,
1
25
,
1
1
1
- kulrang va bolg‗alanuvchi cho‗yan uchun
d
l
ва
d
l
5
,
2
2
1
1
yengil qotishmalar uchun.
Rezbalik teshiklar uchun shpilkani umumiy uzunligiga o‗rnatuvchi qismini
uzunligi
l
1
– kirmaydi. Shpilkaning boshqa rezbalik tomoniga - tortiluvchi
276
(siqiluvchi)
gayka buraladi, bu tomon shpilkani o‗rnatuvchi tomonidan uzun
bo‗ladi. Silliq teshikli buyumlar uchun shpilkani uzunligi l – ga uning ikkichi
rezbalik tomonlari uzunligi ham kiradi. Amaliyotda yirik qadamlik shpilkadan
tashqari mayda qadamlik shpilkalar ham qo‗llaniladi.
Rezbalik teshik buyum uchun shpilkani belgilash: Shpilka M16.6g x120.58
O‗zDSt:22032-76
Do'stlaringiz bilan baham: