1.4.Me’morlik va musiqa madaniyati.
Shayboniylar va Ashtarxoniylar davrida me‘morchilik san‘ati ancha yuksaldi. Bu yuksalish ming boisi, birinchidan, hukmdorlarning Temur va temuriylar an‘analarini davom ettirib, ya‘ni hashamatli va yuksak binolar qurish orqali o`zlarining kuch-qudratlarini namoyish qilish natijasi bo`lsa, ikkinchidan, o`zlari va pir tutgan ma‘naviy rahnomalarining nomlarini abadiylashtirishga bo`lgan intilishlari natijasidir.
Shayboniylar davrida nafaqat hukmdorlar, balki o`z davrining ko`zga ko`ringan va katta moddiy imkoniyatga ega bo`lgan shaxslari ham ko’plab me‘moriy yodgorliklar qurganlar.
Bu davrda Samarqandda Muhammad Shayboniyxon qurdirgan Xoniya, Abu Sayd nomli madrasalar, Buxoro devorining ta‘mirlanishi, Mir Arab, Abdullaxon, Modarixon Abdullaxon o`z onasiga atab qurdirgan, Muhammad Hoja Porso, Jo`ybor, Ko`kaldosh Qulbobo madrasalari, Kalon, Hoja Zayniddin, Baland, Chor Bakr, Abdullaxon masjidlari, toqi Sarrafon, toqi Zargaron, toqi Urdfurushon, toqi Tirgaron, toqi Telpakfurushon kabi beshta toqilar, Abdullaxon timi, Toshkentda Ko`kaldosh va Baroqxon madrasalari, Kaffoli Shoshiy maqbarasi, Turkistonda Muhammad Shayboniyxon masjidi, Balxda Abdullaxon va Qulbobo Ko`kaldosh madrasalari va boshqa me‘moriy yodgorliklar qurilgan.
Ashtarxoniylar davri ham ko`plab me‘moriy yodgorliklarning bunyod etilganligi bilan ajralib turadi. Bu davrda Buxoroda Abdulazizxon, Ubaydullaxon madrasalari, Boqi Muhammad va Ubaydulla xon masjidlari, Subhonqulixon qurdirgan kasalxona-madrasa, Balx shahrida Nazar Muhammad va Subhonqulixon madrasalari, qator chorbog`lar, Mozori Sharifda Hazrat Ali qabridagi gumbaz va boshqa binolar barpo etiladi. Albatta Ashtarxoniylar davrida ham o`ziga to`q kishilar, amirlar, amaldorlar ham o`zlarining mablag`lariga ko`plab me‘moriy yodgorliklar qurdirganlar. Masalan, XVII asrda Xivada Arab Muhammadxon, Hojamberdi, Sherg`ozixon madrasalari qurilgan bo`lsa, Buxoroda Poyandibiy otaliq masjidi, Shodimbek, Nazrdevonbegi madrasalari, Bozori Gusfand madrasasi, Samarqandda Amir Yalangtushbiy tomonidan Registon maydonida Shordor va Tillakori madrasalari bunyod etiladi.
Ham Shayboniylar, ham Ashtarxoniylar o`z saroylari qoshida ko`plab san‘atkorlarni to`plab, ularga homiylik qilganlar. Natijada nafaqat she‘riyat va me‘morchilik san‘atlari, balki musiqa san‘ati ham taraqqiy etadi. Ikkala sulolalar hukmronlikpari davrida mohir sozanda va xonandalar, shoir-bastakorlardan Mavlono Kavkabiy, Mavlono Rizo, Mavlono Pirmuhammad Kulol. Ali Do`st Noiy, Amir Ali Akbar Samarqandiy, Amir Masti Qobuziy va boshqalar xalq orasida mashhur bo`ladilar.
Xulosa qilib aytganda, temuriylar davridan keyingi madaniy hayotda adabiy-badiiy jarayon sezilarli darajada rivojlanishda davom etadi. Lekin hayotning barcha sohalarini qamrab olgan mutaassiblikning kuchayishi fan taraqqiyotiga, ayniqsa, aniq fanlar taraqqiyotiga salbiy ta‘sir ko`rsatgan. Shuningdek diniy mutaassiblik ishlab chiqarish kuchlari taraqqiyotiga ham salbiy ta‘sir ko`rsatgan. Natijada moddiy va ma‘naviy boyliklar ishlab chiqarish oldingi davrlar - ilk Uyg`onish va temuriylar davriga nisbatan bir muncha sust rivojlangan. Aholining ilm fanga bo`lgan qiziqishlari ham, ilmiy tafakkur taraqqiyoti ham bir qadar susaya borgan.
XVIII asrning birinchi yarmiga kelib Markaziy Osiyo hududida uchta yangi davlat - Buxoro amirligi, Qo`qon va Xiva xonliklari vujudga keladi. O`rta asrlarda butun dunyo madaniyati va ma‘naviy hayotiga o`zining muhrini bosa olgan hududlarda iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayot butunlay izdan chiqa boshlaydi. Uchala xonlikda ham beqarorlik, o`zaro va ichki nizolar kuchayadi. Bu esa xalqlarning o`zaro yakdilligiga rahna soladi. Jaholatparastlik kuchayadi. Fan va madaniyatga bo`lgan e‘tibor susayib, o`zaro iqtisodiy, madaniy va savdo-sotiq aloqalari izdan chiqa boshlaydi.
XVIII asr madaniyatining asosiy hususiyati - ma‘naviy hayotda o`ta tushkun kayfiyatning hukmronlik qilishidir. Bu davrda tabiiy fanlar rivoji uchun barcha yo`llar berkitib qo`yilgan, hukmdorlar ruhiyatiga zid keladigan barcha g`oyalar va qarashlarga keskin zarba berilgan. Mintaqa madaniy hayotida muhim rol o`ynagan buyuk karvon yo`llarining ahamiyati ham ancha susaygan edi. Din va davlatning kuchi bir joyga birlashtiriladi. Shu boisdan endigina shakllanayotgan demokratik fikrlar ana shu qudratli kuch oldida ojizlik qilib qoladi. Jamiyatning yakka ma‘naviy hukmroni hisoblangan din jamiyatning moddiy va ma‘naviy taraqqiyotiga uchchala xonlikda istiqomat qiluvchi xalqning yakdilligiga to`sqinlik qiladi.
Bu davr madaniyatining asosiy hususiyatlaridan yana biri - xalq og`zaki ijodi va xalq tomosha san‘atining rivojlanganligidir. Bu davrda xalq baxshilari, sozanda va xonandalari, qiziqchilari va masxarabozlari xalq tomonidan yaratilgan ko`plab hikoyalar, rivoyatlar, dostonlar, masallar va matallarning haqiqiy targ`ibotchilariga aylanadilar.
Bu davrda "Yusuf va Zulayho", "Tohir va Zuhra", "Bo`z o`g`lon", "Yusuf va Ahmad" kabi dostonlar vujudga kelsa, "Alpomish" va „Go`ro`g`li" dostonlarining ko`plab variantlari yaratila boshlanadi. Qiziqchi va masxarabozlar hamda qo`g`irchoqbozlar esa xalqning nochor ahvolini tasvirlovchi sahna ko`rinishlarini, hukmdorlar, boylar va ularning gumashtalarining munofiqliklarini fosh etuvchi kichik-kichik asarlarni namoyish qiladilar.
Umuman olganda xalq og`zaki ijodi va tomosha san‘ati targ`ibotchilari hisoblangan baxshilar va san‘atkorlar o`zlarining ijodlari hamda tomoshalari bilan uchchala xonlikda istiqomat qiluvchi yagona diniy e‘tiqodga, turmush tarzi va manaviy qadriyatlariga ega bo`lgan elatlarning boshini bir joyga qovushtirishga va milliy o`zliklarini anglashlariga xizmat qiladilar.
Bunday ulug'vor va hashamatli binolar hukmdorning qudratidan dalolat berishini, ularning nomlarini abadiylashtirishning eng maqbul yoʻli ekanligini anglab yetganlar. Shuning uchun ham Shayboniy hukmdorlar bir tomondan nafaqat Buxoro, balki o'zlari bosib olgan boshqa shaharlarda ham ko'plab madrasalar, masjidlar va xonaqohlar qurdirgan bo'lsalar. ikkinchi tomondan, o'zidan oldin yetti iqlimni bo'ysundirib o'zining qudratini namoyish qilgan Amir Temurga g'ayrlik bilan qaraganlar va Temur tomonidan bunyod etilgan eng hashamatli va ulug'vorlikda boshqa me'moriy yodgorliklardan ustun bo'lgan "Oqsaroy"ni vayron qilishga harakat qilganlar "Oqsaroy"ni XVI asrdayoq Shayboniylar xonadoniga mansub yangi hukmdorlar nafaqat a'lo sifatli g'ishti uchun, balki saroy bunyodkorining ulug'vor xotirasini unittirish uchun ham buzib tashladilar.
Xulosa qilib aytganda, temuriylar davridan keyingi madaniy hayotda adabiy-badiiy jarayon sezilarli darajada rivojlanishda davom etdi. Lekin hayotning barcha sohalarini qamrab olgan mutanosiblik ishlab chiqarish kuchlari taraqqiyotiga. ayniqsa, aniq fanlar taraqqiyotiga salbiy ta'sir ko'rsatdi. Shuningdek, diniy mutaassiblik ishlab chiqarish kuchlari taraqqiyotiga ham salbiy ta'sir ko'rsatgan. Natijada moddiy va ma'naviy boyliklar ishlab chiqarish oldingi davrlar ilk Uyg'onish va temuriylar davriga nisbatan birmuncha sust rivojlangan. Aholining ilm-fanga bo'lgan qiziqishi ham. ilmiy tafakkur taraqqiyoti ham bir qadar susaya borgan. Bu davr madaniyatining xarakterli xususiyati o'zligini anglashga bo'lgan intilishning kuchaya borganligi bilan xarakterlanadi. Natijada tarix fani taraqqiy etdi, hukmdorlarning nomlarini abadiylashtirishga.
Falsafiy tafakkur va tarix fanlari rivoji. Bu davr madaniyatining xarakterli jihatlaridan biri o'tmish falsafiy merosini oʻrganish, ilmiy- tabiiy bilimlarni oʻzlashtirishga bo'lgan qiziqish bilan cheklanganlik, falsafa va adabiyot orqali insonparvarlik g'oyalarini ilgari surish boʻlgan. Shayboniylar va Ashtarxoniylar davri madaniyatining yana bir muhim xususiyati tarixnavislik fanining rivojlanganligidir. Buning boisi, birinchidan, millatning shakllanish jarayoni, milliy o'zlikni anglashga, ikkinchidan, o'zi mansub boʻlgan xalq, elat yoki urug'ning kelib chiqishi, ularning til, e'tiqod, ruhiyat birligi, xalq tarixida ro'y bergan hodisalarni yoritishga boʻlgan intilishning kuchaya borishi, boshqa urug'lar, elatlar bilan aloqasi va boshqa hatlarini bilishga, uchinchidan, milliy ong, milliy g'urur va millatparvarlikning shakllana borishi natijasidir. XVI asrdan boshlab Markaziy Osiyoda yashayotgan turli xalqlar, elatlar va urugʻlarning larixini yorituvchi asarlar yaratish an'anaga aylana bordi. Masalan, Shayboniylar davrida tarixga oid quyidagi asarlar vujudga keldi. Muallifi noma'lum bo'lgan "Tavorixi go'zidayi Nusratnoma". Mulla Shodiyning "Fathnoma", Binoiy va Muhammad Solihlarning "Shayboniynoma"lari, Abdulloh Nasrullohiyning "Zubdat al-ason". Fayzulloh Ro'zbixonning "Mehmonnomai Buxoro", Zayniddin Vosifiyning "Badoye ul-vaqoye", Hofizi Tanish Buxoriyning "Abdullanoma" va boshqa asarlari yozildi.
Ashtarxoniy hukmdorlardan Subhonqulixon davrida fan taraq- qiyotida ozgina bo'lsa-da siljish ro'y berdi, Masalan, Mulla Tursun Faroziy. Mulla Ne'mat Samarqandiylar matematika, astronomiya va geometriya bo'yicha. Abdulla Ofarinketiy, Ali Buxoriy, Mulla Rahmat Samarqandiylar musiqashunoslik bo'yicha faoliyat ko'r- satdilar.
Subhonqulixon 1697-yilda Buxoroda 18 hujrali "Dorush- shifo" nomli madrasa-kasalxona qurdirdi. Bu maskan qoshida tashxisxona, dorixona, kutubxona va boshqa yordamchi binolar mavjud bo'lgan. "Dorush-shifo" xarajatlariga vaqf mulklaridan keladigan 40 ming tanga ajratilgan. Subhonqulixon o'z saroyiga tabiblarni yig'ib, tabobat borasida ilmiy anjumanlar tashkil etib turgan. Bu anjumanlarda o'sha davrda keng tarqalgan kasalliklar va ularni bartaraf etish yo'llari, tabobatga oid yangiliklar tinglangan. Subhonqulixonning o'zi tabobatga oid ikkita asar yozgan. Bu asarlar o'zbek tilida yozilgan boʻlib, ularning birinchisi "Subhon tibbiyoti" deb nomlangan va unda turli xil kasalliklarni aniqlash hamda davolash yo'llari tushunarli tarzda tasvirlab berilgan. Ikkinchi asari 8 qismdan iborat bo'lib, "Subhonning hayotbaxsh tibbiyoti" deb yuritilgan. Asarning har bir qismida dorilarning sifatli tayyorlanishi va ishlatilishiga oid masalalar yoritilgan. Uning o'zi bu xususda shunday deb yozadi: "O'tmishdagi tabiblar bizga arab va fors tillarida yozilgan asarlar qoldirganlar. Men turk (o'zbek) tilida yozilgan tibbiy kitob uchratmadim. Mahalliy aholi arab va fors tilida yozilgan kitoblardan foydalana olmaydi. Shuning uchun men o'z kitoblarimni turk (o'zbek) tilida yozdimki, undan o'zimizning odamlar foydalansinlar". Xullas, bu davrda Markaziy Osiyoda istiqomat qilgan turli xil etnik guruhlarning kelib chiqishi, tili, urf-odatlari. moddiy hayot shart-sharoitlari hamda taxt tepasida turgan hukmdorlar sulolalari. ularning davlat tepasiga kelishi, zafarli yurishlari va taqdiri haqidagi turli xil tarixiy asarlar yuzaga keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |