Xvi asr Movarounnahr madaniy taraqqiyoti Mundarija: Kirish



Download 46,12 Kb.
bet4/8
Sana15.05.2023
Hajmi46,12 Kb.
#939052
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
XVI asr Movarounnahr madaniy taraqqiyoti

1.3.Adabiy-badiiy jarayon.
Bu davr adabiyotining asosiy xususiyati adabiy jarayonda o'sha davr hukmdorlari ta'sirining sezilib turganligi bilan xarakterlanadi. Hukmdorlarning o'zlari she'riy, nasriy va tarix- iy asarlar yaratishga boʻlgan intilishlari bilan ko'zga tashlanib turgan- lar. Bu holat Shayboniylar, Ashtarxoniylar, va hatto, rus istilosigacha bo'lgan hukmdorlarning deyarli barchasiga xos bo'lgan xususiyatdir. Muhammad Shayboniyxon, Ubaydullaxon, Abdulazizxon, Subhon- qulixon, Abulg'ozixon, Qo'qon xoni Umarxon, Xivaning so'nggi xonlaridan Muhammad Rahimxon (Feruz) va boshqalarning she'ri- yat, nasr va tarix sohalarida qalam tebratganlari fikrimizning dalilidir. She'riyatda qalam tebratgan hukmdorlardan biri Muhammad Shay- boniyxonning o'zidir. U o'z umrining ko'p qismini jangu jadalda o'tkazsa-da, ilm-fan va san'atga qiziqishi ancha baland bo'lgan. U yaxshi ta'lim-tarbiya olgan. Natijada iste'dodli shoir, musavvir, mu- siqachi va xushovoz qiroatxon boʻlgan.
Shayboniylar sulolasining yana bir vakili Ubaydullaxon ham ilm- fan adabiyot va san'atga qiziquvchi hukmdorlardan biri bo'lgan. U "Ubaydiy" taxallusi bilan o'zbek va fors tillarida ijod etgan. Asosan g'azallar, ruboiylar va qit'alar bitgan. Ubaydullaxonning o'g'li Abdulazizxon ham "Aziziy" taxallusi bilan g'azallar yozgan. Ab- dulazizxon o'z saroyida Hofiz Sulton Ali Ubaxiy, Vosifiy, Baqoiy, Majlisiy, Kavkabiy. Surudiy, Shaydo kabi shoirlar va san'atkorlarni to playdi, ularga ko'plab iltifotlar ko'rsatadi. U o'z saroyida shoirlar bilan muntazam ravishda mushoiralar o'tkazib turadi. Shuningdek, Abdulazizxon mamlakat obodonchiligi yo'lida ko'plab qurilishlarni amalga oshiradi, me'moriy binolar qurdirib o'z saroyi qoshida yirik kutubxona tashkil ettiradi.
Shayboniylardan keyingi davrda taxt tepasiga kelgan Ashtarx- oniylar ham o'z davrining o'qimishli va yetuk kishilari bo'lganlar. Ularning ko'pchiligi uch tilni (turk, fors va arab tillarini) mukammal bilganlar. Dunyoviy va diniy ilmlarni egallaganlar. Imomqulixon.
Nazarmuhammadxon, Abdulazizxon. Subhonqulixon she'riyatda qa- lam tehratganlar. Masalan, Subhonqulixon Nishoniy taxallusi bilan she'r bitgan. Imomqulixon yetuk siyosatchi, insonparvar va ra'iyat- parvar bo'lganligi uchun ham 30-yildan oshiqroq hukmdorlik qilgan. Uning davrida ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy barqarorlik vujudga kel- gan. Imomqulixon chiqarilgan qonun va farmoyishlarning bajaril- ishini nazorat qilib borgan..
Shunga qaramasdan, Ashtarxoniylar davrida mamlakatni holdan toydiruvchi o'zaro taxt talashishlar, beklar va boylar o'rtasidagi ix- tiloffar davom etgan. Xalqning o'zaro kurashlardan qiynalayotgan- ligini ko'rgan ijod ahllari, masalan. Turdi (Farog'iy). Boborahim Mashrablar o'z asarlarida hukmdorlar, beklar, sultonlar va ayrim din rahnamolarini qattiq tanqid ostiga olgan. Chunki ularga nisbatan xalqda ishonch qolmagan edi. Ular diyonat, insof, adolat va xalqpar- varlikdan uzoqlasha boshlagan edilar. Ma'lumki, qayerda diyonat. imon-e'tiqod, adolat hukm surarkan, o'sha joyda el hukmdordan xur- sand, o'sha yerning shoirlari hukmdorlar madhida bo'lgan, xalqning turmushi, ijtimoiy munosabatlar va hodisalar, botiniy va zohiriy ishqning kuychisiga aylangan. O'zaro nizolar esa xalqni hayotdan bezdiradi. Tarafkashlik kuchayadi. Tinch va osuda hayot, ra'iyat- parvar hukmdorlar xalqning orzusiga aylanadi. Shu boisdan Turdi o'z asarlarida mamlakatni parchalab, boylik to'plashga intilayotgan yuqori tabaqa vakillarini tanqid ostiga oladi.

Jamiyat hayotining taqdiri butunlay ruhoniylar qo'liga o'tgach, ya'ni XVII asr oxiridan boshlab Markaziy Osiyo madaniyatida tush- kunlik kayfiyatlari kuchaydi. Tasavvuf ta'limotining ildizlari jami- yat ma'naviy hayotining ko'pgina sohalariga chuqurroq kirib bordi.. Ayniqsa, tasavvufning qalandarlik oqimining ta'siri kuchaydi. Qalan- darlar tasavvuf ta'limotini yoyishning qudratli vositasiga aylandilar. Ular nafaqat diniy ta'limotni, balki tarki dunyochilikni targ'ib qil- ishni ham asosiy vositasiga aylanganlar. Shuningdek, ular devonalik yo'li orqali adolatsizlikka qarshi kurashganlar ham.


Umuman olganda, bu davr abadiy jarayonida bir tomondan ko'proq botiniy va zohiriy ishq-muhabbatni kuylash ko'zga yaqqolroq tash- lansa, ikkinchi tomondan, riyokor dindorlar, ochko'z boylar, boylik to'plashga intiluvchi beklar tanqid ostiga olinadi, uchinchi tomondan esa, inson qismati taqdirning azaliy hukmi ekanligi g'oyasi ilgari suriladi. Ham Shayboniylar, ham Ashtarxoniylar o'z saroylari qoshida ko'plab san'atkorlarni to'plab, ularga homiylik qilganlar. Natijada nafaqat she'riyat va meʼmorlik san'atlari, balki musiqa san'ati ham taraqqiy etadi. Ikkala sulola hukmronligi davrida mohir sozanda va xonandalar, shoir-bastakorlardan Mavlono Kavkabiy, Mavlono Rizo. Mavlono Pirmuhammad Kulol, Ali Do'st Noiy. Amir Ali Akbar Sa- marqandiy. Amir Masti Kobuziy va boshqalar xalq orasida mashhur bo'lgan.
XVI-XVII asrlarda yashagan Mavlono Kavkabiy va Darvesh Ali Changiylar musiqashunoslikka oid asarlar yaratishib, kuy va qo'shiq, ularning turlari hamda shakllari masalasini yoritib berdilar. Masalan. Hasan Xoja Nisoriyning yozishicha, "Va mullo Kavkabiy musiqa sohasida Ubaydullaxon nomiga bir risola tasnif etib, unda ta'lif va iyko' haqida so'z yuritgan, hajm. jinslar bahsini ham keltirib, yettita bo'lgan birinchi tabaqa zarbidan va o'n uchta bo'lgan ikkinchi tabaqa zarbidan hosil bo'luvchi 12 maqomni 6 ovozda nazm qilib. manzumaga kulliyot bog'langankim. musanniflar bir ovozdan bu dilkash amalga tahsinlar aytib kelmoqdalar". Kavkabiy maqom yoʻllari va musiqaning nazariy tomonlarini yoritib bergan.



Download 46,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish