XV BOB. AHOLI TURMUSH DARAJASI STATISTIKASI.
AHOLINING DAROMADLARI VA HARAJATLARI BALANSI.
15.1. Aholining turmush darajasi ko‘rsatkichlari.
Turmush darajasi ijtimoiy kategoriyalarning muhimlaridan biri bo‘lib,
uni tor va keng ma’noda tushunish mumkin. Tor ma’nodagi turmush
darajasi - bu aholining moddiy boyliklar va xizmatlarni iste’mol qilishdagi
erishilgan darajasi. Keng ma’noda esa jamiyatning yashashi uchun
yaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar majmuasini o‘z ichiga oladi.
Aholi turmush darajasi kategoriyasi iqtisodiy adabiyotlarda har xil
talqin qilinadi va uni aks ettiruvchi ko‘rsatkichlar tizimi ham turli xil
ko‘rinishga ega bo‘lib, ularni uch guruhga ajratish mumkin: daromadlar,
iste’mol va yashash sharoitlari. Shu ko‘rsatkichlarning barchasi butun
aholi miqyosida va aholining jon boshiga nisbatan hisoblanadi.
Aholining pul daromadlari hajmi, tarkibi, ulardan foydalanish
yo‘nalishlari va aholining ayrim guruhlari orasida taqsimlanishi xaqidagi
va boshqa ma’lumotlar asosida aholi turmush darajasini asosiy ijtimoiy-
iqtisodiy indikatorlari tuziladi.
Ijtimoiy-iqtisodiy indikatorlar o‘rtacha va median ko‘rsatkichlarda
o‘zgarish darajasi, uchrashish tezligi, to‘plash, diferentsiyalash va sotib
olish qobiliyati kabilarda ifodalanadi. Ijtimoiy-iqtisodiy indikatorlarni
hisoblash makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni tuzishga qo‘yilgan talablarga
asosan, lekin ijtimoiy ko‘rsatkichlarning o‘ziga xos xususiyatlarini
e’tiborga olgan holda amalga oshiriladi.
Turmush darajasini uch xil yo‘nalishda o‘rganish mumkin:
1) barcha aholiga nisbatan;
2) uning ijtimoiy guruhlariga nisbatan;
3) har xil daromadga ega bo‘lgan uy xo‘jaliklariga nisbatan.
Rossiya Federatsiyasi iqtisodiyot vazirligi qoshidagi «iqtisodiy
kon’yunktura va bashoratlash markazi» tomonidan 1992 yilda ishlab
chiqilgan «Bozor iqtisodiyoti sharoitida aholi turmush darajasini
ifodalovchi asosiy ko‘rsatkichlar tizimi» zamonaviy talablarga javob
beradi va ancha to‘liq ishlangan. Uning 7 bo‘limida 39ta ko‘satkich
keltirilgan:
1. Jamlovchi ko‘rsatkichlar
2. Aholi daromadlari
3. Aholi harajatlari va iste’moli
4. Aholining pul jam g‘armalari
5. Yig‘ilgan mulk va turar joy
6. Aholining ijtimoiy tabaqalanishi
294
7. Aholining kam ta’minlangan qatlami.
Aholi turmush darajasini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimining oxirgi
varianti BMT tomonidan 1978 yilda taqdim etilgan.
1. Tug‘ilish, vafot etish va boshqa aholini harakterlaydigan
ko‘rsatkichlar
2. Turmushning sanitariya-gigiena sharoitlari
3. Oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish
4. Turar joy sharoitlari
5. Ta’lim va san’at
6. Mehnat sharoiti va bandlilik
7. Aholining daromadlari va harajatlari
8. Yashash qiymati va iste’mol baholari
9. Transport vositalari
10. Dam olishni tashkil etish
11. Ijtimoiy ta’minot
12. Insonning erkinligi
Turmush darajasini ifodalovchi ko‘rsatkichlarni shartli ravishda
o‘lchov turlariga qarab quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
a) sintetik qiymat ko‘rsatkichlari (YaIM, iste’mol fondi, aholining
jami daromadlari va h.k.)
b) fizik ko‘rsatkichlar, konkret material boyliklarni iste’moli hajmini
ifodalovchi ko‘rsatkichlar (shaxsiy mulk bilan ta’minlanish darajasi, oziq-
ovqat mahsulotlar iste’moli, tashilgan yo‘lovchilar soni va h.k.)
v) boyliklar taqsimoti va tarkibi nisbatlarini ifodalovchi nisbiy
ko‘rsatkichlar (aholining daromadlar guruhlari bo‘yicha taqsimoti,
daromadlar va iste’molni yig‘uvchi va kelishtiruvchi ko‘rsatkichlar va
h.k.).
Turmush darajasini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimiga bevosita
iste’mol ko‘rsatkichlari bilan birga iste’mol imkoniyatini ifodalovchi
ko‘rsatkichlar xam kiradi. Ularga, masalan, iste’mol fondi yoki daromad
darajasi ko‘rsatkichlarini kiritish mumkin.
«Turmush
darajasini»
ifodalovchi
ko‘rsatkichlar tizimi
ko‘p
bo‘lganligi sababli xozirgi vaqtda qator jamlovchi ko‘rsatkichlar ham
qo‘llaniladi va ulardan biri inson imkoniyatlarini rivojlanish indeksi (inson
salohiyatini rivojlanish indeksi)dir. Bu ko‘rsatkich insonlarning moddiy va
manaviy istaklarini qondirish imkoniyatlarini o‘lchash uchun, shuningdek
ayrim mamlakatlar va umuman insoniyatning ijtimoiy rivojlanishi ustidan
nazorat olib borish uchun xizmat qiladi.
Inson rivojlanish indeksi (Jir.) uchta omilning ta’sirini hisobga oladi:
295
1) umr uzunligi;
2) ta’lim olish darajasi;
3) jon boshiga ishlab chiqarilgan YaIM hajmi.
Bu ko‘rsatkich (Jir.) turmush tarzini ifodalovchi uch ko‘rsatkich
asosida o‘rtacha arifmetik usulda aniqlanadi:
Jir=1/3 x (£Jxi); bunda,
Jxi - turmush darajasi indikatorlari, shu jumladan:
Jx1 - kutilayotgan umr uzunligi;
Jx2 - aholining ta’lim olish darajasi (yig‘ma ko‘rsatkich: yoshi katta
aholining savodxonlik darajasi va boshlang‘ich, o‘rta va oliy ma’lumot
olayotgan yoshlar salmog‘i);
Jx3 - jon boshiga to‘g‘ri kelgan real YAIM hajmi, uni pulni sotib olish
qobiliyatini e’tiborga olgan holda hisoblanadi AQSH dollarida).
Indeksning har bir omili hisoblanayotganda uning minimal va
maksimal qiymati belgilangan andozasidan foydalaniladi va u bilan
mamlakatdagi amaldagi ko‘rsatkich solishtiriladi:
j _
xi amaldagi hajmi - xi minimal hajmi
x
xi maksimal hajmi - xi minimal hajmi
Bo‘lajak umr uzunligi indeksi hisoblanayotganda maksimal daraja
sifatida 85 yosh olinadi, minimal daraja sifatida esa 25 yosh olinadi.
Ta’lim olish indeksi hisoblanayotganda andozalar 100% va 0% deb
olinadi, jon boshiga real YaIM hajmi indeksi - 100 va 5500 AQSh dollari
olinadi.
Jon boshiga real YaIM hajmi ko‘rsatkichi ishlab chiqarilgan,
taqsimlangan va iste’mol qilingan darajani aks ettiradi. Umr ko‘rish
uzunligi ko‘rsatkichi millatning sog‘lomlik darajasini ifodalaydi.
U
mamlakatning iqtisodiy o‘sish darajasiga, olib borilayotgan ijtimoiy
siyosatga, meditsina xizmati darajasiga, ekologiyaga va boshqa omillarga
bog‘liq. Aholining ta’lim olish darajasi jamiyatning intellektual va ijodiy
salohiyatini ifodalaydi.
BMT rivojlanish dasturining «1995 yilda inson rivojlanish darajasi
tendentsiyasi» nomli ma’ruzasida ta’kidlaganidek, oxirgi 30 yil mobaynida
insoniyat o‘z rivojida sezirarli o‘sishga erishgan. Hozirgi vaqtda umr
uzunligi 1960 yilga nisbatan 17 yilga ortgan. Bolalar o ‘imi esa yarmiga
qisqargan.
1960 yildan 1995 yilgacha bo‘lgan davrda butun dunyo bo‘yicha
hisoblangan inson rivojlanish koeffitsienti 247 foiz punktga o‘sgan.
296
Jumladan, aholi jon boshiga real YaIM ishlab chiqarish (solishtirma
baholarda) 1,8 marta ortgan, o‘rtacha umr uzunligi 50 yoshdan 64
yoshgacha ko‘tarilgan, aholi savodxonlik darajasi esa 50%gacha ortgan.
Barcha mamlakatlar bo‘yicha turmush darajasi solishtirilganda ular
o‘rtasida juda katta farq borligi aniqlangan. 1995 yilda BMT rivojlanish
dasturining
mutaxassislari
tomonidan
o‘rganilgan
174
mamlakat
quyidagicha taqsimlangan: 63tasi insonning rivojlanish darajasi yuqori,
64tasi o‘rta va 47tasi past darajada (indeksi 0,500dan kichik). Lekin asta
sekin bunday farqlar yo‘qolib, inson rivojlanish darajasi tenglashib
bormoqda.
1992 yilda esa er yuzi aholisining rivojlanish darajasi 30%
rivojlangan, 39% o‘rta va 31% esa past darajada bo‘lgan edi. 30 yil
mobaynida indeks variatsiyasi taxminan 2 marta kamaygan. Inson
salohiyati rivojlanish darajasi bo‘yicha eng yuqori o‘rinni 1998 yilda
Kanada, AQSh va Avstraliya egallagan. Inson rivojlanish indeksini
hisoblash metodologiyasi doim mukamallashib bormoqda. Bunda hisobga
olinadigan ko‘rsatkichlarni tanlash, shuningdek foydalaniladigan vazn
koeffitsientlaridan foydalanish munozarali masalalar bo‘lib hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |