Xususiy tadbirkorlarni soliqqa tortish: soliqni sof foydadan undirish


Xususiy tadbirkorlarni soliqqa tortishni takomillashtirish bo‘yicha takliflar



Download 0,66 Mb.
bet5/6
Sana05.07.2022
Hajmi0,66 Mb.
#742427
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
9-mavzu

Xususiy tadbirkorlarni soliqqa tortishni takomillashtirish bo‘yicha takliflar
Yuqorida muhokama qilingan muammolarning yechimi sifatida quyidagi takliflarni kiritish mumkin:

  • Xususiy tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan jismoniy shaxslarni soliqqa tortishda, soliqni ularning sof foydasidan undirish amaliyotini joriy etish. Daromad solig‘ini shu tarzda undirilishi fuqarolarimiz tadbirkorlik faoliyatining dastlabki bosqichlaridan yoki uning “qishli va qirovli kunlar”dan omon o‘tib olishlariga ko‘mak bersa, ular tadbirkorlikni muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘yib olganlaridan so‘ng, soliqni daromadlariga mutanosib ravishda to‘lashiga yo‘l ochadi. Bu xususiy tadbirkor uchun ham, davlat uchun ham adolatli natijadir.

  • To‘g‘ri, soliqning sof foydadan undirish tizimini amaliyotga tatbiq kilishning o‘ziga yarasha qiyinchiliklari mavjud. Chunki bu tizim har bir tadbirkorni o‘z daromad va xarajatlarini to‘g‘ri va xolislik asosida hisoblab borishini talab etadi. Bu noqobil tadbirkorlarga soliqdan qochishga imkoniyat yaratishi mumkin. Lekin xalqimizda “Burgaga achchiq qilib ko‘rpani kuydirish to‘g‘ri emas” degan bir dono naql bor. Soliq idorasi agar biror bir tadbirkor shunday noqobillik qilayotganligi haqida asosli shubxaga ega bo‘lsa, o‘sha tadbirkordan o‘z daromad va xarajatlarini asosli ekanini isbotlab berishni talab qilishi mumkin. Qolaversa, xususiy tadbirkorlarni sof foyda asosida soliqqa tortish tizimini boshqarish bo‘yicha iqtisodiyoti rivojlangan va izchil rivojlanayotgan davlatlarda bir necha yillik boy tajriba mavjud bo‘lib, ular bunday muammolar yechimi bo‘yicha ancha tajribaga ega va O‘zbekiston bu davlatlar tajribasini o‘rganib, mamlakat soliq tizimiga tatbiq qilishi mumkin.

  • Xususiy tadbirkorlikdan tushadigan daromadlarni va mulkiy daromadlarni soliqqa tortishda soliq deklaratsiya amaliyotini joriy etish. Coliq deklaratsiya amaliyotida jismoniy shaxs yil so‘ngida tadbirkorlik yoki mulkiy faoliyatning barcha manbalardan tushgan daromadlarini umumlashtirib, ulardan yuqoridagi soliq qonuni tomonidan yo‘l qo‘yilgan xarajatlarni chegirib tashlab, yillik foydani e'lon qiladi. Bu soliq amaliyoti hozirgi kunda eng keng tarqalgan bo‘lib, usiz jismoniy shaxslarni soliqqa tortish tizimini tasavvur qilish qiyin. Chunki jismoniy shaxslarning ko‘p daromadlariga nisbatan soliqni daromad manbaidan ushlab qolishning imkoniyati yo‘q. Aynan shu sababdan, ko‘pgina shaxslarning xususiy va tadbirkorlik faoliyatidan tushadigan daromadlari umuman soliqqa tortilmay yoki yetarlicha soliqqa tortilmay kelmoqda. Bu nafaqat soliq to‘lovchilar tengligiga putur yetkazmokda, balki byudjyetga soliq tushumlari yetarlicha tushmayotganligiga sabab bo‘lmokda.

Xulosa
Har qanday davlatda xususiy tadbirkorlik mamlakat iqtisodiyotining asosiy negizi, uning kelajagi hisoblanadi. Jahondagi deyarli barcha buyuk kompaniyalar tarixi oddiy bir tadbirkor o‘z biznes g‘oyasini amalga oshirishi bilan boshlangan. Shunday ekan, xususiy tadbirkorlarni soliqqa tortishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish davlat uchun ham, uning iqtisodiyoti va byudjyeti uchun ham katta manfaat keltiradi. O‘zbekiston o‘z soliq qonunchiligini tubdan isloh qilishga astoydil yeng shimargan ekan, islohot yetakchilarida xususiy tadbirkorlarni soliqqa tortish borasidagi mavjud amaliyotni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish imkoniyati mavjud. Bu borada amalga oshirilishi zarur bulgan asosiy vazifalardan biri bu xususiy tadbirkorlardan soliqni ularning sof foydasidan undirish tizimini joriy etishdir. Bu xususiy tadbirkor uchun ham, davlat uchun ham foydalidir. U mamlakatda tadbirkorlikning rivojlanishiga, mamlakat byudjyetiga tushadigan soliq tushumlari ko‘lami ortishiga, mamlakat soliq amaliyoti jahon davlatlari soliq amaliyoti darajasiga ko‘tarilishiga, ko‘pgina soyadagi yoki noqonuniy tadbirkorlik faoliyatlarini qonuniy yo‘lga o‘tishiga va nihoyat aholida soliq madaniyati ko‘tarilishiga ham xizmat qiladi.
Vohid O‘rinov


Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish