“Халқаро молия ва ҳисоб” илмий журнали. №2, апрель, 2021 йил. ISSN: 2181-1016
4
sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun o‘z resurslarini birlashtirishiga
asoslangan hamkorlikdir.[8]
TAHLIL VA NATIJALAR
So‘ngi yillarda davlatimiz tomonidan olib borilayotgan
islohotlarning tub
zamirida ta’lim tizimiga berilayotgan e’tiborning naqadar zarur ekanligi va kelajak
avlodni tarbiyalash bizning vazifamiz ekanligini bilishimiz va anglashimiz zarur.
Jumladan, maktabgacha ta’lim, o‘rta ta’lim va oliy ta’lim tizimida davlat-xususiy
sherikchiligini rivojlantirish ushbu tizimdagi kamchiliklarni bartaraf etish va
kelajakda ta’lim tizimini dunyo reytingi darajasiga olib chiqish maqchadini
belgilashimiz lozim. Bu bitimning o‘ziga xos jihatlari shundan iboratki, loyihaning
xatari, moliyaviy manbalar ham xususiy sektor zimmasida bo‘ladi.
Bu moliyaviy
manbani olib kirishdan nima manfaatdor degan savol tug‘ilishi mumkin. Avvalo bu
davlatning talabi bor joylarga kiritiladi. Aholi infratuzilmalarini oshirishga
qaratilgan sohalar aeroportlar, yo‘llar, tibbiyot sohasi bo‘lishi mumkin. Bu
loyihalar 3 yildan 49 yilgacha bo‘ladi. Bu shuni anglatadiki, loyiha murakkabdir.
Chunki, vaqtlar o‘tib ko‘p
narsalar, masalan narxlar, iste’molchilar, mamlakat
demografiyasi o‘zgarishi mumkin. Shuning uchun, buni puxta tayyorlash lozim.
Loyihani tayyorlashda g‘oyadan boshlab shartnomani imzolashga 18 oygacha vaqt
talab etiladi. Bunga zamonaviy menejment tizimini joriy qilish ham mumkin.
Odamlarning turmush darajasi yaxshilanishi va iste'dodlar
uchun tobora
kuchayib borayotgan raqobat bilan odamlar bolalarning maktabgacha ta'limiga
tobora ko‘proq e'tibor qaratmoqdalar, ota-onalarning bolalar bog‘chalariga bo‘lgan
talabi tobora kuchayib bormoqda, hukumat tomonidan xususiy ta'limni siyosiy
qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish ham yaxshilanadi[9]. Xozirgi kunda
maktabgacha ta’lim sohasida ham davlat xususiy sheriklikni qo‘llab
- quvvatlash
orqali maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini yanada kengaytirish hamda
bolalarning maktabgacha ta’lim bilan kengroq qamrab olinishini ta’minlash
maqsadida 2018-2019 yillarda maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy
sheriklikni yanada rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va
taraqqiyot jamg‘armasi hamda xalqaro moliya institutlaridan ekvivalenti 200,0 mln
AQSh dollari miqdoridagi kreditlar jalb qilingan. Ushbu kreditlar hisobidan
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi
va xususiy sheriklar
o‘rtasida 140,1 ming o‘rinli nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil
etish uchun imzolangan 1 412 ta davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimlar
imzolandi[10].
2021 yil va kelgusi yillarda tuziladigan bitimlar bo‘yicha kreditlar tijorat
banklari tomonidan mustaqil belgilanadigan foiz stavkalari asosida berilishi ko‘zda
tutilgan. O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi
savdo vazirligi hamda
Moliya vazirligi bilan birgalikda 2020-2021 yillarda davlat - xususiy sheriklik
asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish uchun halqaro
moliya institutlarining imtiyozli kreditlarini jalb etish bo‘yicha bir qator ishlar
amalga oshirilmoqda.