Xususiy miologia Ko'krak mushaklari va fassiyalari


-rasm. Qorin to‘g‘ri mushagi qinining hosil bo'lishi chizmasi



Download 251,7 Kb.
bet3/14
Sana07.04.2022
Hajmi251,7 Kb.
#535742
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
ANATOMIYA

51-rasm. Qorin to‘g‘ri mushagi qinining hosil bo'lishi chizmasi. А-kindikdan yuqorida.
B-kindikdan pastda. 1-qorinning to'g'ri mushagi; 2-qoriiuiing tashqi qiyshiq mushagi; 3-qorinning ichki qiyshiq mushagi; 4-qorinning ko'ndalang mushagi; 5-qorinning ko'ndalang fassiyasi.
4—5 sm pastroqda qorinning barcha serbar mushaklarining aponevrozlari to‘g‘ri mushakning old tomonidan o‘tib, qinning oldingi devorini hosil qiladi. Qorin to‘g‘ri mushagini orqa tomonidan bu sohada faqat ko'ndalang fassiya qoplaydi. Yosh bolalarda qorin to‘g‘ri mushagi qinining orqa devori yaxshi taraqqiy etmagan bo'ladi.
Chov kanali
Chov kanali (canalis inguinalis) chov boylamining medial yarmi ustida, qorin serbar mushaklarining orasida qiya joylashgan tirqish bo'lib, undan erkaklarda urug' tizimchasi, ayollarda bachadonning yumaloq boylami o'tadi. Chov kanalining uzunligi 4—5 sm bo'ladi. Uning chuqur va yuza teshiklari tafovut qilinadi. Chov kanalining yuza halqasi (annulus inguinalis superficialis) qov suyagining ustida joylashgan bo'lib, uni yuqori tomondan chov boylamining medial oyoqchasi (crus mediale), pastdan lateral oyoqchasi (crus laterale) chegaralaydi. Yuza halqani lateral tomondan medial va lateral oyoqchalar o'rtasida tortilgan oyoqchalararo tolalar (fibrae intercruralis) va medial tomondan lateral oyoqchaning tolalaridan hosil bo'lgan bukilgan boylam (lig. reflexum) chegaralaydi.
Chov kanalining chuqur teshigi (annulus inguinalis profundus) qorin bo'shlig'i tomonidan ko'ndalang fassiyadagi lateral chov chuqurchasi sohasida joylashgan voronkasimon botiqlikdan iborat. Chov kanalidan o'tayotgan a’zolarga nisbatan uning to'rtta devori tafovut qilinadi. Chov kanalining oldingi devorini qorin tashqi qiyshiq mushagining aponevrozi, orqa devorini ko'ndalang fassiya, ustki devorini qorinning ko'ndalang va ichki qiyshiq mushaklarining pastki chekkalari, pastki devorini chov boylami hosil qiladi.
Yangi tug'ilgan chaqaloqda chov kanali nisbatan qisqa, keng va to'g'ri yo'nalgan, yuza halqasi nisbatan yuqori joylashgan bo'lib, oval yoki uchburchak shaklida, ichki va tashqi oyoqchalar va oyoqchalararo tolalar kam taraqqiy etgan bo'ladi. Chov kanalining chuqur halqasi ko'ndalang fassiyada qorinparda bilan yopilgan, 2-4 mm kenglikdagi quyg'ichsimon botiqlik shaklida bo'lib, chov kanalining tuzilishi 3 yoshda tugallanadi.
Orqa mushaklari va fassiyalari
Orqa mushaklari juft bo'Eb, tananing orqa yuzasida dumg'aza va yonbosh suyaklari qirrasidan kalla asosigacha bo'lgan sohani egallaydi. Ular bir necha qavat bo'lib joylashadi. Orqa mushaklari yuza va chuqur guruhlarga bo'linadi.
Orqaning yuza mushaklari
Orqaning yuza mushaklari yelka kamari va yelka suyagiga birikib, (52- rasm) ikki qavat joylashadi. Birinchi qavatda trapetsiyasimon mushak bilan, orqaning serbar mushagi, ikkinchi qavatda katta va kichik rombsimon


Download 251,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish