Xususiy miologia Ko'krak mushaklari va fassiyalari


-rasm. Orqaning yuza mushaklari, I va II qavat



Download 251,7 Kb.
bet4/14
Sana07.04.2022
Hajmi251,7 Kb.
#535742
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
ANATOMIYA

52-rasm. Orqaning yuza mushaklari, I va II qavat. 1-m. trapezius; 2-m. rhombdoideus minor; 3-m. rhombdoi- deus major; 4-m. latissimus dorsi; 5-f. lumbodorsalis; 6-m. serratus posterior inferior.
mushaklar, kurakni ko‘taruvchi mushak yotadi. Orqaning ustki va pastki tishsimon mushaklari chuqurroq yotadi va qovuig‘alatga birikadi.
1. Trapetsiyasimon mushak (m. trapezius) uchburchak shaklidagi yassi mushak bo'lib, keng asosi o‘rta chiziqqa qaragan bo'ladi. U orqaning yuqori va bo'yinning orqa sohasini qoplab, o‘ng va chap mushak birgalikda trapetsiya shakliga o'xshaydi. U uchqismgabo‘linadi:

  1. tushuvchi qismi (pars desendens) tashqi ensa bo‘rtigi, yuqori ensa chizig'ining medial qismidan, lig. nuchae va VII bo‘yin umurtqasining qirrali o‘simtasidan boshlanib o‘mrov suyagining lateral qismi va acromioning medial yuzasiga birikagi.

  2. ko'ndalang qismi (pars trasversa)!—IV ko‘krak umurtqalarining Qirrali o‘simtasi va qirrali o'simta usti boylamidan boshlanib, akromioning medial chekkasiga birikadi.

d) ko‘tariluvchi qismi (pars ascendens) 1—XII ko‘krak umurtqalarining qirrali o'simtasi va


qirrali o'simta usti boylamidan boshlanib, spina scapulae ga birikadi. Mushakning yuqori tutamlari pastga va lateral tomonga, o‘rta tutamlari ko‘ndalangiga, pastki tutamlari esa yuqoriga va lateral tomonga yo‘naladi.
Faoliyati: ikki tomonlama qisqarsa, kurakni bir-biriga yaqinlashtiradi. Yuqori tutamlari qisqarsa, kurak yuqoriga ko'tarilib pastki burchagi oldinga va tashqariga suriladi, pastki tutamlari qisqarsa, kurakni pastga tomon tortadi. Innervatsiyasi: n.accessorius, plexus cervicalis (Cin jy).
2. Orqaning serbar mushagi (m. latissimus dorsi) uchburchak shaklidagi yassi, serbar mushak bo‘lib, orqaning pastki qismini qoplaydi. Bu mushak pastki oltita ko'krak va barcha bel umurtqalarining qirrali o'simtalaridan, pastki to'rtta qovurg‘a burchagi hamda yonbosh suyagining tashqi qirrasidan boshlanadi. Mushak tolalari yuqoriga va tashqariga yo'nalib torayadi va yelka suyagining kichik bo‘rtig‘i qirrasiga birikadi. Faoliyati: qo‘lni orqaga, pastga tortib tanaga yaqinlashtiradi va pronatsiya qiladi. Innervatsiyasi: n.thorocodorsalis.
Ikkinchi qavatda:
1. Kurakni ko'taruvchi mushak (mJevator scapulae) to‘rtta yuqori bo‘yin umurtqalari ko‘ndalang o‘simtasining orqa do‘mbog‘idan boshlanib pastga tomon yo‘naladi va kurakning ichki chekkasiga yuqori burchagi bilan kurak

o'simtasi oralig'ida birikadi. Faoliyati: kurakni yuqoriga ko‘taradi va umurtqa pog‘onasiga yaqinlashtiradi. Innervatsiyasi: n. dorsalis scapulae.
2. Kichik va katta rombsimon mushaklar (mm. rhomboidei minor et major). Kichik mushak VII bo‘yin va I ko'krak umurtqasi, katta mushak esa II—V ko'krak umurtqalarining qirrali o'simtalaridan boshlanadi. Mushak tolalari yuqoridan pastga va lateral tomonga yo'nalib, kurakning ichki qirrasiga birikadi. Faoliyati: kurakni umurtqa pog'onasiga yaqinlashtiradi va yuqoriga tortadi. Innervatsiyasi: n. dorsalis scapulae.
Orqaning qovurg'alarga birikuvchi mushaklari uchinchi qavatda joylashgan orqaning ustki va pastki tishsimon mushagidan iborat.
1. Orqaning yuqorigi tishsimon mushagi (m. serratus posterior superior) rombsimon mushaklar oldida yotadi. VI—VII bo'yin va I—II ko'krak umurtqalarining qirrali o'simtalaridan boshlanadi. Yuqoridan pastga va lateral tomonga qiya yo'nalib, II—V qovutg'alaming orqa yuzasi qovurg'a burchagining tashqarisiga birikadi. Faoliyati: qovurg'alami ko'taradi. Innervatsiyasi: n. intercostales.
2. Orqaning pastki tishsimon mushagi (m. serratus posterior inferior) orqaning serbar mushagi oldida yotadi. U XI—XII ko'krak, I—II bel umurtqalarining qirrali o'simtalaridan boshlanib, IX—XII qovurg'alaming orqa yuzasiga birikadi. Faoliyati: qovurg'alami pastga tushiradi. Innervatsiyasi: n. intercostales.
Orqaning chuqur mushaklari
Orqaning chuqur mushaklari umurtqalaming qirrali va ko'ndalang o'simtalari, qovurg'alar burchagi o'rtasidagi egatlarda joylashib, uch: yuza, o'rta va chuqur qavatlami hosil qiladi. Yuza qavatda bosh va bo'yinning qayishsimon va gavdani tiklovchi mushaklar yotadi.

  1. Boshning qayishsimon mushagi (m. splenius capitis) ensa boylamining pastki qismi, VII bo'yin va yuqorigi 3-4- ko'krak umurtqalarining qirrali o'simtalaridan boshlanadi. Mushak tolalari yuqoriga lateral yo'nalib, ustki ensa chizig'i lateral qismiga va so'rg'ichsimon o'simtaga birikadi. Faoliyati: ikki tomonlama qisqarsa, bosh va bo'yinni orqaga tortadi. Bir tomonlama qisqarsa, boshni o'z tomoniga tortadi. Innervatsiyasi: C1H—CV111 bo'yin nervlarining orqa shoxlari.

  2. Bo'yinning qayishsimon mushagi (m. splenius cevicis) III— V ko'krak umurtqalarining qirrali o'simtasidan boshlanib, 2—3 ta yuqorigi bo'yin umurtqalarining ko'ndalang o'simtasining orqa do'mboqchasiga birikadi. Faoliyati: ikki tomonlama qisqarsa, umurtqa pog'onasining bo'yin qismini orqaga tortadi. Bir tomonlama qisqarsa, o'z tomoniga buradi. Innervatsiyasi: Cm— CM bo'yin nervlarining orqa shoxlari.

  3. Gavdani tiklovchi mushak (m. erector spinae) orqaning eng kuchli autoxton mushagi bo'lib, umurtqa pog'onasining bor bo'yicha tortilgan. U qalin, pishiq pay vositasida dumg'azaning orqa yuzasidan, bel, XII va XI ko‘krak umurtqalarining qirrali o'simtalaridan, yonbosh suyagi qirrasining orqa qismidan boshlanadi. Mushak tolalari yuqori tomonga yo'nalib, yuqori bel umurtqalari sohasida uch qismga: lateral-qovurg'alarga birikuvchi yonbosh- qovurg'a, oraliq-ko‘ndalang o'simtalarga birikuvchi eng uzun va medial- qirrali o'simtalarga birikuvchi qirrali mushaklaiga bo‘linadi.

Yonbosh-qovuig'a mushagi (m. ffiocostalis) qismlarining joylashish sohasiga qarab uchga bo'linadi. Belning yonbosh-qovurg‘a mushagi (m.iliocostalis hnnbonnn) pastki oltita qovurg'aning burchagiga birikadi. Ko'krakning yonbosh- qovurg'a mushagi (m.iliocostalis thoracis) pastki oltita qovurg‘aning oldingi mushak birikkan joyidan ichkariroqda boshlanib, yuqoridagi oltita qovurg'aning burchagiga va VII bo'yin umurtqasining ko'ndalang o'simtasi orqa yuzasiga birikadi. Bo'yinning yonbosh-qovurg'a mushagi (m.iliocostalis cervicis) Ш— VI qovurg'a burchagining oldingi mushak birikkan joyidan ichkarida boshlanib, IV—VI bo'yin umurtqasining ko'ndalang o'simtasining orqa do'mbog'iga birikadi. Faoliyati: umurtqa pog'onasini yozadi, qovurg'alami pastga tushiradi. Bir tomonlama qisqarsa, umurtqa pog'onasini o'sha tomonga bukadi. Eng uzun mushak (m. longissimus) umurtqa pog'onasini tiklovchi mushakning o'rta qismini tashkil qilib, uch qismga bo'linadi: ko'krak qafasining eng uzun mushagi (m. longissimus thoracis) pastki to'qqizta qovuig'aning burchagi va bo'rtig'i oralig'iga, barcha ko'krak umurtqalarining ko'ndalang o'simtasi uchiga birikadi. Bo'yinning eng uzun mushagi (m. longissimus cervicis) beshta yuqori ko'krak umurtqalarining ko'ndalang o'simtasi uchidan boshlanib, VI—II bo'yin umurtqasining ko'ndalang o'simtasi orqa do'mbog'iga birikadi. Boshning uzun mushagi (m. longissimus capitis) I—III ko'krak va III—VII bo'yin umurtqasining ko'ndalang o'simtasidan boshlanib, chakka suyagi so'rg'ichsimon o'simtasining orqa yuzasiga birikadi.
Faoliyati: umurtqa pog'onasini yozadi, yon tomonga bukadi. Bosh qismi boshni orqaga tortib, yuzni o'z tomoniga buradi.
Qirrali mushak (m. spinalis) gavdani tiklovchi mushakning ichki tomonida bo'yin va ko'krak umurtqalarining qirrali o'simtalari yonida yotadi. Bu mushak ham uch qismdan iborat. Ko'krak qafasining qirrali mushagi (m.spinalis thoracis) 11—I bel va XII, XI ko'krak umurtqasining qirrali o'simtasidan boshlanib, yuqorigi sakkizta ko'krak umurtqasining qirrali o'simtasiga birikadi. Bo'yinning qirrali mushagi (m.spinalis cervicis) I—II ko'krak, VII bo'yin umurtqasi va ensa boylamining pastki qismidan boshlanib, II—IV bo'yin umurtqasining qirrali o'simtasiga birikadi. Boshning qirrali mushagi (m.spinalis capitis) yuqorigi ko'krak umurtqalarining qirrali o'simtasidan boshlanib, tashqi ensa bo'rtig'i sohasiga birikadi. Faoliyati: umurtqa pog'onasini yozadi.
Gavdani tiklovchi mushak qismlarini orqa miya nervlarining orqa shoxlari innervatsiya qiladi.
O'rta qavatda:
Ko'ndalang-qirrali mushak (m. transversospinalis) umurtqalaming ko'ndalang va qirrali o'simtalari o'rtasidagi egatda bir necha qavat bo'lib joylashib, bu mushak umurtqalaming ko'ndalang va qirrali o'simtalari o'rtasida yuqoriga qiya yo'nalgan tolalardan iborat. Uning tolalari turli uzunlikka ega bo'lib, nechta umurtqaning ustidan o'tishiga qarab uch guruhga bo'linadi: ko'ndalang-qirrali mushakning yuza joylashgan qismi yarim qirrali mushak (mm. semispinalis) 4—6 ta umurtqa ustidan o'tib birikadi. Uning o'rta qavatida joylashgan ko'p bo'lakli mushak (mm. multifidi) 2-4 ta umurtqa ustidan o'tib biriksa, chuqur joylashgan burovchi mushak (mm. rotatoris) bitta umurtqa ustidan o'tib keyingisiga birikadi. Faoliyati: umurtqa pog'onasini bo'ylama o'q atrofida buradi. Innervatsiyasi: orqa miya nervlarining orqa shoxlari.
Chuqur qavatda:
1. Qirrali o'simtalararo mushak (m.interspmales) ham medial egatda joylashgan bo'lib, ikki qo'shni umurtqaning qirrali o'simtalari o'rtasidan tortilgan bo'ladi. Faoliyati: umurtqa pog'onasini yozadi.
2. Ko'ndalang o'simtalararo mushak (m. intertransversales) qo'shni umurtqalaming ko'ndalang o'simtasi o'rtasida tortilgan bo'ladi. Faoliyati: umurtqa pog'onasini o'z tomoniga bukadi. Innervatsiyasi: orqa miya nervlarining orqa shoxlari.
Bolalarda orqa mushaklari, ayniqsa, chuqur guruhi yaxshi taraqqiy etmagan bo'ladi. Ulaming qisqaruvchi qismi payiga nisbatan katta bo'lib, orqa mushaklari bolalikning birinchi va balog'at davrida tez o'sadi.
Orqa fassiyalari
Orqada uchta fassiya tafovut qilinadi:
1.Orqaning yuza fassiyasi, yupqa biriktiruvchi to'qimali parda bo'lib, orqaning yuza mushaklarini qoplaydi. 2.Ensa fassiyasi (fascia nuchae) bo'yinning orqa tomonida yuza va chuqur mushaklar orasida yotadi. Ichki tomondan ensa boylamiga birikib ketsa, tashqi tomondan bo'yinning yuza fassiyasiga o'tib ketadi. З.Ко’кгак-bel fassiyasi (fascia thorocolumbalis) orqaning chuqur mushaklari uchun qin hosil qiladi. U ikki varaqdan iborat bo'lib, yuza varag'i bel umurtqalarining ko'ndalang o'simtasi bilan XII qovurg'a va yonbosh qirrasi o'rtasida tortilgan bo'ladi Yuza varag'i pastda yonbosh qirraga, tashqi tomondan qovurg'alar burchagiga, ichki tomondan ko'krak, bel va dumg'aza umurtqalarining qirrali o'simtalariga birikadi. Bu fassiya bel sohasida qalinlashadi.
Qol mushaklari va fassiyalari
Qo'lning erkin va ko'p qirrali harakati uning ko'p sonli mushak- larining qisqarishi natijasida bo'ladi. Qo'l mushaklari qo'lning faoliyatiga mos ravishda joylashgan bo'lib, uning nozik harakatlarini bajarishda ishtirok etadi. Qo'l mushaklari yelka kamari mushaklari va qo'lning erkin qismi mushaldariga (53-rasm) bo'linadi. Uning oldingi o'mrov qismi (pars clavicularis) tutamlari o'mrov suyagining lateral 1/3 qismidan boshlanib
53-rasm. Chaqaloqning qo‘l mushaklari (yuza qavati). 1-clavicula; 2-m.pectoraIis major; 3-m. latissimus dorsi; 4-m.triceps brachii; 5-m. brachialis; 6-m.flexor carpi ulnaris; 7-m. flexor digitorum superficialis; 8-m.flexor digiti minimi brevis; 9-m.abductor pollicis brevis; 10-m.flexor pollicis brevis; 11-m. flexor carpi radialis; 12-m.brachioradialis; 13-m.biceps brachii; 14-m.deltoideus.
oldinga, pastga va lateral tomonga yo'naladi. O'rta akromion qismi (pars acromialis) tutamlari akromiondan boshlanib, yuqoridan pastga yo‘naladi. Orqa kurak qirrasi qismi (pars spinalis) tutamlari kurak qirrasidan boshlanib, pastga va lateral tomonga yo'naladi. Uchala qismi tolalari har tomondan yelka suyagining tashqi yuzasiga yo‘naladi va deltasimon mushak bo'rtig'iga birikadi. Faoliyati: mushak tolalari barobar qisqarsa, qo‘lni tanadan uzoqlashtirib gorizontal holatgacha ko'taradi. Uning oldingi o'mrov qismi qisqarganida yelkani bukib, ichkariga buradi va ko'tarilgan qo'lni tushiradi. Uning orqa kurak qismi qisqarsa, yelkani yozib tashqariga buradi, ko'tarilgan qo‘lni tushiradi. O'rta akromion qismi qisqarsa, qo'lni tanadan uzoqlashtiradi. Innervatsiyasi: n.axillaris.

  1. Kurak qirrasi ustidagi mushak (m.


Download 251,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish