Tananing orqa tomonidagi mushaklari va fassiyalari Ko‘krak mushaklari va fassiyalari



Download 283,77 Kb.
bet1/44
Sana13.02.2022
Hajmi283,77 Kb.
#446563
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
Bog'liq
Muskullar


Mavzu:Muskul tizimi.tuzilishi va funksiyasi.Bosh,tana,qo’l-oyoq muskullari
Reja:
1.Mushaklarning yordamchi apparatlari
2. Tananing orqa tomonidagi mushaklari va fassiyalari
3. Ko‘krak mushaklari va fassiyalari
4. Qorin mushaklari va fassiyalari
5. Bo‘yin mushaklari va fassiyalari
Mushaklar tayanch-harakat apparatini faol qismini tashkil qiladi. Tananing har bir harakati organizmda bo‘lgan ko‘nda- lang-targ‘il mushak tolalarining qisqarishi natijasida paydo bo‘ladi. Tana mushaklari suyaklarga birikib, ularni harakatga keltiradi. Ular tana bo‘shliqlari devorini hosil qilishda ishtirok etadi va ba'zi bir ichki a'zolar (yutqin, qizilo‘ngachning yuqo- ri qismi, hiqildoq, to‘g‘ri ichakning pastki qismi) devorlari tar- kibiga kiradi. Skelet mushaklari yordamida odam harakat qiladi va muvozanat saqlaydi, nafas oladi, ovqatni yutadi va mimika- sini o‘zgartiradi. Katta odamning skelet mushaklari gavda og‘ir- ligining 40 %ini, yangi tug‘ilgan chaqaloqda 20—22 %ini tash- kil qiladi. Keksa odamlarda mushak massasi tana og‘irligini 25 — 30 %gacha kamayadi.
Odam tanasida 400 ga yaqin mushak bor (79-, 80-rasm). Har bir mushak biriktiruvchi to‘qimali parda endomiziy bilan o‘ral- gan ko‘ndalang-targ‘il mushak tolalaridan tuzilgandir. Turli kat- talikdagi mushak tolalari bir-biridan biriktiruvchi to‘qimali qat- lamlar perimiziy vositasida ajrab turadi. Bu perimiziy ichida qon tomirlar va nervlar joylashadi. Butun mushakni o‘ragan birikti- ruvchi to‘qimali parda epimiziy deb ataladi. Bu parda mushak
payiga davom etib peritendiniy degan nomni oladi. Mushaklarda juda kuchli modda almashinuvi ketganligi sababli ularda qon to- mirlar ko‘p bo‘ladi. Har bir mushakning faol qisqaruvchi qismi — qorinchasi mushak tolalaridan iborat. Uning ikki uchi payga o‘tib suyaklarga birikadi. Mushak payi zich biriktiruvchi to‘qimadan iborat, yaltiroq kumushrang bo‘ladi. Paylarda modda almashi- nuvi kam bo‘lgani uchun ularda qon tomirlar kam bo‘ladi. Pay- larning bittasi yuqori qismida bo‘lib, mushak boshchasi deyila- di (78- a rasm). Uning yordamida mushak suyakdan boshlanadi. Pastki uchi dum deyilib, uning yordamida mushak suyakka biri- kadi. Paylar kollagen tolalardan iborat bo‘lib, juda pishiq bo‘la- di. Masalan, axill payi 400 kg yukni ko‘tara olsa, sonning to‘rt boshli mushagining payi 600 kg yukni ko‘tara oladi. Barcha mu- shaklarning payi bir xil emas. Uzun mushaklarning paylari in- gichka tasma shaklida bo‘lsa, tanada joylashgan keng mushaklar- ning paylari keng va yassi bo‘lib aponevroz deyiladi. Ba'zi mu- shaklarda ikkita qorincha orasida joylashgan oraliq paylar (78- g rasm) ham uchraydi (ikki qorinchali mushak). Agar mushak bir nechta miotomlardan taroqqiy etgan bo‘lsa, ular o‘rtasida mu- shak qorinchalari orasidagi paylar (78- f rasm) hosil bo‘ladi (qo- rinning to‘g‘ri mushagi).
Mushak qisqargan vaqtda uning bir uchi harakatsiz bo‘lib, harakatsiz nuqta deyiladi. Bu nuqta asosan mushakning boshla- nish qismida bo‘ladi. Harakatli nuqta mushak birikkan ikkinchi suyakda bo‘lib, mushak qisqargan vaqtda u o‘z holatini o‘zgar- tiradi.



Download 283,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish