Tananing orqa tomonidagi mushaklari va fassiyalari Ko‘krak mushaklari va fassiyalari



Download 283,77 Kb.
bet4/44
Sana13.02.2022
Hajmi283,77 Kb.
#446563
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
Bog'liq
Muskullar

rasm. Odam tanasi mushaklari.

Old tomondan ko‘rinishi:
1—chakka mushagi; 2-ensa-pesho- na mushagining peshona qorincha- si; 3—og‘izning aylanma mushagi;

  1. engak mushagi; 5-tosh-tilosti mushagi; 6—jimjiloqni yozuv- chi mushak; 7—kaftning tirsak tomonga yozuvchi mushak;

  1. barmoqlarni yozuvchi mu­shak; 9—panjani bukuvchi tir­sak mushagi; 10—tirsak mushagi; 11—katta ko‘krak mushagi; 12—qorinning to‘g‘ri mushagi; 13—qorinning tashqi qiyshiq mushagi; 14—piramidasimon mushak; 15—keng fassiyani taranglovchi mushak; 16-yonbosh-bel mushagi; 17—taroqsimon mushak; 18—sonni yaqinlashtiruvchi uzun mushak; 19—tikuvchilar mushagi; 20—nozik mushak; 21—sonning to‘g‘ri mushagi;

22—lateral serbar mushak; 23-son- ning o‘rta serbar mushagi; 24—boldir mushagi; 25—kambalasimon mushak; 26—barmoqlarni bukuvchi uzun mu­shak; 27—barmoqlarni yozuvchi uzun mushak payi; 28—oyoq bosh bar- mog‘ini uzoqlashtiruvchi mushak;
29—barmoqlarni yozuvchi uzun mu­shak; 30—oldingi katta boldir musha­gi; 31—qo‘lning bosh barmog‘ini yozuvchi kalta mushak; 32—qo‘lni bosh barmog‘ini uzoqlashtiruvchi mushak; 33—kaftni tirsak tomonga yozuvchi mushak; 34—kaftning bilak tomonga yozuvchi kalta mushak;
ularning tarqalishini chegaralaydi va ba'zi hollarda anesteziya qilishda yordam beradi. Fassiyalar suyaklarga birikib mushaklar- aro to‘siqlar hosil qiladi. Fassiyalar xususiy va yuza fassiyalar- ga bo‘linadi. Xususiy fassiya odam tanasining har bir sohasi- ga tegishli bo‘lib, shu nom bilan ataladi. Agar mushaklar birne- cha qavat joylashgan bo‘lsa, unda qavatlar o‘rtasida xususiy fas- siya qatlamlari yuza qavat orasida — yuza qatlam, chuqur qavat orasida esa — chuqur qatlam hosil bo‘ladi. Yuza fassiyalar te­ri ostida joylashgan bo‘lib, mushaklarni teri osti yog‘ to‘qimasi- dan ajratib turadi, shuning uchun uni teri osti fassiyasi ham deb ataladi. Yuza fassiya yumshoq biriktiruvchi to‘qimadan tuzil- gan bo‘lib, u teri ostida butun tanani o‘rab turadi va unda ba'zi bir sohalarda yog‘ to‘qimasi to‘plangan bo‘ladi. Fassiyalar tana-

  1. rasm. Odam tanasi mushaklari. Orqa tomondan ko‘rinishi: 1—chakka mushagi; 2-ensa-peshona mu- shagining ensa qorinchasi; 3—boshdagi yarim qirrali mushak; 4—boshning tas- masimon mushagi; 5-to‘sh-o‘mrov- so‘rg‘ichsimon mushak; 6-trape- tsiyasimon mushak; 7—deltasimon mushak; 8—uch boshli mushak;

  1. yelkaning ikki boshli mushagi;

  2. yelka mushagi; 11—bilakni ichkariga burovchi yumaloq mushak; 12-yelka-bilak mushagi; 13-panja- ni bukuvchi bilak mushagi; 14—uzun kaft mushagi; 15—panjani bukuvchi tirsak mu­shagi; 16—barmoqlarni bukuvchi yuzaki mushak payi; 17—yarim payli mushak; 18, 20—yarim pardali mushak; 19—sonning ikki boshli mushagi; 21—boldir mushagi; 22—kambalasimon mushak; 23—uzun ki- chik boldir mushagi payi; 24-kalta-kichik boldir mushagi; 25—oyoq kafti mushagi;

26—katta dumba mushagi; 27—o‘rta dumba mushagi; 31—katta yumaloq mushak;
32—kurak qirrasi ostidagi mushak; 33—kichik yumaloq mushak; 34-yelka-bi- lak mushagi; 35—chaynov mushagi.
ning turli qismlarida har xil taroqqiy etadi. Agar mushaklar ha- rakati kuchli bo‘lsa (oyoqda) fassiyalar qalin bo‘ladi. Qo‘l va oyoqning ba'zi bo‘g‘imlari sohasida (bilak-kaft oldi, boldir-oyoq panja bo‘g‘imi) mushak paylarining yo‘nalishi o‘zgaradi. Bu so- halarda fassiyalar qalinlashadi va suyaklarni turtib chiqqan joy- lariga birikib mushaklarni ushlab turuvchi bo‘gichni hosil qiladi. Bu sohada mushaklarni ushlab turuvchi bo‘gich ostida kanallar hosil bo‘lib, ulardan mushak paylari o‘tadi. Bu kanallami fib- roz yoki suyak-fibroz kanallar deb ataladi. Fibroz kanallar fas- siyalardan hosil bo‘lsa, suyak-fibroz kanallari fassiya va suyaklar o‘rtasida hosil bo‘ladi. Ular payni bir holatda ushlab turib, ular- ning harakat kuchining yo‘nalishini ta'minlaydi. Fibroz kanal- larning devorlari sinovial parda bilan o‘ralgan bo‘lib, bu parda kanalni ikkala uchida payni o‘rab, yopiq sinovial qinlar hosil qi- ladi. Sinovial pardaning bir qismi payni o‘rab olib unga birikib ketadi va uning visseral varag‘ini hosil qiladi. Ikkinchi qismi esa fibroz qinini ichidan qoplab uni devoriga birikib parietal varaq- ni hosil qiladi. Visseral varaqning parietal varaqqa o‘tgan yerda sinovial parda 2 qavat bo‘ladi va uni pay tutqichi mezotendiniy deyiladi.
Mezotendiniy ichida payning qon tomirlari va nervlari joy- lashadi. Sinovial qinning visseral va parietal varaqlari orasida bo‘shliq bo‘lib, unda birnecha tomchi suyuqlik bo‘ladi, u pay ha- rakat qilgan vaqtda uni ishqalanishdan saqlaydi.
Pay yoki mushaklar suyaklarning ko‘tarilgan joyiga tegib tur- sa, bu yerlarda sinovial xaltalar hosil bo‘ladi. Ular biriktiruvchi to‘qimadan tuzilgan bo‘lib, ularning ichida ozgina suyuqlik bo‘la- di. Bu suyuqlik ham payni ishqalanishdan saqlaydi. Sinovial xal- taning devori bir tomondan harakatlanuvchi pay yoki mushakka yopishgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan suyaklarga yopishadi. Xalta bo‘shlig‘i qo‘shni bo‘g‘im bo‘shlig‘i bilan qo‘shiladi.
Mushak paylari o‘z yo‘nalishini o‘zgartiradigan joylarda g‘al- tak hosil bo‘lib, uning ustida pay xuddi kamar o‘q ustidan o‘tga- nidek bo‘ladi. G‘altaklar suyakdan iborat bo‘lishi mumkin. Bu hollarda suyak ust tomondan tog‘ay bilan qoplanadi. Bunda suyak bilan pay o‘rtasida sinovial xalta joylashgan bo‘ladi. Fibroz g‘al- taklar fassiya boylamlaridan hosil bo‘ladi.
Sesamisimon suyaklar paylar ichida paydo bo‘ladi. Bularga no‘xatsimon suyak va tizza qopqog‘i kiradi.
Mushaklarning ishi
Skelet mushaklari nerv impulslari ta'sirida qisqarganida ular- ning harakatlanuvchi nuqtasi, qotirilgan uchiga yaqinlashadi va ma'lum bir ishni bajaradi. Buning natijasida gavdaning ma'lum bir qismi harakatga keladi. Mushaklar bo‘g‘imlarga ta'sir qilib, suyak richaglarining holatini o‘zgartiradi. Bunda mushaklar bo‘g‘imlar- ga ma'lum bir yo‘nalishda ta'sir qiladi. Agar bir nechta mushaklar bo‘g‘imga bir xil ta'sir qilsa sinergist mushaklar, qarama-qarshi ta'sir qilsa antogonist mushaklar deb ataladi. Mushaklar bajara- digan ishning kuchi ularning ko‘ndalang kesimiga bog‘liq. Anato- mik ko‘ndalang kesim mushak qorinchasini ko‘ndalang kesganda hosil bo‘lgan maydon yuzasi bo‘lib, uning qalinligining ko‘rsat- kichidir. Fizologik ko‘ndalang kesim barcha mushak tolalarining ko‘ndalang kesimi yuzalarining yig‘indisidan iborat bo‘lib, mu- shak kuchining ko‘rsatkichidir. Duksimon va tasmasimon mu- shaklarning anatomik va fiziologik ko‘ndalang kesimlari bir xil bo‘ladi. Patli mushaklarning fiziologik ko‘ndalang kesimi duksi- mon mushaklarga nisbatan katta bo‘lgani uchun ularning kuchi katta bo‘ladi. Mushaklar qisqarganda bo‘g‘imlar vositasida birik- kan suyaklar richag vazifasini bajaradi. Biomexanikada ikki tur richag farq qilib, birinchi tur richag ikki yelkali bo‘lib, muvoza- nat richagi deyiladi. Bunda tayanch nuqtasi kuch qo‘yiladigan va qarshilik nuqtalari o‘rtasida turadi. Bunga misol qilib I umurtqa va ensa suyagi o‘rtasidagi bo‘g‘imni ko‘rsatish mumkin.
Ikkinchi tur richag bir yelkali bo‘lib, ikki turda uchraydi. Bi- rinchi turi kuch richagi deyilib, bunda qarshilik tayanch nuqtasi bilan kuch qo‘yiladigan nuqta o‘rtasida bo‘ladi. Bunga misol qi- lib oyoq panjasi suyaklari o‘rtasidagi bo‘g‘imni keltirish mumkin. Ikkinchi turi tezlik richagi. Bunda kuch qo‘yiladigan nuqta yel- kasi qarshilik yelkasidan qisqa bo‘ladi. Bunga misol qilib tirsak bo‘g‘imini olganimizda ozgina yukni ko‘tarish uchun katta kuch sarf qilinib tezlikdan yutiladi.


Download 283,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish