Yelka mushaklari Yelka mushaklari oldingi (bukuvchi) va orqa (yozuvchi) mushaklarga bolinadi. Ular o'zaro yelkaning xususiy fassiyasi qatlamlaridan hosil bo'lgan medial va lateral mushaklararo to'siqlar vositasida ajrab turadi. Yelkaning oldingi guruh mushaklari uchta: yelkaning ikki boshli mushagi, tumshuqsimon o'simta-yelka mushagi va yelka mushagidan iborat. Yelkaning ikki boshli mushagi (m. biceps brachii)ningikki: uzun va kalta boshchasi bor. Uzun boshchasi (caput longum) kurak suyagining bo'g'im usti bo'rtig'idan boshlanadi. Uning payi yelka bo'g'imi xaltasi ichida bo'rtiqlararo egatda yotadi. Kalta boshchasi (caput breve) kurakning tumshuqsimon o'simtasidan boshlanadi. Yelkaning o'rta qismida mushakning ikkala boshchasi o'zaro birikib duk shaklidagi umumiy qorincha hosil qiladi. Mushak payi bilak suyagi bo'rtig'iga birikadi. Faoliyati: yelkani yelka bo'g'imida bukadi. Bilakni tirsak bo'g'imida bukadi va tashqariga (supinatsiya) buradi. Innervatsiyasi: n.musculocutaneus.
Tumshuqsimon o'simta—yelka mushagi (m. corocobrachialis) tumshuqsimon o'simtaning uchidan 13 boshlanadi. Uning yassi payi yelka suyagining medial yuzasiga, kichik bo'rtiq qirrasidan pastroqqa birikadi. Faoliyati: yelkani yelka bo'g'imida bukadi va tanaga yaqinlashtiradi. Innervatsiyasi: musculocutaneus.
Yelka mushagi (m. brachialis) yelka suyagining pastki uchdan ikki qismidan, deltasimon mushak bo'rtig'i va tirsak bo'g'imi xaltasi oralig'idan boshlanib, tirsak suyagi bo'rtig'iga birikadi. Faoliyati: bilakni tirsak bo'g'imida bukadi. Innervatsiyasi: n. musculocutaneus.
54-rasm. O‘ng yelka kamari va yelka mushaklari. 1-m.levator scapulae; 2-m.supras- pinatus; 3-spina scapulae; 4-tuberculum majus humeri; 5-m. deltoideus; 6-caput lateralae m.triceps brachii; 7-caput longum m. triceps brachii; 8-to‘rt tomonli teshik; 9-uch tomonli teshik; 10-m. teres major; 11-m. teres minor; 12-m. infraspinatus; 13-m.rhomboideus major; 14-m. rhomboideus minor. Yelkaning orqa guruh mushaklari ikkita: ancha katta bo'lgan yelkaning uch boshli mushagi va tirsak mushagidan iborat. 1. Yelkaning uch boshli mushagi (m. triceps brachii,43-rasm) kuchli rivojlangan bo'lib, yelkaning orqa yuzasini qoplaydi. U uchta alohida boshcha bilan boshlanadi. Tashqi boshchasi (caput laterale) yelka suyagining tashqi yuzasidan va lateral mushaklararo to'siqdan, ichki boshchasi (caput mediate) yelka suyagining orqa yuzasidan, lateral va medial mushaklararo to'siqdan boshlanadi. Uzun boshchasi (caput longum) kurakning bo*g*im osti bo‘rtig‘idan boshlanib mushak qorinchasini hosil qiladi. Unga yelka suyagi orqa yuzasining o‘rta qismida tashqi va ichki boshchalar qo'shilib mushakni hosil qiladi. Mushakning yassi va keng payi tirsak suyagining tirsak bo'rtig'iga birikadi. Faoliyati: bilakni tirsak bo'g'imida yozadi. Uzun boshi yelkani yelka bo‘g‘imida yozadi va tanaga yaqinlashtiradi. Innervatsiyasi: n. radialis. 2. Tirsak mushagi (m. anconeus) uchburchak shaklida. U yelka suyagining tashqi o'simtasining orqa yuzasidan boshlanib, tirsak suyagi yuqori uchining orqa yuzasiga birikadi. Faoliyati: bilakni tirsak bo‘g‘imida yozadi. Innervatsiyasi: n.radialis. Bilak mushaklari Bilak mushaklari ko‘p sonli bo'lib, ko'p bo'g'imli mushaklar turkumiga kiradi, chunki ular tirsak, bilak- kaft usti va qo'l panjasi bo'g'imlariga ta’sir etadi. Bilak mushaklari faoliyat jihatidan ikki guruhga: oldingi (bukuvchi va pronatorlar), orqa (yozuvchi va supinatorlarga) bo'linadi. Bilakning oldingi guruh mushaklari Bilakning oldingi guruh mushaklariga (55-rasm) qo'l kaftini va barmoqlarini bukuvchi yettita va ikkita pronatsiya qiluvchi mushaklar kiradi. Bu mushaklaming ko'pchiligi yelka suyagi ichki o'simtasi va bilak fassiyasidan boshlanadi. Bilakning oldingi guruh mushaklari to'rt qavat bo'lib joylashadi. Birinchi qavat mushaklari: Bilakni ichkariga burovchi yumaloq mushak (m. pronator teres)yelka suyagining ichki o'simtasi va yelkaning medial mushaklararo to'sig'i, bilak fassiyasi va tirsak suyagi tojsimon o'simtasidan boshlanadi. Pastga