Xurramov Qudrat Kabinet kutubxonasi va bibliografik ishi



Download 416,31 Kb.
Pdf ko'rish
bet26/29
Sana01.07.2022
Hajmi416,31 Kb.
#725378
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Bog'liq
Kurs ishi Kabinet kutubxonasi va bibliografik

Xurramov Qudrat 
mashaqqatli mehnat mahsuli bo‘lib, u maxsus bilimni talab qilar, chevar qo‘llar 
ostida u san’at asari darajasiga yetar edi. Samarqandda Sharqda mashhur bo‘lgan 
qog‘oz ishlab chiqarila boshlandi. Bu qog‘oz tekis, yumshoq, yaltiroq ko‘rinishda 
va fil suyagi rangida bo‘lgan. Uning bahosi uyg‘onish davri Yevropasida mashhur 
va qimmat bo‘lgan. Kitobni ko‘chirib yozish yakunida badiiy bezash ishlari 
bajarilgan. XI asrdan boshlab kitob illustratsiyasi paydo bo‘ldi. Kitoblar, asosan, 
shogirdlar tomonidan havaskorlik yo‘lida va malakali ko‘chirilgan. Ular ta’lim olish 
davomida savod chiqarish bilan birga, matnni o‘qish, izohlash, yod olish bilan 
mashg‘ul bo‘lganlar, o‘quv adabiyotlarni majburan ko‘chirganlar. Bu esa musulmon 
dunyosida kitoblarning ko‘payishiga sabab bo‘ldi. Arab yozuvidagi adabiyotlarni 
yig‘ish va uning takomillashib borishi bevosita yozuvning taraqqiyoti va ayrim 
asarlar nusxalarining ko‘payishi bilan bog‘liq. O‘rta asrlarda kutubxonalar 
rivojlandi va ilm-fan hamda san’at bilan shug‘ullanishga imkoniyat kengaydi. 
Tabiiy-ilmiy va gumanitar fanlar rivojlanib, madaniyat darajasi o‘sdi. Ayniqsa, 
Somoniylar va Temuriylar davrida kutubxonachilik ishi taraqqiy topdi. Saroy 
kutubxonalari fan uchun xazina bo‘lgan, ularda diniy kitoblar, matematika
astronomiya, tarix, huquq, geografiyaga oid adabiyotlar bo‘lgan. Somoniylar 
davlatida buyuk olimlar va shoirlar ijod etdi. Bu davrda Ibn Sino o‘z yoshlik yillarini 
o‘tkazdi, Rudakiy va Daqiqiy, Firdavsiy va Narshaxiylar ijod qildilar. Narshaxiy 
yagona «Buxoro tarixi» asarini yozdi. Bu asar O‘rta Osiyoning iqtisodiy va madaniy 
markazi bo‘lgan bir shaharning tarixi haqidagi ensiklopediya edi. Ibn Sino 
Somoniylar amiri Nuh ibn Mansur saroyidagi kutubxonadan foydalandi. Olim bu 
haqda shunday deb yozadi: «Men bir necha xonalardan iborat kutubxonaga kirdim, 
har bir xonada kitoblarga to‘ldirilgan sandiqlar bor edi. Bir xonada arab kitoblari va 
she’riy asarlar, boshqasida qonunchilikka oid va har bir xonadagi kitoblar bilimning 
biror-bir sohasiga oid alohida joylashtirilgan edi. Men adabiyotlar ro‘yxatini ko‘rib 
chiqdim va o‘zimga zarur kitoblarni so‘rab oldim». Shuning o‘zi o‘rta asrlardagi 
kutubxonalarda kitoblarni joylashtirish tartibi haqida, bibliografik faoliyat 
elementlari, ayniqsa, aniq bir kitob saqlash xonasidagi kataloglashtirish haqida 
ma’lumot beradi. Har bir xonaning markazida chiroyli quticha bo‘lib, unda fonddan 



Download 416,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish