Xurramov Qudrat
Kabinet kutubxonasi va bibliografik ishi
Reja:
KIRISH.
Bibliografik ishning vazifalari va mazmuni
ASOSIY QISM.
1.
Kabinet kutubxonasi,Bibliografiya ishini tashkil etish
2.
Alisher Navoiy nomli O‘zbekison Milliy kutubxonasi axborot va
bibliografiya markazi sifatida
3.
Oliy o‘quv yurtlari kutubxonalarining bibliografik faoliyati
4.
Axborot-bibliografiya resurslari haqida umumiy tushuncha
5.
Bibliografik mahsulotlar, Axborot resurslarining elektron shakllari
6.
MBA haqida umumiy tushuncha va uni tashkil etishni o`rganish
7.
Ma’lumot-bibliografiya fondi (MBF)
8.
O‘rta Osiyoda bibliografiyaning paydo bo‘lishi
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Xurramov Qudrat
KIRISH
Bibliografiya (yunoncha: biblion kitob va ... grafin) — matbuot hamda
yozuv asarlari haqida axborot tayyorlash va berish hamda ularni maʼlum ijtimoiy
maqsadlarda targʻib qilish bilan shugʻullanadigan ilmiy va amaliy faoliyat sohasi.
Bibliografiya mahsulotlari, nazariyasi, tarixi, faoliyatini tashkil etish va uslubiyati
bilan shugʻullanadigan fan B. fani deb ataladi. B. taraqqiyotini turli xil bibliografik
maʼlumotnoma adabiyotlarini tuzadigan maxsus tashkilotlar (B. xizmati) tizimi
taʼminlaydi.
Bibliografiya tuzish qadimgi dunyoda paydo boʻlgan (jumladan miloddan
avvalgi 3-asrda Aleksandriya kutubxonasida Kallimax rahbarligida tuzilgan
bibliografik jadval). "B." termini dastlab kitob koʻchirib yozishni anglatgan, vaqt
utishi bilan (17-asr oʻrtalaridan) kitoblar bayonini biddiradi. B. tarixi kitob bosish
yuzaga kelishi bilan boshlandi. Bosma asarlarning barcha turlari, qoʻlyozmalar,
ijtimoiy ilmiy ahamiyatga ega boʻlgan eng yangi qoʻlyozmalar (dissertatsiyalar,
saklashga topshirilgan qoʻlyozmalar) B.ning oʻrganish sohasidir. Texnika
taraqqiyoti, mikrofilm, ovoz yozish (gramplastinka) va boshqalarning paydo
boʻlishi, matn yozishning oʻzgarishi B. koʻlamini kengaytirmoqda. B. taraqkiyotiga
fan va madaniyat yutuqlari, jamiyatning qiroatxonlik talabining oʻsishi katta taʼsir
etadi. Oʻz navbatida B. ham ilmiy, adabiy va texnik ijodiyotga, nashriyot va
kutubxonashunoslikka, kitob savdosi, taʼlim va mustakil taʼlimga taʼsir koʻrsatadi.
B. bosma asarlarni .anikdash, saralash va izoxlash bilan fan taraqqiyoti yutuklarini
jamlashga va keyingi tadqiqotlarga zamin yaratadi, madaniyat rivojiga ayrim shaxs,
xalq yoki mamlakatning qoʻshgan hissasini oʻzida aks ettiradi; masalani oʻrganishga
oid zarur tarixiy asarlarni koʻrsatadi. Kutubxonalarda toʻplangan yoki yangi
bosmadan chiqqan bosma asarlarni targʻib qilib, B. alohida ilmiy muxit, siyosiy,
falsafiy va estetik qarashlarni tarqalishiga, shuningdek texnikaviy malakani
oshishiga taʼsir etadi. B. ilmiy va texnika xabarlari bilan yakin alokada. Ulardan
farqli oʻlaroq, ilmiy nazariya, gʻoya, dalillar hakida emas, balki ular haqidagi bosma
Do'stlaringiz bilan baham: |