Deflyatsiya- mahalliy valutaning sotib olish qobiliyatini kuchayishi natijasida narxlar indeksining pasayishi tushuniladi. Inflyatsiyaga nisbatan deflyatsiya holati ancha yengilroqga o ‘xshaydi, ammo, deflyatsiya holatidan chiqish bir muncha murakkabroq.
Reflyatsiya - hukumatning pul-kredit siyosatlaridan biri bo’lib, inflyatsiya sur’atlarini ko'tarish y o ii bilan deflyatsiyadan chiqish siyosati hisoblanadi.
Biflyatsiya (miksflyatsiya) - bu iqtisodiyotda inflyatsiya va defiyatsiyaning bir vaqtda parallel sodir bo’lishi. Biflyatsiya sharoitida pullarni emissiya qilish ortganligi bois muomaladagi pul massasi ham ortib boradi. Bu holat oziq-ovqat, kiyimlar va energiya kabi tovarlarning narxlarini oshishiga olib keladi. Lekin, ushbu tovarlarga boigan umumiy talab nisbatan barqaror bo' 1 ib qolaveradi. Boshqa tarafdan esa, aholining sotib olish qobiliyati pasayib, ishsizlik darajalari ko‘tarilib boraveradi.
Agflyatsiya - bu agrar tovarlar narxlarining oshishi demakdir. Ilk bor bu tennin 2007-yilning boshlarida Mcrril Lynch bankining hisobotlarida o‘z aksini topgan. Ushbu termin juda ko‘p!ab ilmiy maqolalardaqo’llandi. Lekin, kcyinchalik bu termin iste’moldan chiqib ketdi.
Stagfiyatsiya (stagnatsiya + inflyatsiva) - bu termin bugungi kunda makroiqtisodiyotda qoilaniladigan termin bo‘lib, iqtisodiy pasayish, ishlab chiqarishning kamayishi inflyatsiya bilan chambarchas bog‘liq holda sodir boiadi. Ushbu tennin 1965-yil Buyuk Britaniyada paydo bo‘lgan. Stagfiyatsiya ilk bor XX asrning 60-yillari so‘ngida yaqqol namoyon boidi. 1970-yilga kelib AQSHda ishsizlik va inflyatsiya darajalari o‘ziningeng yuqori eho‘qqisiga ko‘tarilib, inflyatsiya sur’ati 5,5% ni, ishsizlik darajasi esa 6% ni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkichlami eng yuqori cho‘qqi deyishimizga sabab, 60-yiuar o‘rtalariga qadar inflyatsiya 1-1,5% dan, ishsizlik esa 2-2,5% dan oshmas edi. Stagflyatsiyanig ikkinchi marotaba yaqqol namoyon boMishi 1974-1976 yillarga to‘g ‘ri keladi. Bunda AQSHda inflyatsiya darajasi 10% ni, ishsizlik darajasi esa 7,6% ni tashkil etgan. Ushbu davr oralig‘ida stagfiyatsiya holati boshqa qator rivojlangan mamlakatlarda ham kuzatilgan.3
1983-1984-yillarga kelib ushbu mamlakatlarda inflyatsiya sur’atlari keskin pasayib ketgan va natijada stagfiyatsiya o ‘z-o‘zidan yo‘qola boshlagan.
Dezinflyatsiya - inflyatsiya sur’atlarining pasayishi.
lnflyatsiyaning kelib chiqish sabablari: Inflyatsiya va pul faklifi. lnflyatsiyaning mohiyati, ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari ko‘plab iqtisodchi olimlar tomonidan ilmiy asosda tadqiq qilingan. Bunday ilmiy ishlar misolida P.Graud va M.Polan tomonidan birgalikda amalga oshirilgan ilmiy ishni keltirishimiz mumkin. Ushbu ilmiy ishda 1969-1999-yillar oralig'ida 165 ta davlatdagi inflyatsiya holati tahlil qilingan. Ushbu ilmiy ishda inflyatsiyaning miqdoriylik nazariyasi qoidalaridan biri bo’lgan – pullaming o‘sish sur’ati va inflyatsiya darajasi o‘rtasida to‘g‘ri mutanosiblik mavjud, degan qoida to'g'ri va statistik ma’lumotlarda tasdiqlanadi degan xulosaga keldilar. Ayni vaqtda tadqiqot mualliflari inflyatsiya darajasi past bo’lgan mamlakatlarda pullar takliflning o‘sish sur’ati va inflyatsiya o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri bog’liqlikning mavjud emasligini aniqlashdi. Tadqiqot mualliflarining fikriga ko’ra , Markaziy bank mustaqillik darajasining yuqori ekanligi va pul agregatlarini monitoring qilish tizimining rivojlanganligi pullar taklifi hajmini nazorat qilish imkonini beradi. Shuning uchun pullar takliflning o‘sishi pullarga bo’lgan talabning o‘sishiga nisbatan o‘ziga xos reakstiya hisoblanadi va baholarning o‘sishiga olib kelmaydi. Inflyatsiya sur’atlarining o‘sishi bilan uning pullar takliflga bog’liqligi yaqqolroq tarzda ko'zga tashlanib boradi. Inflyatsiyaning oqilona darajasiga ega bo’lgan mamlakatlarda korrelyastiya koeffitsienti 0,24 ga teng bo’lgan bo’lsa, inflyatsiya darajasi yuqori bo’lgan mamlakatlarda ushbu koeffitsient 1 ga yaqinlashadi. Demak, P.Graud va M.Pollanlar tomonidan inflyatsiya darajasini uch qismga ajratgan holda - past, oqilona va yuqori darajalarga ajratib, pullar taklifi va inflyatsiya sur’atlari o‘rtasidagi bog’lilikni, korrelyatsion tahlil natijalariga tayanilgan holda asoslab berilganligini ko‘rishimiz mumkin4.
Do'stlaringiz bilan baham: |