Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Kurs ishining dolzarbligi



Download 421,94 Kb.
bet10/13
Sana07.07.2022
Hajmi421,94 Kb.
#755421
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
kiorg-9

Elektron pullar. Banklarning rivojlanishi, o'zaro to'lovlar hajmining ortishi, shuningdek, texnika va texnologiyaning takomillashuvi natijasida XX asrning ikkinchi yarmidan elektron pullar vujudga keldi.
Elektron pul – bu internetdagi barcha turdagi to’lovlar amalga oshiriladigan virtual valyuta. Bu, aslida, haqiqiy pul yoki bank hisobvaraqalaridagi mablag’lar bilan bir xil qiymatga ega bo’lgan bir xil banknotalar bo’lib, ularning aylanmasi faqat internetda sodir bo’ladi. Elektron pullar turli xil valyutalarda bo’lishi mumkin. Ularni haqiqiy pulga almashtirish mumkin va aksincha. Elektron pul- bu moliya-kredit tashkilotining elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va oddiy pul bilan taqdim etilganda sotib olingan cheksiz pul majburiyati.
Elektron pullarning 2 turi majud bo’lib, bular quyidagilar:
-birinchisi, elektron to’lovlar sertifikatlari yoki cheklar. Ushbu sertifikatlar ma’lum nominalga ega, shifrlangan shaklda saqlanadi va emitentning elektron imzosi bilan imzolanadi. Hisob-kitoblar paytida sertifikatlar tizimining bir ishtirokchisidan boshqasiga o’tkaziladi, o’tkazmaning o’zi esa emitentning to’lov tizimi doirasidan tashqariga chiqishi mumkin;
-ikkinchisi, tizim ishtirokchisining joriy hisobvarag’idagi yozuvlar. Hisob-kitoblar ma’lum bir miqdordagi to’lov birliklarini bitta hisobvarag’idan olib tashlash va ularni elektron pul emitenti to’lov tizimidagi boshqa hisob raqamiga o’tkazish yo’li bilan amalga oshiriladi. Ikkinchi tur – naqd pulsiz mablag’larning juda aniq analogidir.
Elektron pullar birinchi bo’lib Yaponiyada 1980- yillarning oxirida paydo bo’lgan. O’sha paytda ba’zi bir yapon telefonlari, transport va savdo kompaniyalari tomonidan oldindan to’langan chip kartalar joriy qilingan va boshqa firmalar asta-sekin ulardan foydalanishni va qabul qilishni boshladilar.
Elektron pullarning to'lov instrumenti bo'lib plastik kartalar hisoblanadi. Plastik karta - bu pullarni naqdsiz ko'rinishda ko'chirish yoki naqd pul ko'rinishda olish imkoniyatini beradigan, banklar va boshqa kredit muassasalari tomonidan chiqarilgan nomli to'lov hujjat hisoblanadi. Plastik kartalar bank tizimi va undan foydalanuvchilar uchun qulaylik jihatlari juda ko' p. Xususan:
-kishi 1, 2, 3 mln so’mni hamyonida olib yurolmaydi, lekin plastik kartada bundaay muammo mavjud emas;
-hamyoningizdagi pulni yo'qotsangiz yoki unutib biror joyda qoldirsangiz ulami begona shaxs foydalanishi mumkin, lekin plastik kartalardan begona shaxslarni foydalanish imkoniyati juda chegaralangan. Chunki ularning maxsus paroli mavjud, shu bilan birga, plastik kartani yo'qotgan shaxs zudlik bilan bankka xabar bersa uning hisobraqamlari bo'yicha to'lovlarni to'xtatib qo'yish mumkin;
-banklar naqd pullarni tashish, saqlash, ularning hisobini yuritish va mijozlarga berish kabi qo'shimcha mehnat va sarf-xarajatdan forig' bo'ladi;
-banklar depozit siyosatidan kelib chiqib foydalanuvchi plastik kartadagi vaqtinchalik foydalanmay turgan qoldiq summalariga qo'shimcha foiz to'lashi mumkin.
O'zbekistonda plastik kartochkalarni joriy qilish bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qator qarorlari qabul qilindi. Xususan, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 24-sentabrdagi «Plastik kartochkalar asosida hisob-kitob qilish tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida» 445-sonli qarori, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 3-avgustdagi «Plastik kartochkalar asosida naqd pulsiz hisob-kitob tizimini yanada rivojlantirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi PQ-433-sonli va 2010-yil 19-apreldagi «Bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda hisob-kitob tizimini rivojlantirishni rag'batlantirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi PQ-1325-sonli Qarorlari shular jumlasidandir30. Hozirgi kunda barcha tijorat banklari o'z plastik kartochkalariga ega bo'lib, ularning soni yildan-yilga ortib bormoqda. O'zbekiston tijorat banklari tomonidan joriy etilgan plastik kartalar bilan hisob-kitoblar samaradorligini yallada oshirish maqsadida:
-savdo nuqtalarida plastik kartalar bilan hisob-kitoblami amalga oshirish uchun terminallami ko'paytirish;
-ish haqi va unga tenglashtirilgan mablag'lami plastik kartalarga o'tkazishjarayonini yanada takomillashirish;
-barcha bank bo'limlari boshqa banklarning plastik kartochkalari bo'yicha ham naqd pullarni yechilishini ta'minlash kabi ishlarni yo'lga qo'yish lozim. Yuqorida qayd etilgan holatlar bo'yicha Markaziy bank va tijorat banklari, tegishli muassasalar, shuningdek, savdo nuqtalari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar plastik kartalarni yanada kengroq va samarali ishlashiga imkoniyat yaratadi.



4.O'zbekiston Respublikasining pul tizimining tashkil topishi va uning xususiyatlari

Pul tizimi – mamlakatning pul belgilari, pul birliklari, pul emissiyasi qoidalari va muomalasi shakllari, mamlakatda milliy qonunchilik bilan joriy etilgan pul munosabatlari. Tarixan pul tizimining metall pul muomalasi va pul belgilari (qog’oz pullar) muomalasi ko’rinishlari bor. O’z navbatida metall pul muomalasi tizimi bimetallizm va monometallizmga bo’linadi. O’zbekiston Respublikasining hozirgi pul tizimi 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan ,,O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki to’g’risida”gi qonunga muvofiq tashkil etilgan. Rasmiy pul birligi so’m. So’mning chet el valyutalariga nisbatan kursini O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilaydi va matbuotda e’lon qiladi. O’zbekiston hududida naqd pullar va naqd bo’lmagan amal qiladi.
O'zbekistonda pul tizimining tashkil topishi so'mning muomalaga joriy etilishi bilan bog'liq. Mamlakatimiz pul tizimini vujudga kelishini uchta bosqichga guruhlash orqali o'rganish mumkin.

Download 421,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish