Natural pullar. Jamiyatning dastlabki davrlarida to'lov vositasi sifatida foydalanilgan pullar buyum yoki natural ko'rinishida bo'lgan. Natural pullar-bu real ko'rinishga ega bo'lgan tovarlardir, ushbu pullarning qiymati tovarning o'zida aks ettirilgan bo'lib, ularning sotib olish qobi-liyati tovarlar qiymati bilan ifodalangan. Ma'lum bir tovarning pul o'rnida foydalanishda uning iste'mol qiymati muhim ahamiyat kasb etgan. Natural shakldagi pullarni uchta guruhga ajratgan holda tasniflash mumkin.
1. Hayvonlar shaklida. Ushbu pul tarkibiga tirik hayvonlar va ulardan tayyorlangan buyumlar kiradi. Masalan, qo'y, buqa, jun, suyak va boshqalar.
2. Buyum shaklida. Bu shakldagi pullar tarkibiga foydali qazilmalar va metallar hamda ulardan yasalgan mehnat qurollarini keltirish mumkin. Masalan, qimmatbaho toshlar va metallar, tuz va boshqalar.
3. O'simlik shaklida Bularning tarkibiga turli o'simliklar va ularning mevalari kiradi. Masalan, bug'doy, mevalar, tamaki va boshqalar.
Odamlarda ikki tomonlama ayirboshlash jarayoni vujudga kelgandan so’ng ular dastlab ayirboshlash jarayonini turli buyumlar istemol mahsulotlari bilan amalga oshirishgan. Ayirboshlash jarayonida qatnashadigan buyumlardan ko’p uchraydigani bu mehnat qurollari edi.(3-rasm) O’sha payti insonlarda mehnat qurollariga talab juda katta bo’lgan .
Toshdan yasalgan pul pichoq Bronza pul lopatka. Milloddan avvalgi Meksika. XVI asr III asr.
3-rasm.
Mehnat qurollari eng qadimiy tovar-pullar hisoblanadi. Masalan, tosh asrida Yevropada eng ko'p tarqalgan ayirboshlash vositasi kremniviy boltalar hisoblangan. Manbalarga ko'ra ular juda yilik bo'lib, ayrimlarini og'irligi 40 kg ni tashkil etgan. Yevropada kremnivie boltalar juda keng tarqalgan bo'lib, unga ega bo'lgan kishilar juda boy va mavqeyi yuqoli hisoblangan27. Agar Yevropada bolta juda keng tarqalgan to'lov vositasi hisoblansa, Rossiyada iste'mol mollari ayirboshlash vositasi sifatida juda keng tarqalgan. Masalan, iste'mol tovarlar ichida buqalar asosiy to'lov vositasi sifatida tan olingan.. Manbalarga ko'ra, Xitoyning Xuanxe provinsiyasida odamlar chorvachilik bilan shug'ullangani bois, bundan 4 ming yil oldin Xitoyda natural pullar sifatida buqalar, mayda to'lov vositasi sifatida qo'ylar xizmat qilgan. Mahsulotlarning tarkibi va ko’rinishi o’zgarishi yoki olib yurishga noqulayliklar keltirganligi tufayli ularning o’rniga chig’anoq, tosh bolta va shu kabi narsalardan pul vositasida foydalanilgan.(4-rasm). Qadimda natural pullar turli ko'linishda bo'lib, ulardan to'lov vositasi sifatida foydalanishga qator omillar ta'sir qilgan. Xususan:
-odamlarning kunlik ehtiyoji uchun juda zarur bo'lgan buyumlar;
-mamlakatning tabiiy iqlimi va geografikjoylashuvi;
-kamyob buyumlar va ularni yetishtirishning murakkablik darajasi;
-uzoqroq muddat davomida saqlash imkoniyatining mavjudligi.
Bronza tanga ,,Yuan-tun bao’’ yozuvi Tosh pul-bolta. Miloddan avvalgi VIII-IIIasr bilan. Xitoy. Miloddan avvalgi III asr.
4-rasm
Do'stlaringiz bilan baham: |