472
(talabalarga) yoki o‘qituvchiga o‘z parolini oshkor qilib, ushbu «portfolio»
sahifalariga kirishiga ruxsat beradi va taqdimot tugagach parolni o‘zgartiradi.
Talaba faoliyatini, ya’ni «portfolio» mazmunini baholash uchun o‘qituvchi maxsus
ekspertlar belgilaydi. Materiallarni mashg‘ulot davrida
muhokama
qilish mumkin
bo‘ladi. Agar buning uchun alohida vaqt, o‘quv soati ajratilmagan bo‘lsa off
-line
telekonferensiya rejimida yoki darsdan tashqari vaqtda ta’lim muassasi sayti
forumida amalga oshirish mumkin. Bunday forumda talaba o‘zi tanlagan yoki
o‘qituvchi tomonidan taklif etilgan bilim sohasi bo‘yicha butun kuchini
berganligini, uning o‘z faoliyatiga bergan bahosi o‘qituvchi va ekspetlar guruhi
tomonidan berilgan bahoga mos yoki mos emasligini isbotlashi zarur. U baholarni
qaysi jihatdan to‘g‘ri
yoki noto‘g‘ri ekanligini ko‘rsatishi va o‘zining kelajakdagi
ushbu bilim sohasidagi ijodiy faoliyati rejalari bilan xulosalashi lozim.
Agar talabalar o‘qituvchining o‘ziga
nisbatan yaxshi, ochiq va samimiy
munosabatda ekanliklarini his qilishsa, albatta
o‘z fikrlari, tajribalari va kuzatish
natijalari bilan o‘rtoqlashadilar. Chunki, har qanday talaba yoki shaxs o‘z ijodiy
mehnati natijalari bo‘yicha boshqalar fikriga bee’tibor bo‘lishmaydi. Faqat shu yo‘l
bilangina shaxsni kamol toptirish, o‘stirish mumk
in. Agar talabada bunday ishonch
bo‘lmasa, ochiq muloqat yuzaga kelmaydi. Talaba yuqorida ko‘rsatilgan
«portfolio»ni yuritganda ham odatdagidek sukut saqlaydi.
Talabalarni bunday texnologiya asosida tarbiyalash va ularga ta’lim berish
rivojlangan davlatla
rda allaqachon o‘z o‘rnini topgan,
chunki Internet bu
texnologiyani joriy etish uchun bir qancha qulayliklarni yarata oladi.
«Talaba portfoliosi» nafaqat akademik o‘zlashtirish, balki talabaning
kommunikativ muvaffaqiyatlari, muomula madaniyati, sport va jamoat ishlaridagi
faolligi bo‘yicha ham yuritilishi mumkin. Bunday «portfolio» muhokamasida
(taqdimotida) ota-
onalarni ham faol ishtirok etishlarini ta’minlash yanada yaxshi
natijalarga olib keladi. Ota-
onalar o‘z farzandlari faoliyati natijalarini bahol
ashlari
uchun o‘qituvchi tomonidan yoki ekspert guruh tomonidan
taklif etilgan baholash
mezonlari va parametrlaridan foydalanishlari mumkin.
Bunday «portfolio» muallifining o‘z fikrlari va o‘z
-
o‘zini baholash natijalari
muhokamasida ushbu texnologiya prinsiplari va baholash mezonlarini quyidagicha
belgilash mumkin:
1. Aniq bilim sohasidagi faoliyat bo‘yicha o‘z
-
o‘zini baholash natijalari
quyidagi omillar bilan asoslanadi:
ma’lum fan sohasi bo‘yicha bilimlarni o‘quv dasturiga mos kelishi;
bilish jarayoni
da talabaning mustaqil qarorlar qabul qilish qobiliyati, o‘z
qarorlarining oqibatlarini bilish darajasi;
talabaning
kommunikativ
qobiliyatlarini
xususiyatlari
(bahslarda
qatnashish, o‘z qarorlarini asoslay olishi, materiallarni
ravon va sodda tilda
tushuntirib bera olishi).
2. Tizimli va muntazam o‘z monitoringini olib borishi. Talaba biror fan
bo‘yicha o‘z yutuqlarini nazorat qilib borishni maqsad qilib olsa, u ushbu fan
bo‘yicha muhim deb hisoblagan bilimlarini tizimiy ravishda «portfolio»ga
joylashtirib boradi. Uning vazifasi- ushbu ishlarni diqqat bilan tahlil qilib borish,
kerakli o‘zgartirishlar kiritish, unga tushuntirishlar berish, o‘z
-
o‘zini baholash
473
bo‘yicha
qisqa hisobot tayyorlash, ya’ni ushbu bilim sohasi bo‘yicha u nimalarni
o‘zlashtirdi, nimalarni o‘zlashtira olmadi yoki tushunmadi, kelajakda nimalarga
e’tibor qaratishi lozim. Shuningdek u bu erda o‘z bilimlariga o‘qituvchi, ekspertlar
va ota-
onasi tomonidan qo‘ygan baholarga ham fikrini bildirishi mumkin.
3. «Portfolio» materiallari tarkibi
, barcha yozma tushuntirishlarning
mantiqiyligi va aniqligi.
4.
«Portfolio»da keltirilgan materiallarni to‘liqligi va mazmunan
tugallanganligi.
5. «Portfolio»ni tartib bilan va estetik jihatdan did bilan
yaratilganligi.
6.
«Talaba portfoliosi» taqdimotini ko‘rgazmali,
yaqqol va asoslangan holda
bo‘lishi.
Do'stlaringiz bilan baham: