213
Bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda amalga oshirilgan hisob-kitobl
ar qog’ozda
(slip, elektron terminal kvitansiyasi) yoki elektron shaklda (bankomat yoki terminalning elektron
hujjati) yoki boshqa ma’lumotnomalar bilan tasdiqlanadi. Bunda mazkur ma’lumotnomalar hisob
-
kitoblarni amalga oshirishda ishtirok etuvchi tomonlarga etarli nusxalarda shakllantiriladi.
Ma’lumotnomalar bank plastik kartochkalari orqali amalga oshirilgan operatsiyalar to’g’risidagi
barcha ma’lumotlarni o’z ichiga olishi kerak.
Ma’lumotnomalarda bank plastik kartochkalari va bank plastik kartochkalari
saqlovchilarning bankdagi
hisobvaraqlari rekvizitlari, shuningdek tashkilotlar, naqd pul berish
punktlari va bankomatlarning hisobvaraqlari rekvizitlari bo’lishi shart.
Elektron ma’lumotnomalar bank
-ekvayerga, bank-emitentga yoki shartnomada nazarda
tutilgan protsessing markaziga yuboriladi.
Bank plastik kartochkalari bo’yicha banklar o’rtasidagi hisob
-kitoblar:
-
elektron to’lovlar tizimi orqali umumiy asosda amalga oshiriladi;
-
amaliyot kuni davomida o’zaro majburiyatlarni yakuniy hisob
-kitobi va yakuniy hisob-
kitoblar summasini banklarning vakillik hisobvaraqlari orqali hisobga o’tkazish
asosida hisob
-
kitob ishtirokchilari tomonidan tashkil qilingan protsessing markazi orqali hisob-kitoblarni amalga
oshirish.
Amalga oshirilgan operatsiyalar bo’yicha umumiy
hisob-
kitoblar elektron to’lovlar tizimi
orqali quyidagicha amalga oshiriladi:
a) bank-emitent tomonidan avtorizatsiya qilinmagan holda amalga oshirilgan hisob-
kitoblarda:
bank tomonidan xizmat ko’rsatilayotgan tashkilotdan olingan elektron hujjatlar asos
ida
bank-
ekvayer uning hisobvarag’iga tegishli mablag’larni o’tkazadi, bunda avtomatik ravishda
debet elektron memorial order shakllanadi va elektron to’lovlar
tizimi orqali bank
-emitentga
yuboriladi;
mijozning bank plastik kartochkasi hisobvarag’idagi mablag’lar bank
-emitent tomonidan
debet elektron memorial order asosida dasturiy ravishda hisobdan chiqariladi. Debet elektron
memorial order ro’yxat ko’rinishida chop etilib, bankning kunlik hujjatlar yig’majildiga tikib
qo’yiladi;
b) bank-emitent tomonidan avtorizatsiya qilingan holda amalga oshirilgan hisob-kitoblarda:
bank tomonidan xizmat ko’rsatilayotgan tashkilotdan olingan elektron hujjatlar asosida
bank-
ekvayerda avtomatik ravishda elektron xabarnoma shakllanadi hamda o’tkazmalarni
avtorizatsiya qili
sh va amalga oshirish uchun elektron to’lovlar tizimi orqali bank
-emitentga
yuboriladi;
bank-
emitent elektron xabarnoma asosida tranzaksiyani
avtorizatsiya qilib, mablag’larni
elektron to’lovlar tizimi orqali tegishli tashkilotlar hisobvarag’iga o’tkazish
uchun bank-ekvayerga
yuboradi hamda mablag’larni bank plastik kartochkalari hisobvarag’idan hisobdan chiqarish
uchun elektron memorial orderni dasturiy ravishda shakllantiradi;
mablag’lar bank
-ekvayer tomonidan bank-emitentdan olingan elektron memorial order
asosida tegishli tashkilotlarning hisobvarag’iga o’tkaziladi va memorial order ro’yxat ko’rinishida
chop etilib, bankning kunlik hujjatlar yig’majildiga tikiladi.
Protsessing markazi orqali hisob-kitoblar quyidagicha amalga oshiriladi:
-
amaliyot kuni d
avomida bank plastik kartochkalari bo’yicha protsessing markazi orqali
amalga oshirilgan barcha operatsiyalar hisob-kitob ishtirokchilari uchun ochilgan alohida shaxsiy
hisobvaraqlarda yuritiladi;
-
yakuniy summalar O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankning
hisob-kitob
markazida
ochilgan banklarning vakillik hisobvaraqlari orqali shartnomada nazarda tutilgan muddatda
o’tkaziladi;
-
banklar tomonidan protsessing markazidan olingan ma’lumotlar asosida mijozning BPK
hisobvarag’iga mablag’lar o’tkaziladi yoki hiso
bdan chiqariladi.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy Banki va tijorat banklari tomonidan savdo, xizmat
ko’rsatish va naqd pul muomalasi bilan faoliyat ko’rsatadigan mijozlarni hisob
-kitob terminallari,
214
bankomatlar va plastik kartochkalar bilan ta’minlash, u
larni yuqori darajada himoya qilish
bo’yicha belgilangan talablarga rioya etilishini nazorat qilish, plastik kartochkalardan foydalanish
orqali naqd pulsiz to’lovlarni amalga oshirishda soxtalashtirish yoki
boshqa qonunbuzilishlarga
yo’l qo’ymaslik masalalariga alohida e’tibor qaratilyapti.
Do'stlaringiz bilan baham: