Xudoyberdi toʻxtaboyev asarlari vositasida bolalar kitobxonligining samaradorligini oshirish



Download 252,85 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana12.07.2022
Hajmi252,85 Kb.
#778507
  1   2
Bog'liq
2915-Текст статьи-7262-1-10-20211018



XUDOYBERDI TOʻXTABOYEV ASARLARI VOSITASIDA BOLALAR 
KITOBXONLIGINING SAMARADORLIGINI OSHIRISH 
 
Sherali BOYBO’TAYEV
 – magistrant 
Jizzax davlat pedagogika instituti
 
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Xudoyberdi To’xtaboyev asarlari vositasida bolalar kitobxonligi 
samaradorligini oshirish masalasida fikr yuritilgan. 
Аннотация:
В статье рассматривается вопрос повышения эффективности детского чтения через 
произведения Худайберди Тухтабоева. 
Annotation:
This article discusses the issue of increasing the effectiveness of children's reading through the 
works of Khudayberdi Tukhtaboyev. 
Kalit so’zlar: 
hajviya, badiiy tahlil, ko’chim, metod, sifat va samaradorlik, hikoya. 
Ключевые слова:
юмор, художественный анализ, движение, метод, качество и эффективность, 
рассказ.
 
Keywords: 
humor, artistic analysis, movement, method, quality and effectiveness, story. 
Inson komillikka yetishi uchun kattalarning pand-nasihatlariga astoydil e’tiborli bo’lishlari 
talab etiladi. 
Bolalar adabiyoti yoshlarni imon-e’tiqodli kishilar sifatida va Vatanga muhabbat ruhida 
tarbiyalashda mamlakatimizning qudratli qurolidir. Bugungi davrda bu sohaga intilish, qiziqish, 
o’rganish, o’zlashtirish yanada oshdi. Shunday ekan, kichkintoylarga atab yoziladigan har 
qanday badiiy asar ularning yosh xususiyatlariga, saviyalariga mos bo’lishi, ular qalbida chuqur 
o’y-fikrlar uyg’otishi, yorqin obrazlar va yuksak g’oyalarga boy bo’lishi, ularni ulkan va porloq 
ishlarga ilhomlantirishi zarur. Eng muhimi, mavzular tushunarli, sodda va qiziqarli tilda 
yoritilishi lozim. 
Faqat chinakam badiiy asarlargina bolalarga kuchli ta’sir ko’rsatib, ana shu talablarga javob 
bera oladi. Shu sababli bunday kitoblar pedagogik va psixologik nuqtayi nazardan ham alohida 
ahamiyat kasb etadi. 
Bolalar adabiyoti bu vazifani bajarishda badiiy tilga suyanadi. Adabiy asarning tili uning 
g’oyaviy mazmunini aniq va ifodali ochib berish vositasidir. Yaxshi, aniq, ravon, obrazli, boy til 
bilan yozilgan asar yozuvchining maqsad va fikrlarini kitobxonlarga tez va oson yetkazadi. 
O’zbek romanchiligining asoschisi buyuk adib, ma’rifatparvar, xalqparvar bobomiz Abdulla 
Qodiriyning mashhur “O’tkan kunlar”, “Mehrobdan chayon” romanlari qahramonlari Otabek, 
Anvar mirzo, Kumushbibi, Ra’nolarning barchasi ham savodxon, kitobxon obrazlar edi. Bu esa 
Abdulla Qodiriy bobomizning kelajak avlodni, o’zbek millatini qanday tasavvur qilganlari 
asarlarida, qahramonlarida aks etgan. Ya’ni ziyoli, bilimdon yoshlarni orzu qilganlar. Bugun 
mustaqil O’zbekistonda Alisher Navoiy, Abdulla Qodiriy bobomiz orzu qilgan kunlar yetib 
keldi. Yoshlar uchun bilim olishga, barkamol avlod bo’lib yetishmoqqa har tomonlama 
imkoniyatlar eshigi ochildi. Barkamol avlod g’oyasi davlatimizninng yetakchi g’oyalaridan 
biriga aylandi. Endi Navoiy, Qodiriy bobomiz kutgan kunlar kelib, yoshlarimiz kitobga oshno 
bo’ldi.
O’zbekiston Respublikasi Sh.M.Mirziyoyevning 2017 - yil 13-sentabrda “Kitob 
mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik 
madaniyatini oshirish hamda targ’ib qilish bo’yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi 
to’g’risida”gi PQ-3271-son qarori e’lon qilingandan so’ngra bu boradagi ishlar yangicha tus oldi, 
ya’ni kitobxonlik, aholining kitobga bo’lgan qiziqishini oshirish ishlari yangi bosqichga 


ko’tarildi. Ushbu qarorda belgilangan vazifalardan kelib chiqib yoshlar o’rtasida kitob o’qish, 
kitobxonlik keng targ’ib qilindi. “Yosh kitobxon” Respublika ko’rik-tanlovi e’lon qilindi. 
G’oliblar esa Respublika Prezidendining maxsus sovg’alari, hattoki mashinagacha taqdirlanishdi. 
Bu hodisalarni ko’rib yoshlariga, ayniqsa, kitobsevar yoshlariga shuncha e’tibor, e’tirof yana 
qaysi yurtda bor ekan deb g’ururlanasan kishi. 
O’zbek bolalar adabiyotining ko’zga ko’ringan iste’dodli vakillaridan biri Xudoyberdi 
To’xtaboyev ijodini asosan 1958 yildan boshlandi. Uning «Shoshqaloq» nomli hikoyalar 
to’plami 1962 yilda, «Yosh gvardiya» (1963) nomli hikoyalar to’plami, «Sir ochildi» (1964) va 
«Sehrli qalpoqcha» (1965) nomli qissalari birin-ketin nashr qilinib, keng kitobxonlar 
ommasining mehr-muhabbatini qozondi. U o’zining yumoristik roman, qissalarida yoshlarning 
to’g’rilik, insonlarga bo’lgan mehru muhabbat, sadoqat kabi olijanob xislatlartshi va 
firibgarlikka qarshi olib borgan kurashlarini qiziqarli va ta’sirtan sahifalarda aks ettiradi. Bu 
jihatdan Xudoyberdi To’xtaboyevning «Sariq devni minib» (1969) va «Sariq devning o’limi» 
(1973), romanlari 70-yillar o’zbek bolalar adabiyotining taraqqiyotiga qo’shilgan salmoqli 
hissadir. Shuningdek, X. To’xtaboyev «Besh bolali yigitcha» (1975), «Qasoskorning oltin 
boshi», «Yillar va yo’llar» (1983), «Sehrgarlar jangi yoki shirin qovunlar mamlakatida» (1987) 
asarlarining ham muallifidir. Adib mazkur asari uchun Hamza mukofotini olgan. O’zbekiston 
xalq yozuvchisidir. 
Bolalar olamiga kirish uchun ular darajasiga pasayibroq kelish va bolalar ichki dunyosidan 
xabardor bo’lish kerak. Bola nimaga qiziqadi-yu nimani hazm qila oladi, nimalarni istaydi — 
shularni hisobga olish darkor. 
Hajviy asarlarda jamiyatni tubanlikka boshlagan nopok, ko’ngli so’qir odamlarning illatlari 
achchiq kulgi ostida fosh qilinadi. Kitobxonni bu singari salbiy kimsalarning ustidan kulishga, 
doim poklikka da’vat etuvchi kuch — ezgu ruhdir.
Xalqimizda shunday maqol bor: «Yig’lab turib kulaman, kulib turib yig’layman». Hajvchi 
asar yozayotgan payt kulmaydi, balki yig’laydi. Jamiyatdagi tubanliklar, illatlar, umuman, fojiani 
ko’rib, qalbida armon uyg’onadi, ko’zlarida yosh qalqiydi. Kulgi bilan aytilgan gapning ta’siri 
kuchliroq bo’lishini, yig’i bilan aytilgani esa kitobxonni o’z dunyosi — dardu armonlariga 
etaklab ketishini u avvaldan anglaydi. Shuning uchun u yig’i bilan emas, kulgi bilan yozsam 
qanday bo’ladi, degan fikrga keladi. Shu ma’noda hajvchilarning ko’pini yig’lab yozgan 
ijodkorlar deb bilaman. Yozuvchining kitobxon oldidagi mas’uliyati haqida fikr bildirsak… 
— Iste’dod — Alloh tomonidan berilgan ne’mat. Demakki, ijodkor, avvalo, Alloh oldida 
mas’uliyatlidir. Yaratgan shu iste’dodni xalqingga, yurtingga xizmat qil, deb bergan ekan
demak, shu millat, xalq oldidagi ikkinchi mas’uliyatdir. Agar yozuvchi shu ikki mas’uliyatni 
sezmasa, asar o’z mo’ljaliga borib tegmaydi. Oqibat asar o’z o’quvchisini topolmaydi, kitobxon 
qalbiga singmaydi. Qalbdan aytilgan so’zgina qalbga kirib boradi. Yozuvchi yig’lab yozsa, 
yig’lab o’qiladi, kulib yozsa, kulib o’qiladi. Demak, yozuvchnning buyuk mas’uliyati bu ko’z 
oldida o’quvchisi turganini hamma vaqt his qilishi kerakligidadir. 
Kitob mutolaasi bu — insoniyatni kamolga etkazish omillardan biri. Fransuzlarda bir naql 
bor: kitob o’qish to’xtasa, tafakkur qilish xam to’xtaydi. Tafakkur insonni buyuklikka, oriflikka, 
komillikka olib boradigan usullardan bittasi. Ko’nglimda bir chuqur armon uyg’ongan. Bu 
kitobxonlikning keskin qisqarib ketishi, kitoblarning kam adadlarda nashr qilinishidan. Kitobga 
mehr-muhabbat uyg’onsa, deyman. Kitobxonlik rivojlansin, deyman! 
Ma’naviyatni shakllantirmay turib iqtisodni shakllantirsangiz yo chayqovchi, yo olg’ir, yo 
birovning hisobiga boyuvchilar paydo bo’ladi. 


Ongi-tafakkuri baland o’quvchi hamisha go’zallikni, o’ziga xoslikni istab turadi. O’qiyotgan 
kitobi boshqa kitobdan baland, eshitgan konserti boshqanikidan saviyaliroq bo’lishi xohlaydi. 
Navoiyning buyuk bo’lishiga o’sha davrda turkiy dunyoda etilgan buyuk talablar sabab bo’lgan. 
Abdulla Qodiriyning roman janriga qo’l urishisha o’sha davrda bizning millatimizda ham katta 
janrlarga ehtiyoj tug’ilgani turtki bergan. G’afur G’ulomning buyuk falsafiy she’rlari yaralishi 
ham ehtiyojga borib taqaladi. Ba’zan past saviyali talabgorlar ham uchraydi. Ular kitob ko’rmay, 
shakllanmay ulg’aygan. Hozir shularga monand yozayotganlar ko’payib ketdi. 
Birinchi Prezidentimizning “Adabiyotga e’tibor – ma’naviyatga, kelajakka e’tibor” kitobida 
shunday fikrlar bor: “Ta’bir joiz bo’lsa, odam yozuvchilik kasbini tanlamaydi, aksincha, bu kasb 
yozuvchini tanlaydi. Iste’dod, iste’dod va yana bir bor iste’dod sohiblarini topish, tarbiyalash va 
ularning mehnatini munosib qadrlash ham eng asosiy vazifamizga aylanishi zarur”.
Mamlakatimiz rahbarining kitob, kitobxonlik madaniyatini yaxshilash to’g’risida kuyunib 
gapirayotganliklarining chuqur falsafasi bor. Birinchidan, yuqorida qayd etilgani kabi, kitob 
insonni yerdan ko’kka ko’taruvchi, uning ma’naviy quvvatini oshiruvchi buyuk kuch 
hisoblanadi. Ikkinchidan, kitob insoniyatning tarixiy xotirasi, barchamizni o’z ma’naviy-
ma’rifiy, ilmiy zaminimizni mustahkamlovchi, kelajakni yorqin ko’rsatib borishga qodir 
mash’ala hisoblanadi.
Shuning uchun ham bizning yurtimizda ilm olish, kitob yozish, ijod qilish har doim ham 
millatning mavjudligi va u nimaga qodir ekanligini ko’rsatuvchi muqaddas tushunchalar 
hisoblanadi. Arastu hakimdan Abu Ali Ibn Sinoga, Aflotundan-Abu Rayhon Beruniygacha, 
Jaloliddin Rumiydan-Alisher Navoiygacha, Sohibqiron Amir Temurdan-Muhammadsharif 
Gulxaniygacha yuzlab, minglab mutafakkirlarning shakllanishi, dunyoga tanilishi, zamonlar 
oshsa-da ahamiyati yo’qolmaydigan tadqiqot-u kashfiyotlari faqat va faqat kitob orqali yuz 
berdi. Ularning bugungi avlod tomonidan chuqur o’rganilishi, ular ilmiy-ma’rifiy bisotiga bot-
bot murojaat qilishning sababi ham mutafakkirlarimiz tomonidan yaratilgan kitoblar tufaylidir.
Ayni paytda, yoshlarning kitobxonlik madaniyatini shakllantirish uchun barcha birdek 
mas’ul, bu borada ayniqsa biz bo’lajak pedagog-o’qituvchilar zimmasiga katta yuk tushadi. 
O’quvchimizgha tavsiya etadigan kitoblar orasida, albata, Xudoyberdi To’xtaboyevning asarlari 
alohida o’rin tutadi. 
Kitob o’qish barchamizning ma’naviy olamimizni boyitadi, so’zlashuv madaniyatimizni 
oshiradi. Ayrim hollarda muqaddas o’zbek tilimizdagi ayrim vatandoshlarimiz “xizmati” tufayli 
dag’allashib, kambag’allashib borayotganligining oldini olish uchun ham kitob o’qish lozim. 

Download 252,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish