Xronologiya va metrologiya” fanidan O`quv uslubiy majmua



Download 1,14 Mb.
bet79/84
Sana29.05.2022
Hajmi1,14 Mb.
#616576
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   84
Bog'liq
2012-13.1-к. Хронолог.

Yog'och - katta masofadagi yo'l uzunligining o'lchov birligi; u ba'zi adabiyotlarda farsang, sang, tosh ko'rinishida» gi nomlarda ham uchrab turadi. Bu mutloqo noto'g'ri, chunki farsang yog'och bilan bir xil, sang esa tosh bilan bir xil bo'lib yog’ochning 2/3 qismiga teng.
Mavjud ma’lumotlarga qaraganda 12 ming qadam 1 yog'och deb qabul qilingan. Agar bir qadam 0,75 m bo'lsa, u holda 1 yog'och deb qabul qilingan. Agar bir qadam 0,75 m bo'lsa, u holda 1 yog'och 9 km ga teng bo'ladi. lyog'och =12000 qadam=9 km. Agar bir qadam 1,5 qari, bir qari 6 tutam, ltutam. 9sm ekanligi inobatga olinsa, 1 yog'och 12000qadam= 12000x1,5 qari=18000qari 6 tutam=18000x6x9sm=972000sm=9,72km. Bu natija Boburning Samarqand bilan Buxoro oralig'idagi masofani 25 yog'och deb bergan ma'lumotiga ancha yaqin keladi. Lekin keyinchalik mamlakatimizning bir necha viloyatlarida bir qadamni taxminan 0,71m ga yaqin deb qabul qilib, 1 yog'ochni o'rtacha 8,5km(aslida 8,52km bo'lgan ) deb qo'llashgan. Yog'och ning qo'llanilgan davri va joyiga qarab yana 6km dan 9km gacha bo'lgan boshqa qiymatlari ham ba'zi adabiyotlarda uchrab turadi. Lekin s'hularga qaramasdan 0,75 m li qadam bo'yicha hisoblab aniqlangan 9 km yog'och ning amalda eng ko'p qo'llanilgan qiymati hisoblanadi. Demak 1 yog'och =9 km. Faxriddin AH ibn al-Husayn Voiz al-Koshifiy (1463-1553) o'zining “Rashahot ayn ul-hayot” (Hayot chashmasidan tomchilar) asrida uzunlik o'lchovi bo'lgan farsax va shar'iy birga qo'llanilgan: “Revgar-Buxoroga qarashli qishloq, undan 6 farsax masofada joylashgan. Revgardan Buxoroga 1 farsax shar'iy yul” 1
Xon qari-uzunlik o'lchov birligi. Turkistonda, shu jumladan O'zbekiston hududida amalda qo'llanilgan. Uzunligi 215smga teng.
Fitr-uzunlik o'lchov birligi. Qarichning aynan o'zginasi. l fitr o'rtacha 22,5 sm ga teng.
Tassuj-uzunlik o'lchovi; gazning 24 dan bir qismiga teng. Bu o'lchov birligida Abu Rayhon Beruniy o'z asarlarida foydalangan. Agar lgaz=(52-107sm) bo'lsa, ltassuj=l/24 gaz=l/24x(52-107)=2,166-4,458 sm = 2,17-4,46 sm bo'ladi; 2) og'irlik o'lchov birligi (Eronda); taxminan 11-asr boshida 1 tassuj=0,18g, 16-asrda ltassuj=0,182 g bo'lgan.
Shuningdek, ltassuj 4.8 g li misqolning 1/24 bo'lagiga tengbo'lgan . Bunda ltassuj=l/24 misqol=l/24x4,8=0,2g. O'rta Osiyoda tassuj o'rnida no'xat o'lchov birligi ishlatilgan. Tassuj, asosan, tanga- chaqa (yoki tilla) pul hisoblashda ishlatilgan. Masalan, Xorazmda 1 tassuj=l/4 dirham (tanga)= =l/4xl,38g=0,345g bo'lgan. L tassuj= 1/4 dang= 1/24 dinar, dirham yoki misqol. 2
___________________________________________________________________________________


1. B.Ahmedov. Tarixdan saboqlar. 1994. 261-bet.
2.A.Abdurahmonov. Ulug'bek akademiyasi. T.1994. 16-17 betlar.
Sulton Muhammad Balxiyning “Ajoib at-tabaqot" (“Ver tabaqalarining ajoyibotlari”) asarida qimmatbaiio toshlar, metallar ularning qazib olinishi bilan bir qatorda ularning bahosi haqida ham ma'lumotlar keltiriladi. Tassuj og'irlik o'lchovi sifatida keltiriladi: “Oq tusdagi yoqutning bahosi billur bahosiga teng... yoqutning bahosi 1 tassuj vazndagisi (1 tassujning-0,192 gr) - 3 dinor, yarim donigi-7-10 dinor, 3 tassuj vazndagisi 20 dinor, 1 donigi (0,8 gr.)-50 dinordir “1
Mil (arabcha) - uzunlik o'lchov birligi. Boburning «Boburnoma» asarida keltirilishicha, u 4000 qadamga teng ekan. Agar 1 qadam=0,75 m bo'lsa, u holda 1 mil=4000 qadam=4000x0,75=3000m=3km.Ba'zi manbalarda 1 milni yog'ochning uchdan birgina tengiligi to'g'risida malumotlar keltirilgan. Yog'ochning qiymatlari 1200 (yog'och) va 9000 (kichik yog'och) qadatn-ligi va 1 qadam =0,75 ekanligidan, 1 katta mil=l/3xl200 qadam=400x0,75=3000 m=3km bo'ladi, Bu katta milning qiymati Boburning malumotiga to'g'ri keladi. 1 kichik mil=l/3x900 qadam=3000x0,75=2250 m=2,25 km yoki o'rtacha qabul qilingan 1 yog'och=6 km bo'yicha kichik mil taxminan 2 km ga to'g'ri keladi;
a) masofa belgisi sifatida yo'llarda minora shaklida yasalgan bino;
b) o'lchash asboblarida daraja, raqam va bo'linmalarni ko'rsatish uchun xizmat qiladigan moslama.
Milya, mil (lotincha)-uzunlik o'lchov birligi;turli mamlakatlarda turli qiymatlarga ega bo'lgan .Milya qadim zamonlarda qo'llanilgan; hozir esa o'lchov birligining metr tizimi joriy qilinmagan bazi mamlakatlarda, shuningdek dengizchilikda foydalaniladi. Quruqlik, dengiz hamda geografik milya mavjud: l quruqlik milyasi 160934 m ga teng; 2) dengiz milyasi-bu taxminan yer meridiani yoyi uzunligining o'rtacha qiymatiga teng bo'lib, 1852 m ga teng. (Angliyaning dengiz milyasi esa 1853,2 ga teng bo'lgan); 3)geografik milya-ekvator chizigi 1 ining 1/15 qismiga yoki 7420,439 m ga teng.
Milya O'rta Osiyoda qadimdan ma'lum bo'lib, arab geograflaridan Muqaddasiy, Idrisiy asarlarida tilga olingan.
Boburning «Boburnoma» asarida milya to'rt ming qadam ekanligi va milni Hindistonda « 1 kurux» deb ataganliklari to'g'risida, shuningdek, milyaning qiymatlari boshqa uzunlik o'lchov birliklarining qanchasiga teng ekanligi she'riy yo'l bilan juda yaxshi ifodalab berilgan. Boburning ma'lumotlariga ko'ra, 1 Milya taxminan 3 km ga barobar bo'lgan.
Milya-turli mamlakatlarda turlicha bo'lgan masofa o'lchovi; taxminan 7 metrga teng bo'lgan.
Versta-masofa o'lchash 1,6 km ga teng bo'lgan. XYII asr boshlaridan O'rta Osiyoni rus podsholari mustamlakaga aylantirishga harakat qilib, 245 yildan so'ng xonliklarni birin ketin bo'ysundirdi. Dastlab rus elsi - ayg'oqchilari yuborilib, ular O'rta Osiyo haqida to'liq ma'lumotlarni yetkazdilar. Ularning kundalik, yozma ma'lumotlarida versta masofa o'lchami qo'llanilgan.
Nikolay Muravyovning «Turkiston bilan Xivaga sayyohati»da «Xiva xonligi...G'arbiy tarafi 800 verstga cho'zilgan sahro bolib, u yerlarda Kaspiy dengizi atrofidagi qavmlar istiqomat qiladilar"deb yozilgan.1
___________________________________
1.Bo'riboy Ahmedov. Tarixdan saboqlar .T-1994,18-bet



Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish