Ajdodlarimiz zakovati.
O’quv qo'llanmani yakunlash arafasida Shahrisabzdagi Amir Temur qurdirgan Oqsaroy inshoati qurilish tarixini o'rgangan muxandis-me'mor Muhammadi Azimovning "Qashqadaryo gazetasi"da "Oqsaroy sinoatlari"1 mavzusida chop etilgan maqolasini to’laligicha kitobxonlar hukmiga havola etmoqdamiz. Mazkur maqolani o'qigan har bir kishi ajdodlarimiz aql zakovatiga tahsinlar aytadi. O'rta Osiyo xalqlari mahalliy o'lchov birliklariga asos solibgina qolmay ulardan foydalanib asrlar osha salobatini yo'qotmay inson aqlini lol etuvchi inshootlar majmuasini kelajak avlodlarga hadya etishdi.
Sohibqiron qurdirgan binolari qadimgi Misr, Gretsiya va Rimdagi jahon me'morchilik madaniyatining durdonalari deb tan olingan Раrpеnоn, Baalbek qasrlaridan, Misr exromlaridan qolishmaydi. Hatto rang barang bezaklarning, naqshlarning mutanosib ravishda yaxlit kompozitsiyani tashkil etishi jihatidan ulardan ustun turadi.
Shaxrisabzdagi Oqsaroy binosi Amir Temur tomonidan 1380-1404 yillar davomida qurdirilgan bolib, olchamlarining kattaligi, salobati bilan boshija obidalardan ajralib turadi. Uning tarxi (plani) o’ziga xos shaklga ega va bu shakl boshqa obidalarda qo’llanilmagan. Bino tarxi ikkita bir-biriga aynan mos poydevor qismdan iborat bo’lib, bosh ko'rinishida (fasada) ikkita yarim aylana shaklida (Qurilgan minora bilan uzviy bog’lanib ketgan. Binoning tashqi ravoqi peshtoq orqali, ichki kichik ravoq bilan birgalikda ikki qismni bir biriga bog'lab, yaxlit majmuani kompozitsiyani tashkil etadi. Ichki ravoq va mehrobi o’lchamlaridan hamda binoning balandligiga nisbatan ma'lum bir mutanosiblikda kichikroq olinishi kuzatuvchiga ichki ko'rinishni ham yaqqol namoyish qiladi.
Binoning o’lchamlari, asosining yuzasi va o’zaro qat’iy tartib bilan joylashgan to’rtburchakli qismlar o’lchamlari shunchaki tanlanmasdan, balki avlodlarga geometrik, matematik g'oyalarni singdirgan aniq bir flguradir. Shuni ham aytish kerakki, bu ma'lumotlar bino shakliga yashirin muxrlangan va bir qarashda ularni anglab yetish qiyin.
Bino salobatiga nazar solsangiz, uning zalvori ikki bir-biriga mos poydevorga tushishini anglaysiz. Ikki tomonni birlashtirgan ichki va tashqi ravoqlar orqali peshtoq va gumbazdan (bizgacha yetib kelmagan) tushgan og’irlik yuki ham shu ikki poydevorga teng bo'lingan. Hisob-kitoblarga qaraganda binoning umumiy og' irligi 40-42 ming tonna bo’lgan.
Bu har bir kvadrat metr poydevorga 90-1000 tonnadan ziyod og’irlik yuki to'g’ri keladi demakdir. Taqqoslash uchun shuni aytishim mumkinki, zamonaviy 16 qavatli imoratning poydevorining bir kvadrat metr yuzasiga beradigan zalvori 20-25 tonna atrofida bo’ladi.
Bunday katta og’irlik tushadigan poydevor shakli qanday bo’lishi kerak edi? Binoning seysmik mustaxkamligi qanday ta'minlangan? Qanday qilib turlicha balandlikka va xajmga ega bo’lgan, lekin yaxlit binodan poydevorga tushadigan og'irlik yukini poydevor yuzasi bo’yicha tekis yoyilishiga erishilgan?
Bular zamonaviy bilim va hisoblash texnikasi bilan qurollangan hozirgi davr mutaxassisi uchim ham chuqur bilim talab etadigan masalalardir.
Tabiiyki, Oqsaroy me'morlari oldida bundan ham murakkab muammoni hal qilish vazifasi turar edi. Chunki Sohibqiron talabiga muvofiq binoning ko'rki salobati o'zga yurtlardagidan ustun bolishi kerak edi. Bino poydevori shakli uning og’irligidan kelib chiqib tuzilgan. Bunday mahobatli binoning zaminga beradigan yuki juda katta bo'lganligidan uning o'rnini tanlash ham mahorat talab etganligi ravshan. Chunki Shaxrisabzda yaxlit qoyatoshli mustahkkam zamin yo'q. Misr ehromlarini qurgan ustalar uchun ham bu muammoni hal qilish oson bo'lmagan. Shu sababdan ular exromlar uchun eng qulay zamin axtarib, shaharlardan, yashash joylaridan ancha olis bo'lishiga qaramay, sahrodagi yaxlit qoyatoshli zaminni tanlaganlar. Ehromlar uchun piramida shaklini tanlab bira to'lasiga bir necha muammoni hal qilganlar.
Oqsaroyni bunyod etuvchi me'morlar binodan tushadigan og'irlik kuchining bir xilda tarqalishini ta'minlovchi ajoyib usulni o'ylab topishgan. Binoning turli balandlikdagi qismlaridan tushadigan zalvorni yerga bir xilda tarijalishiga erishish uchun poydevor satxlarini shu satxga tushadigan og'irlikka mutanosib ravishda mos miqdorini hisoblab topganlar.
Binoning o'ng va chap poydevorlari oralig'idagi masofa o'lchami va ular orasidagi maydon satxi shunchalik moxirona tanlanganki, bunday yechimni amaliyotda qo'llash uchun xandasa, nazariy mexanika inshootsozlik bilimlarini chuqur bilish kerak bo’ladi.
Sinchkov odam imorat tarxiga nazar solsa, uni «j» harfi shaklining yarmisiga o'xshab ketishini anglaydi. Umrboqiy qadimiy binolarning poydevori asosan to'gri to'rtburchak shaklida qo'yilgan. Shu asnoda Oqsaroy poydevorining siri bilan qiziqdik.
Poydevorlarining shakli turlicha bo'lgan 10 ta qadimiy va zamonaviy binolarni tanlab, ularning og'irlik markazlarini hisoblab chiqib, kompyuterga eng zilzilabardosh bino poydevorini aniqlash vazifasini yukladik. Kompyuter har safar «j» harfiga o'xshash shaklni ko'rsatdi.
Bino ajdodlarimizning matematika, geometriyaga oid bilimlarini o'zida muhrlab bizgacha yetkazgan jonli timsoldir. Uni geometriyaning «kichik qomusi-annotatsiyasi», deyish mumkin. Bu hali hammasi emas. Bino tarixi, uning qismlari, fasadini chuqur o'rganish jarayonida ularda falakkiyot (astronomiya) ilmiga oid ma'rumotlar ham borligi ma'lum bo'ldi.
O’rta ravoq tepasi radiusi 6,36 metrga teng bo'lgan yarim aylana shaklida qurilgan mehrobdan iborat. Bu yer shari radiusi ifodasidir.
Binoning old ko'rinishidagi ikkita yarim aylana shaklidagi minoraning ichki radiusi 3,2 metrga teng bo'lib, yerning tabiiy yo'ldoshi-oyning diametriga mos tushadi va bu minora shakli oyning kalendar oy boshlanishidagi shaklining ramziy ma'nosi bo'lib xizmat qiladi. Binoning to'rt fasadi dunyoning to'rt tomoni shimol, janub, g’arb, sharqni kompas kabi aniq ko'rsatib turibdi.
Bosh ravoqning ikki taraf poydevordan boshlab, toqi ravoq mehrobi o'rtasigacha 182 tadan chuqur o'yib ishlangan spiralsimon yunalishda yuqoriga intilgan bezaklari bor. Mexrob o'rtasidagi bezaklarning umumiy soni 365 taga teng bo'lib, bu yildagi kunlar sonining ramziy ma'nosidir. Binoning poydevori esa ikkita katta bir-biriga aynan mos qismdan, har bir qism esa oltitadan kichik qismlardan iborat bo’lib, bu yil va oylar sonini bildiradi.
Yarim aylana shaklidagi minora ichida bino tepasiga chiqish uchun mo’ljallangan spiralsimon yonalishda zinalar bo'lib, ular 30 tani tashkil etadi. Bu kalendar oydagi kunlar sonini bildiradi.
Oqsaroyning tayanch nuqtasi uning poydevori bo'lsa, ustalar uning to'rg'unligini qanday ta'minlaganlar? Og'irlik markazi tayanch nuqtasiga mos tushgan yoki unga yaqin bo'lgan jismlar turg'un bo'ladi, degan fizik tushuncha bor. Oqsaroy ustalari ham bunga amal qilib, bino og'irlik markazini mumkin qadar tayanch nuqtasiga, ya'ni zaminga yaqinlashtirishga erishganlar. Bino poydevori 9 metr yer qa'ridan ishlab chiqilgan. Oqsaroy Sharq me'morchilik san'atining ijodiy cho'qqisidir.
Yana shunday salobatli imoratlardan, ilm maskanlaridan biri Mirzo Ulug'bek 1420-1429 yillari Samarqand yaqnidagi Obi-Rahmat tepaligiga qurdirgan rasadxona haqida tarixchi Abdurazzoq Samarqandiy quyidagilarni yozadi: “Samarqandning shimoliy tomonida sal sharqqa og'ishgan joy tanlandi, mashhur munajjimlar bu ishni boshlab yuborish uchun yulduz ko'rsatgan xayrli kunni aniqlab berdilar. Bino qudrat asosi, ulug’vorlik negizidek pishiq qurildi. Poydevor va ustunlar tog’ asosidek shunday mustahkam qilindiki, ular to mashhar kunigacha na joyidan jilar va na qular edi. Baland qurilgan bu muhtasham imorat xonalarining ichiga solingan rasm va beqiyos suratlarda to'qqiz falakning daraja, daqiqa, soniya va soniyaning o'ndan bir ulushlari ko'rsatilgan yetti qavat osmon gardishi, yetti sayyora va turg'un yulduzlar tasvirlangan osmon gumbazi, iqlimlar, toglar, daryolar, sahrolar, xullas olamga tegishli hamma narsalar tasvirlangan edi. Shundan keyin quyosh va sayyoralarning harakatini kuzatish, ko'rganlarni yozish va qayd qilishni boshlab yuborishga farmon berildi” 1.
Ajdodlarimiz o'lchovshunoslik sohasida qilgan ishlariga biror nima deyishga so'z ojizlik qiladi. Ularning aql-zakovatiga lol qolamiz xalos.
Do'stlaringiz bilan baham: |