Xronologiya va metrologiya” fanidan O`quv uslubiy majmua


(Jadval N.Axrorov kitobidan olingan)



Download 1,14 Mb.
bet76/84
Sana29.05.2022
Hajmi1,14 Mb.
#616576
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   84
Bog'liq
2012-13.1-к. Хронолог.

(Jadval N.Axrorov kitobidan olingan).


Shona uchi-uzunlik o'lchovi; Farg'ona viloyatida gaz o'lchov birligini aniqlashda qo'llaniladi. Qiymati qo'lning 4 ta barmog’i eniga (taxm-6-7 sm ga) teng.
Tanob - Eron va O'rta Osiyo davlatlarida, xususan, O'zbekiston hududida qo'llanilgan uzunlik o'lchov birligi. 17-asrda qiymati 399 m ga teng bo'lgan; yer maydonini o'lchash uchun qo'llanilgan yuza birligi o’rtacha qiymati 60x60 kv gazga teng. Biroq o'lchami har xil bo'lgani uchun tanobning o'lchami har xil bo'ladi: a) 1 gaz = 68,86 sm bo'lganda, 1 tanob=1707, 1 kv.m bo'lsa, 1 gaz= 70,68 sm bo'lganda 1 tanob =1798,44 kv.m bo'ladi; b) 1 gaz = 88,9 sm ga teng bo'lganda 1 tanob = 2845,1562 kv.m bo'ladi;
-----------------------------------------------------
1Abu Rayhon Beruniy. Tanlangan asarlar. 5 t. T-1973, 386-bet.
v) gaz = 40 barmoq = 40x2,18 =87,2 sm bo'lgandagi qiymat bo'yicha aniqlangan 2737,38 kv.m ga teng bo'lgan; g) 1 gaz = 106,68 sm bo'yicha aniqlangan. Tanob 4097,027 kv.m ga teng bo'lgan.
Tanob o'lchovi qiymatlari o'lkamizning turli joylarida qanday bo'lgan quyida ifodasini topgan: Xorazmda 1 tanob tomonlari 60 gazdan bo'lgan maydonga teng, ya’ni 1 tanob = (60x60)gaz= 3600 kv. gaz. Tanobning yarmi -yarim tanob, to'rtdan bir ulushi o’nsir, sakkizdan bir bo'lagi 40 agra deyilgan. (1/8 Tanob =40 ag’ra ); tanobning 16 qismi (1/16 tanob=20 ag'ra ) 20 ag'ra deyilgan va x.k mayda qiymatlarga bo'lingan.
Bu tanob 1 gaz =106,68 sm hisobida olingan bo'lib , u metrlarda 1 tanob = 3600 kv gaz = 4097,025 kv.m ga teng bo'ladi. Umuman Xorazmda gaz o'lchamini 1 gaz= 106 sm yoki gaz 58 -59 sm qilib olinishiga qarab, asosan ikki xil qiymatli tanob qo'llaniladi.
Ulardan birinchisi 1 gaz = 106 sm da, 1 tanob = 3600 kv.gaz = 4044,96 kv.m bo’lsa, ikkinchisi 1 gaz = 58 - 59 sm da. 1 tanob =3600 kv gaz = (1211,04-1253,16) kv. m bo’ldi. Buxoro va Samarqandda 1 tanob = 4097,02 kv.m bo'lib, u 1 gaz = 106,68 sm. bo'yicha aniqlangan. Tanobni hisoblashda «shox gazi» va «xon gazi» (1 gaz =106,68 sm qo'llanilgan. 1872 -yil ma'lumotlariga qaraganda, Samarqandda 1 tanob = 1820,9 kv.m bo'lgan (bunda 1 gaz= 71,12sm). 1874 yil ma'lumotlariga ko'ra Zarafshonda 1 tanob=2845,1562 kv.m bo'lgan (bunda 1 gaz = 88,9 sm). 1927 yil ma'lumotlariga ko'ra Buxoro va Samarqandda 1 tanob = 2737,38 kv.m bo'lgan. (bunda 1 gaz = 40 barmoq 40x2,18sm=87,2sm). Yuqorida keltirilgan tanob o'lchov birliklaridan Samarqand va Buxoroda, Zarafshon vodiysida, shuningdek, Xo'jand atrofida eng ko'p qo'llanilgan gaz= 88,9 sm bo'yicha hisoblanilgan. 1 tanob = (60x60) gaz =2845,1562 kv.m .Bu o’lchov birliklari to 1927-yillargacha o'zgarmasdan ishlatilgan bo'lsa, undan keyin orasida uni ishlatish u yer-bu yerlarda davom etaverdi.
Farg'ona vodiysining ko'p joylarida jumladan, Andijon, Farg'ona, Qo'qon Xo'jandda asosan qiymati 67,58-70,68 sm ya 106 ,82 sm bo'lgan gaz bo'yicha aniqla va 1644,14 kv.m ,1798,44 kv.m qiymatlarga ega bo'lgan tanoblar qo'llanilgan. Jekin jumhuriyat markaziy boshqarmasining 1927 yil ma'lumotlariga qaraganda, shu joylarda qiymati 1820,9 kv.m bo'lgan tanoblar ham qo'llanilgan. Bu tanoblarda (1 t=l820,9 kv.m 1 gazning qiymati 71,12 sm qilib olingan. Mana shu 1 gaz =71,12 sm bo'lgani uchun, va tanobni ba'zilar 71,12 sm bo'yicha aniqlangan deb, uni arshinning ruslarda qo'llanilgan qiymati (71,12sm) bilan bog’lashga urinadilar. Bu o'lchamli tanob 1927 yil ma'lumotlaridan ancha avval (1872 y) ham amalda qo'llanilgani to'g'risida bor.
Masalan 1872 yil ma'lumotlariga ko'ra, Samarqandda o'sha davr va undan ancha oldin qiymati taxm (1820-1821) kv.m bo'lgan tanob qo'llanilgan. Farg'ona vodiysining ba'zi joylarida esa juda qadimdan qiymati 1820,9 kv.m va 1820,83 kv.m bo'lgan tanoblar qo'llanilgan. Bu tanoblardan birinchisining qiymati 71,12 sm bo'lgan gaz (l gaz =71,12sm) bilan aniqlangan bo'lsa, ikkinchisining qiymati esa 71,1186 bo'lgan gaz 1 gaz =71,1186 sm) bilan aniqlangan. Bulardan ko'rinib turibdiki, uzunlik o'lchovi amalda qo'llaniladigan qiymatlarini ko'pincha taxminan 52 sm dan 112 sm gacha (1 gaz =52—112 sm) bo'lgani uchun shunga mos holda yuza o'lchov birligi tanobning ham 973,44 kv.m dan to 4515,84 kv.m gacha qiymatlari bo'ladi. Mana shu tanoblardan biri 1820,9 kv.m yoki 1820,83 kv.m qiymatli tanoblardir. O'lkamizning ko'p joylarida 1 gaz = 71 sm ham qo'llanilgan, bunga mos holda amalda shu gaz qiymati bo'yicha aniqlangan tanob ( 1 tanob=1814,76 kv m) lar ham qo'llanilgan. Bu qiymat 1 gaz = 71,12 sm bo'yicha aniqlangan. Tanob qiymati 1820,9 kv.m dan juda kam, atigi 6,14 kv.m ga farq qiladi; ya'ni bu farq 0,33 foizni tashkil etadi. Bunday xatoga har qanday tanobchi ham yo'l qo'yishi mumkin. Shunga asosan o'sha davrda hujjat yozganlar keyingi hisoblash ishlari murakkablashib ketmasligi uchun 1 tanob = 1820,9 kv m ga yaqin bo'lgan tanob qiymatlarini yaxlitlab, 1 tanob=1820,9 kv.m ko'rinishida yozavergan. Bunga yana asosiy sabablardan bin 1894 yilda e'lon qilingan hujjatdir. Unda rus o'lchovlarini Turkistonda qo'llash majburiy ekanligi aytilgan. Tanob ham 1 gaz = 71,12 sm ga mos keladigan qiymatiga yaxlitlanishi, ya'ni 1 tanob=l 820,9 kv.m qilib olinishi bo'yicha misol bo'la oladi.
Toshkent, Sirdaryo, Xo’jand, Jizzax, Chimkent, Avliyota hozirgi vaqtda Qozog'istondagi Jambul viloyati va shunga yaqin joylarda qadimdan asosan 1 gaz =88,9 sm bo'yicha aniqlangan. 1 tanob =2845,1562 kv.m, 1 gaz =70,68 sm bo'yicha aniqlangan. 1 tanob=1798,44 kv.m lar qo'llanilgan. Lekin 1870 yil ma'lumotlariga qaraganda shu nomlari keltirilgan joylarning ba'zi yerlarida 1 gaz = 71,12 smorqali aniqlangan 1 tanob=l820,83 kv.m ham qo'llanilgan. Qashqadaryo viloyatining har bir joyida qo'llanilgan tanob qiymatlari bir – biridan farq qiladi. Bu farqni ko'rsatish uchun respublika statistika boshqarmasining 1927-yil ma'lumotlaridan misollar keltirgan.
a) Koson, Beshkent va G'uzor tumanlarida yer yuzasini hisoblashda l gaz =87,2 sm bilan aniqlangan. 1 tanob =2737,38 kv.m qo'llanilgan; b) Shaxrisabz va Yakkabog'ning ba'zi joylarida yer yuzasini hisoblashda 1 gaz =95,4 sm bilan gniqlangan. 1 tanob = 3276,4 kv m qo'llanilgan; v) Yakkabog' tumanining asosiy joylarida esa yer yuzasini hisoblashda 1 gaz = 92,73 sm bilan aniqlangan. 1 tanob=3095,587 kv.m-3095,6 kv.m qo'llanilgan ; g) Chiroqchi tumanida yer yuzini hisoblashda asosan 1 gaz = 87,2 sm bilan aniqlangan. 1 tanob = 2737,38 kv,m qo'llanilgan bo'lib , 20-asrning boshlarida (taxm 1920 -yillardan keyin) 1 gaz = 71,12 sm bilan aniqlangan. 1 tanob = 1820,9 kv m qo'llanila boshlagan. Surxondaryo viloyatida yer yuzasining o'lchovi sifatida aosan 1 gaz=39 barmoq =39x2,28=88,9 bilan hisoblangan. 1 tanob= 2845,1562 kv.m, shuningdek 1 gaz = 40 barmoq =40x2,18 = 87,2 sm bilan aniqlangan. 1 tanob= 2737,38 kv.m lar qo'llanilgan. Respublika statistika boshqarmasining 1927-yil ma'lumotlariga ham Surxondaryoda yer yuzasini o'lchashda qiymati 2737,38 kv.m bo'lgan tanob qo'llanilgani to'g'risida xabarlar bo'lgan. Yuqorida keltirilganlarga asosan shuni aytish mumkinki, respublikaning hamma viloyatlarida yer yuzasini o'lchashda tanob o'lchovi qo'llanilgan va u turli yerlarda turlicha, ya'ni taxminan 1/6 gektardan 1/2 gektargacha qiymatga ega bo'lgan ; 2) uzunlik o'lchash, yer o'lchash, chiziq tortish shu ko'rinishda ishlatiladigan uzun chilvir, reja ip, uzun arqondan foydalanilgan.
Qari - uzunlik o'lchovi va o'lchov birligi; juda katta masofa uzunliklarni o'lchashda qadimdan qo'llanilgan. Qiymati ishlatilgan vaqti va joyiga qarab har xil bo'lgan. Buni quyidagi ma'lumotlardan ham ko'rsa bo'ladi; Bobur «Boburnoma» asarida 1 qari = 6 tutam, 1 tutam -4 elik ko'rinishidagi ma'lumotni keltirgan. Shunga asosan, 1 barmoq o'rtacha 2,083 sm ligidan, 1 qari = 6 tutam =24 barmoq =50 sm bo'ladi. Amalda mana shu qiymatdan 1,5 marta katta qiymatga ega bo'lgan qari qabul qilingan, unda 1 qari = 75 sm bo'lib, u yo'l o'lchovi hisoblangan.
Xorazmda 1 barmoq = 2,078 sm bo'lgani uchun 1 qari 72 barmoq 72x2,078 =149,6 150 sm bo'lgan. Buxoroda mato o'lchash uchun 1 barmoq = eng katta qari =156 barmoq = 156x2,28=355,68 sm bo'lgan. Hozirgi vaqtda qari to'g'risida gap ketganda faqat 1 m ga uzunlik o'lchov birligi tushuniladi.
«Boburnoma» da eng ko'p qo'llanilgan masofa (uzunlik) birliklari «yigoch»,«kurux», « qari»,« shar’i » so'zlaridir.1

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish