Ilcha - og'irlik o'lchovi birligi . 19-asrda Toshkentda 1 ilcha Toshkent botmonining 1/512 qismi, ya'ni 336 g ga, 1 ilcha 2 g'ichchaga teng bo'lgan. Agar 1 Toshkent botmoni 10,5 pudga teng bo'lsa va 1 pudning 16,3805 kg ekanligi e'tiborga olinsa, 1 ilcha=l/512 Toshkent botmoni=2 g'ichcha=335,9=336g bo'ladi.
Arpa doni- qadimdan qo'llanilib kelgan og'irlik o'lchov birligi. Ming dona arpaning og’irligi 40,9610 - 40,9514g bo'lgani uchun l dona arpaning og’irligi o'rtacha 0,0409512g ga teng, deb olingan.
Avvallari mana shu og'irliklar bo'yicha misqol va qadoqlarning qiymatlari aniqlangan. Shuning uchun ham qadimda 1 misqol - 100 аrpа doni=4,0912 g bo'lgan. Lekin arpa donining katta-kichikligi qaysi zamon va qaysi o'lkada yetishtirilganligiga qarab har xil bo'lgan. Shuning uchun keyinchalik 1 arpa doni=0,0453g deb qabul qilingan. 14-asrga kelib esa 1 arpa doni=0,045 g bo'lgan. Hozirgi vaqtda 1 arpa donining 0,04g ga teng qiymati qo'llanilmoqda. Ba'zan 1 arpa doni 0,052 g deb ham qo'llaniladi. Arpa donining forscha nomi joudir. Uning yana boshqa nomi sha'iradir. l sha'ira 0,05 g ga teng deb qabul qilingan; uzinlik o'lchov birligi sifatida qo'llanilgan vositalardan biri. l arpa dona arpaning eni ishchi otning 6 dona yoliga yoki barmoqning 6 dan biriga teng. 1 arpa doni=l/6 barmoq=6 ishchi otning yoli. Agar lbarmoq 2,18-2,28 sm ga teng bo'lsa, u holda 1 arpa doni=0,36-0,38 sm.
Shturvor-katta og'irliklar o'lchovi.
17-19-asr ma'lumotlariga qaraganda Buxoroda 1 shturvor=10 mann=256 kg bo'lgan. Xorazmda 16-19-asrlarda 1 shturvor=l6 pud= 16X16,3865=262 kg bo'lgan. Shuningdek, Xorazmda 17-asrda 1 shturvor l harvard, ya'ni bir eshak yungdan 1,5 marta katta ekanligi to'g'risida ham ma'lumotlar bor.
G’ichcha - og'irlik o'lchov birligi; asosan Toshkent viloyatida qo'llanilgan. Qiymati Toshkent mannining, ya'ni Toshkent botmonining 1024 dan bir bo'lagiga teng bo'lgan. Agar 1 Toshkent mannini yoki botmonini 10,5 pudga, l pudni esa 16,3805 kg ga teng ekanligining hisobga olinsa u holda 1 G'=l/1024xl0,5xl6,3805=167,96=168g bo'ladi.
Ag'ra- og'irlik o'lchov birligi; Xivada qo'llanilgan; qiymati joylardagi misqolning og'irlik qiymatiga qarab har xil bo'lgan.
Masalan, 19-asrda: a) l A=l/360 mann. Xorzmda 1 mann = 20000 g bo'lganligi hisobga olinsa, unda 1A =1/360x20000=62,5 g;
b) agar Ag'ra qiymati 5 g bo'lgan Buxoro misqoli orqali ifodalansa, 1A=12,5 Buxoro misqoli=l2,5x5=62,5 g; v)Xorazmning o'zida Xorazmning 1 misqoli 4,53 g ga tengligi inobotga olinsa, 1 ag’ra=13 misqol= 13x4,53 g =58,89 g; yuza o'lchov birligi; tanobni belgilash uchun qo'llaniladi. Ag’ra tanobning 320 dan bir bo'lagiga teng. Ba'zan 40 ag'ra tanobning 8 dan bir bo'lagiga teng, deb ham yuritiladi. Agar l gaz=71sm bo'yicha hisoblangan tanob qiymati 1814,76m2 ni olsak, unda lagra=l/320 tanob = l/320xl814,76 = 5,671125m2=5,671m2 40 ag’ra = l/8 tanob=l/8xl 814,76=226,845 m2. Bu holda ham 1 ag’ra=5,671m2 bo'ladi.
Shira-katta og'irliklar o'lchov birligi. Toshkent shahri va Toshkent viloyatida qo'llanilgan. Qiymati 19-asr ma'lumotiga ko'ra 4 pudga teng. Demak, l shira=4pud=4xl6,3805=65,522kg bo'lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |