Og'irlik o’lchov birliklari.
O'girlik o'lchov birliklari - narsalaming miqdorini ifodalash uchun qo'llaniladigan o'lchov birliklari. Ajdodlarimiz og'irlikni o'lchashning bir qancha turlarini asta sekinlik bilan kashf qilib keldilar. Avvallari narsalaming miqdori faqat biror sig'imga ega bo'lgan idish bilan o’lchangan bo'lsa, keyinchalik ba'zi o'lchov vositalari yordamida aniqlanadigan bo'ldi. Natijada og'irlik o'lchash uchun yuzlab o'lchov va o'lchov birliklari kashf etildi.
Buyuk allomalar Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Zahriddin Muhammad Bobur asarlarida juda ko'plab o'lchov birliklari keltirilgan. Ularning ko'pchiligi hozirgi kunda ham o'z kuchini yuqotmagan. Misqol, pud, botmon, karb o'lchov birliklariga ko'p duch kelamiz. Bu o'lchov birliklari Xalqimiz hayotida keng qo'llanilibgina qolmasdan, iyyor -o'lchov va o'lchash ishlari bilan shug'ullanuvchi shaxslar bo'lib, ular metall sofligini sinash, bozordagi tosh tarozilar to'g'riligini, muomladagi oltin va kumush pullarning sofligini tekshirib, og'irligini o'lchash bilan shug'ulanganlar.1
OG'IRLIK O'LCHOV BIRLIKLARI TIZIMI.
№
|
Og'irlik o'lchov birliklarining nomlari
|
Birliklarning qadoq bo'yicha qiymatlari
|
Xalqaro birliklar tizimidagi qiymatlari
|
1
|
1 arpa doni
|
1.1104
|
0,04095=0,00004095kg
|
2
|
1 misqol=100 arpa doni
|
1-102
|
4,095g=0,004095 kg
|
3
|
1 qadoq =100 misqol
|
1
|
409,5 g = 0,4095 kg
|
4
|
1 kumush tosh = 250 misqol
|
2,5
|
1023,75r =1,02375 kg
|
5
|
1 oltin tosh = 500 misqol
|
5
|
2047,50 г = 2,0475 kg
|
6
|
To'rtdan bir pud 1000 misqol
|
10
|
4095,0 г =4,095 kg
|
7
|
Yarim pul =2000 misqol
|
20
|
8190,0 г = 8,190 kg
|
8
|
1 pud = 4000 misqol
|
40
|
16380,0 г = 16,38 kg
|
9
|
lkichkina botmon=8 pud
|
320
|
131040 г = 131,04 kg
|
10
|
1 botmon = 10 pud
|
400
|
163800 г =163,80 kg
|
11
|
1 katta botmon = 16 pud
|
640
|
262080 г = 262,08 kg
|
12
|
1 eng katta botmon = 20 pud (bu ko'pincha botmon – motmon deb ham ataladi.
|
800
|
327600 г = 327,60 kg
|
(Jadval N. Axrorov kitobidan olindi.)
Pitl – og’irlik o’lchov birligi, Agar 1 xorazm dirhami = 3,125g ligi hisobga olinsa, u holda 1 pitl = 330x3,125 = 1031,25g bo’ladi. Beruniy va ibn Sino asarlarida 1 ritl = 340 gramm deb berilgan.
___________________________
1 N.Axrorov. Qadimiy o'lchov birliklari. T.1996, 40-bet.
Misqol - og'irlik o'lchovi va o'lchov birligi mamlakatimizda, shuningdek, boshqa ba'zi mamlakatlarda qo'llanilgan. Rivoyatga ko'ra qadim - qadim zamonda xalq orasida tovar ayirboshlash udum bo'lgan vaqtda bir kishining narsasini ikkinchi kishi olganda uning o’rniga mis bergan, ya'ni mis qoldirgan ekan. Shu-shu xalq orasida «mis qoldi» so'zlari paydo bo'lib, u asta sekin misqol so'ziga aylangan ekan.
Boboqalonlarimiz oldida misqolning og'irligini belgilash muammosi ko'ndalang bo'lgan. Ular bu muammoni arpa va bug'doy donlaridan foydalanib hal qildilar. Ular 1 misqolning og'irligini o'zlari yetishtirgan arpa (yoki bug'doy) donidan yuz donasining og'irligiga tengladilar. Agar bir dona arpa donini qadimda o'rtacha 0,0409512 g ga teng qilib olishganini hisobga olinsa, u holda 1m=100 arpa doni =100x0,0409512 = 4,09512 g bo'ladi. Lekin arpani yetishtirish davri, joyi va sharoitga qarab, uning katta-kichikligi, ya'ni og'irligi ham har xil bo'lgan. Quyida misqol qanday qiymatlarga ega bo'lganligi to'g'risida ma'lumotlar keltirilgan: Xorazimda 14 - asrda va undan oldin 1 arpa doni 0,0455 g deb qabul qilingan, 1 m-4,55 bo'lgan, 19 - asrga kelib 1 arpa doni =0,0453 g, 1 m = 4,53 g bo'lgan. Buxoroda misqolning ikki xil qiymati bo'lgan : 1 misqol =96 arpa doni= 4,8 g; ikkinchisi 1 misqol = 100 arpa doni =5 g bo'lgan.
Samarqand xalqi 6-8 -asrlardan, balki undan ham oldin og'irligi 4,46 g bo'lgan misqollarni qo'llashgan. Bu misqollar ( l misqol = 4,46 g) hozirgi kunda ham mamlakatimizda, shuningdek, ba'zi sharq mamlakatlari ham qo'llanilmoqda. Farg'ona vodiysida Xorazmning 100 arpa doniga teng va qiymati 4,55 g bo'lgan misqoli qo'llanilgan ( 1 misqol= 100 arpa doni = 4,55 g). Beruniy va Ibn Sino asarlarida berilgan jadvallarda misqolning o'rtacha qiymati 4,25 g ga teng qilib berilgan.
Misqolning boshqa mamlakatlardagi qiymatlari quyidagicha bo'lgan: Misrda uning qiymati 0,195 g li 24 karat bilan aniqlanadi. Bu holda 1 misqol = 24 karat=24xO, 195=4,68 g. Suriyada misqolning qiymati 3,14 g bo'lgan dirhamni ko'paytirish yo'li bilan aniqlangan ; 1 misqol = dirham =17/12 x3,14=4,4483 g bo'lgan. Iroqda bir misqol =4,46 g bo'lgan. Eronda 14-asrda 1 misqol 4,3 g ga,18 asrda 4,613 g ga , 1890 yildan keyin esa 4,639 g ga teng bo'lgan; lekin amalda 16 -asrdan boshlab misqolning 4,6 g li qiymati ko’proq qo'llanilgan. Qipchoqda 14-asrda 1 misqol = 4,41 g bo'lgan, lekin amalda og’irligi 4,46 g bo'lgan misqol ishlatilgan. Xindistonda 1 misqol =4,583 g (Kalkutta shahrida 1 misqol =4,415 g) bo'lgan. Shimoliy Afrikada 1 misqol =4,72 g, Sharqiy Afrika (Mozambik)da 1 misqol = 4,41 g bo'lgan.
706 yilda Amudaryo tomon kelgan Qutayba boshliq arablar mafialliy aholining boyligiga hayratga qoldi. Ular juda katta o'ljaga - oltin idishlar, haykalcha va boshqa buyumlarga ega bo'ldi. Eritilgan tilloning o'zi 150 ming misqolga teng kelgan.
Taxmin qilishlaricha, Qutayba xazinadagi barcha tillo buyumlarni bir joyga yig'ib eritishni buyurgan. Bundan 50 ming misqol oltin hosil bo'lgan ekan.1
Qadoq - og'irlik o'lchov birligi. Juda qadimdan qo'llanilib keladi. l qadoq = 409,512 g. Qiymat jixatidan 1 funtga teng bo'lgan ; 1 qadoq= l funt. Funtning qiymati ishlatilishi joyiga qarab har xil bo'lgan. Masalan, Rossiyada 1 funt = 409,512 g bo'lsa, Angliya va AQSH da 1 funt = 0,45359237 kg, 453,592 g. Joyi kelganda shuni ta'kidlash kerakki, Angliya funti 453,592 g bo'lib, u Misr xinasi /Misr xinasi=0,454 kg/ hajmidagi suv og’irligiga teng. Bulardan ko'rinib turibdiki, o'zbek qadoqining qiymati qadimdan to hozirgacha o'zgarishsiz bo'lib, o'lchov birligi sifiatida qo'llanilib kelmoqda. Chunki 40 qadoqga tenglab olingan va qadimdan to hozirgi kungacha qo'llanib kelayotgan pud hozirgi kunda ham 16,3805 g ga teng. Bunga asosiy sabab, qadoqni 1 arpa doni = 0,0409512 g va 1 misqol =100 arpa doni bo'yicha aniqlash bo'lib, unda 1 qadoq = 100 misqol 100x100 Arpa doni=409,512g ekanligidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |