Genetik nasl kasalliklari haqida umumiy tushuncha. - Genetik nasl kasalliklarida, xromasoma nasl kasalliklaridan farqli ularoq, homila tanasining tuzilishi va shakli deyarli normal bo`ladi.Shu bois, chaqaloqning tashqi qiyofasi bo`yicha unda nasl kasalligi borligini aniqlab bo`lmaydi.
- Genetik nasl kasalliklarida odam organizmining qaysidir to`qima va a`zosi funksiyasini, qaysidir modda almashinuvini normal bo`lishini ta`minlaydigan fermentning sintez qilinishini boshqaradigan gen mutatsiyaga uchragan (kasallangan) bo`ladi.
- Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining ma`lumotiga ko`ra dunyo mamlakatlarida chaqaloqlarning 4-6 foizi genetik kasalliklar bilan tug`ilmoqda.
- Jahondagi bolalar shifoxonalari hamda psixonevrologiya, endokrinologiya, gematologiya, ko`z, LOR, jarrohlik, urologiya, nefralogiya, gepatologiya, gastroenterologiya, kardiologiya va boshqa tor mutaxassislikdagi shifoxonalarda bolalarga ajratilgan o`rinlarning 20-25 foizi nasl kasalliklari, asosan genetik kasalliklar bilan xastalangan bolalarga band. Chunki, ularning ko`pchiligi har yilning bir necha haftalari va oylar davomida hayotini shifoxonada o`tkazadi.
Genetik nasl kasalliklarning turlari. - Genetik nasl kasalliklar ikki guruhga bo`linadi:
- Birinchi guruh - monogen nasl kasalliklari.Bularga quyidagi genetik nasl kasalliklar kiradi:
- - galaktozemiya;
- - fenilketonuriya;
- - gemofiliya;
- - Albinizm;
- - Doltonizm va boshqalar.
- Monogen nasl kasalliklarining belgilari bolaning chaqaloqlik davridayoq namoyon bo`ladi. Quyida galaktozemiya va fenilketonuriya monogen nasl kasallilari haqida tushuncha beriladi.
- Galaktozemiya. Monogen nasl kasalligi bo`lib, ota yoki onaning mutatsiyaga uchragan (kasallangan) genini homilaga berilishi tufayli yuzaga keladi.
- Kasallangan gen ona sutidagi laktoza (sut qandini) galaktozaga aylantirib, uni chaqaloq organizmida hazm bo`lishini ta`minlovchi fermentni sintez qilinishini (ishlab chiqarilishini) boshqarish xususiyatini yo`qotgan bo`ladi.
- Natijada ona suti tarkibidagi laktoza (sut qandi) chaqaloq organizmida galaktoza qandiga aylanib, hazm bo`lishi o`rniga, u zaharli moddaga aylanadi. Bu modda chaqaloqni bosh miya to`qimasini, jigarini, ko`zini va boshqa hayotiy muhim to`qima-a`zolarini zaharlaydi.
- Chaqaloqni ichi ketadi, qayd qiladi, qorni damlaydi, ozadi, kuchsizlanadi, jigari zaharlanishi tufayli ko`zining oq pardasi, terisi sarg`ayadi, ko`z gavhari xiralashib katarakta kasalligi yuzaga keladi, bosh miya to`qimasi zararlangani uchun chaqaloqda vaqt-vaqti bilan tirishish holati kuzatiladi.
- Kasallik o`z vaqtida aniqlanib, chora ko`rilmasa, chaqaloq nobud bo`lishi mumkin.
- Tibbiy yordam. 1.Chaqaloqqa ona suti va tarkibida laktoza (sut qandi) bo`lgan sut mahsulotlari berilmaydi.
- 2.Chaqaloq tarkibida laktoza (sut qandi) saqlamaydigan maxsus tayyorlangan aralashmalar bilan sun`iy ovqatlantiriladi.
- 3.Keyinchalik meva, sabzavot, go`sht va tuxum mahsulotlari bilan ovqatlantiriladi.
- Fenilketonuriya. Monogen nasl kasalligi bo`lib, ota yoki onaning mutatsiyaga uchragan (kasallangan) genini homilaga berilishi tufayli yuzaga keladi.Kasallikni Felling ismli olim 1934 yilda aniqlagan.
- Sutning oksili tarkibidagi fenilalanin aminokislotasini tirozin aminokislatasiga aylantirib, uni chaqaloq organizmida hazm bo`lishini ta`minlovchi fermentni sintez qiladigan gen mutatsiyaga uchragan bo`ladi.
- Natijada chaqaloq organizmida ona sutidagi oqsil tarkibiga kirgan fenilalanin aminokislotasi hazm bo`lmaydi.U zaharli moddaga aylanadi.
- Chaqaloqning bosh miya nerv hujayralari zaharlanadi.Unda tirirshish, qusish, ichining buzilishi holati kuzatiladi.Chaqaloq organizmida pigment almashinuvi buziladi. Shu bois, uning terisi oqaradi, sochi, kiprigi rangsizlanadi (oppoq bo`ladi), ko`zining oq pardasi ko`kish havorang tus oladi.Ko`rish qobiliyati pasayadi. O`z vaqtida kasallik sababi aniqlanib, chora ko`rilmasa, chaqaloq nobud bo`ladi.
- Tibbiy yordam. 1.Chaqaloqni ona va boshqa sut mahsulotlari bilan ovqatlantirish to`xtatiladi.
- 2. U tarkibida fenilalanin aminokislota bo`lmagan, maxsus tayyorlangan aralashma «Gipofinat» bilan ovqatlantiriladi.
- 3.Shunigdek, sabzavot va meva suvlari beriladi.
- Poligen nasl kasalliklariga quyidagilar kiradi:.
- - qandli diabet;
- - ateroskleroz;
- - gipertoniya;
- - glaykoma;
- - shizofreniya va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |