Reja:
2
3
4
Davriy jadvaldagi o’rni
1
Fizikaviy xossalari
5
Kimyoviy xossalari
Olinishi
Ishlatilishi
Davriy jadvaldagi o’rni
Xrom (yun. chroma — rang , boʻyoq, birikmalari yorqin rangli boʻlgani uchun, lot. Chromium), Cr — Mendeleyev davriy sistemasining VI guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib rakami 24, atom massasi 51,996. Xrom (kimyoviy element)ning 4 ta barqaror izotopi mavjud: 50Cr (4,31%), 52Cr (83,76%), 53Cr (9,55%) va 54Cr (2,38%). Xrom (kimyoviy element)ning sunʼiy radioaktiv izotoplaridan eng muhimi 51Cr (T1/2=27,8 kun).
Xromning asosiy minerallari: xromit FeCr2O4, krokoit PbCrO4, uvarovit CaCr2(SiO4)3. Bulardan xromit (xromli temirtosh) katta amaliy ahamiyatga ega.
Xrom (kimyoviy element)ni dastlab fransuz kimyogari Xrom (kimyoviy element)Voklen 1797-yil tabiiy qoʻrgʻoshin (II)xromat — krokoit (PbCrO4) minerali tarkibidan topgan. Sof Xrom (kimyoviy element)ni Bunzen xrom (I)xlorid eritmasini elektrolizlab olgan.
Xrom (kimyoviy element) Yer poʻstining massa jihatidan 0,035% ini tashkil qiladi.
Olinishi.
Sof xromni olish uchun xrom (III)-oksidi alyuminiy metalli bilan qaytariladi.
Metallarni uning birikmalaridan alyuminiy yordamida qaytarib olish aluminotermiya deyiladi: Cr2O3 + 2Al → Al2O3 + Cr Xromli temirtosh koks bilan qaytarilsa, xrom va temir aralashmasi olinadi:
FeO . Cr2O3 + 4C → 2Cr + Fe + 4CO↑ Xromning tuzlarini elektroliz qilish yo‘li bilan ham xrom olinadi.
Fizikaviy xossalari.
Xrom kumushsimon oq rangli, yaltiroq, issiqlikni va elektrni yaxshi o‘tkazadigan metall.
Kimyoviy xossalari.
Xromning sirti yupqa oksid parda bilan qoplanganligi sababli kimyoviy jihatdan ancha barqaror. Hatto kislotalar bilan ham qiyinchilik bilan reaksiyaga kirishadi.
Suyultirilgan sulfat va xlorid kislotalar bilan qizdirilganda reaksiyaga kirishadi: 2Cr + 3H2SO4 → Cr2(SO4)3 + 3H2↑ Cr + 2HCl → CrCl2 + H2↑ Bu reaksiyada xlorid kislota ortiqcha olinsa, CrCl3 tuzi hosil bo‘ladi. Konsentrlangan nitrat kislotalar bilan reaksiyaga kirishmaydi. Yuqori haroratda maydalangan xrom kislorod bilan reaksiyaga kirishib, xrom (III)-oksidini hosil qiladi: 4Cr + 3O2 → 2Cr2O3 Shuningdek, yuqori haroratda xrom bir qator oddiy moddalar bilan ham reaksiyaga kirishadi: 2Cr + N2 = 2CrN 2Cr + 3S = Cr2S3 2Cr + 3Cl2 = 2CrCl3 Ishlatilishi.
Korroziyaga chidamli bo‘lganligi sababli metall buyumlar sirti xrom bilan qoplanadi.
Temirga turli nisbatlarda xrom qo‘shib har xil xossalarga ega bo‘lgan yuqori sifatli po‘latlar olinadi. Masalan, 12% xrom qo‘shilgan po‘lat zanglamaydigan po‘lat deyiladi va u tibbiyotda har xil jihozlar tayyorlashda ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |