Inversiya (lot. “ag’darish, o’rnini almashtirish”) – gap bo’laklariningodatdagi tartibini o’zgartirish asosida yuzaga keluvchi sintaktik usul, stilistk figura. Inversiya gapdagi biron birso’z yoki so’z birikmasini emfatik yoki mantiqan ajratish, she’riy nutqni ritmik intonatsion jihatdan tashkil etishkabi maqsadlarda qo’llaniladi. Inversiya she’riy nutqda eng ko’p qo’llanuvchi, deyarli barcha she’rlarda uchraydigan sintktik usuldir. Inversiya ma’no urg’usi tushayotgan so’zni ta’kidlab ko’rsatish, uni misradagi urg’uli pozitsiaga o’tkazish imkonini beradi.2 Masalan:
….So bitter it is that death is hardly worse!
But to describe the good discovered there
I here will tell the other things I saw…
( Dante Alighieri. “The Divine Comedy”)
Inversiya o’zaro sintaktik bog’langan gap bo’laklarining joylashuviga qarab aniqlanadi. Ingliz tilida inversiyani juda erkin deb bo’lmaydi. Gapdagi so’zlar tartibining almashinuvi ma’lum qoidalarga bo’y sungan holda amalga oshiriladi. Masalan, ega fe’ldan keyin kelishi mumkin, ammo artikl va ko’rsatish olmoshi albatta o’zlari tegishli bo’lgan otdan oldin kelishi kerak. Ba’zan so’z o’rnining almashinuvi gapdagi sintaktik aloqlarni va shu bilan birga gapning umumiy mazmunini ham o’zgartirib yuboradi:
When a man wants to kill a tiger he calls it sport; when a tiger wants to kill a man it is ferocity.
Ba’zan esa grammatik va ta’sirchanlik vazifasini bajaradi:
I had known it. – Had I known it. – If I had known it.
Bu yerda ikkinchi misol birinchisidan Grammatik ma’nosi bilan farq qilyapti, uchinchsidan esa ta’sirchanligi bilan.
His-tuyg’u bilan aytilayotgan gap bo’lagini ajratib ko’rsatish og’zaki nutq uslubiga xos elementlardan sanaladi:
“Flowers! You wouldn’t believe it, madam, the flowers he used to bring me”. (K. Mansfield “Lady’s Maid” ).
Yuqoridagi misolda qiz dastlab uni hayajonga slogan narsani aytyapti va undan so’ng vaziyatga oydinlik kirityapti. Bunday holatlarda ma’no kuchaytirishning sintaktik vositasi sifatida it is …. that konstruksiyasi ishlatilyapti. It is…that…birikmasi ma’lum bir gap bo’lagiga urg’u berib, ajratib ko’rsatmoqchi bo’lganimizda ishlatiladi. Masalan, I met Ann in the park. Gapida egaga urg’u bermoqchi bo’lsak, It was I that met Ann in the park. ( Annani bog’da men uchratdim.) tarzida beriladi. Agar to’ldiruvchiga urg’u bersak, It was Ann whom I met in the park. (Men bog’da Annani uchratdim. ) bo’ladi. O’rin holini ajratib ko’rsatmoqchi bo’lsak, It was in the park that I met Ann. (Men Annani bog’da uchratdim.) Bu birikma until(till) mavjud bo’lgan bo’lishsiz gaplar tarjimasini o’zgartiradi. M.:
She didn’t know the truth until she returned home. (U uyiga qaytmaguncha haqiqatni bilmadi.)
It was not until she returned home that she knew the truth. (Faqat uyga qaytgandan keyingina u haqiqatni bildi.)
Kitobiy nutqda esa bunday effekt aksincha, asosiy elementni gapning oxiriga qo’yish orqali amalga oshiriladi. Bu o’quvchini hayajonda ushlab turish uchun kerak bo’ladi, chunki gapning asosiy maqsadining ko’rsatib beruvchi bo’lak o’quvchi gapni oxirigacha o’qib bo’lmaguncha noma’lum bo’ladi.
Nasrda eganing kesimdan keyin kelishi uslubga dabdaba, ko’tarinkilik yoki ohangdorli beradi. Quyida inversiyaning bir necha turlarini keltirib o’tamiz:
1) ot yoki sifat bilan ifodalangan predikativ ega yoki bog’lovchi fe’ldan oldin kelishi mumkin:
Beautiful those donkeys were! (K. Mansfield “Lady’s Maid”)
Inversiyaning bunday turi og’zaki nutqda ko’p uchraydi. Kitobiy nutqda ko’proq bog’lovchi fe’l bilan eganing o’rin almashinishi kuzatiladi:
Uneasy lies the head that wears a crown. (W. Shakespeare )
Fe’l-kesimning ajratib ko’rsatishning yana bir usuli uni egadan oldin qo’yib, keyin esa biron bir yordamchi fe’l yoki modal fe’lni qo’yishdir:
Go I must.
2) vositasiz to’ldiruvchi gapning boshida kelishi mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |