Aim.uz
Xozirgi zamon tilshunosligida sintaksis masalasi va uning stilistik jihatlari.
Tarixdan ma’lumki, gaplar va ularning turlari, ular orasidagi bog’lanishlar haqidagi ta’limotlar qadimda ritorika doirasida paydo bo’lgan. Ma’lum bir vaqt o’tgandan so’ngina bu soha grammatikaning ichida o’rganila boshlangan. Ritorikada asosan gap bo’laklarining joylashuvi muammosi tadqiq qilinardi. Gaplarni grammatika doirasida tadqiqi qilinishi izlanishlarning obyektini bir muncha kengaytirdi. Bunda gap bo’laklari o’rtsidagi sintaktik aloqalar va gaplarning o’zaro bog’lanish muammolari birinchi o’ringa olib chiqildi.
Til stilistikasi sintaktik ifoda vositalarini va nutqqa alohida ifoda mazmunini beradigan sintaktik stilistik usullarni o’rganadi.
Grammatika til haqidagi fanning bir qismi bo’lib, morfologiya va sintaksisdan iborat. Morfologiya so’z turkumlari va ular bilan bog’liq bo’lgan sohalarni o’rgansa, sintaksis so’z birikmasi, gap va uning turlari, gap bo’laklari, undalma, kirish, kiritma konstruksiyalar kabi birliklarni o’rganadi. Sintaksisda “sintaktik bog’lanish” tushunchasi bor. Biz sintaktik bog’lanish deganda so’z va so’z birikmalari o’rtasidagi sintagmatik aloqani tushunishimiz kerak. Sintagmatik aloqa nutqdagi turli til birliklarining orasida kuzatiladi.1 Masalan:
1) fonemalar o’rtasida: [a] [s] [k] – ask
2) morfemalar o’rtasida: un + happy
3) so’zlar o’rtasida: I, like, him – I like him
4) so’z birikmalari o’rtasida: “Jack and Nick”, “work at the hotel” – Jack and Nick work at the hotel.
5) gaplar o’rtasida: “I’m a student”, “she is a worker” – I’m a student, but she is a worker.
Sintaktik bog’lanishning quyidagi turlari bor:
1) teng bog’lanish (I and Nick came.: I came, Nick came)
2) tobe bog’lanish (A tall boy came.: A boy came, A tall came – impossible)
3) predikativli bog’lanish (Nick came.: Nick – subject, came – preticate)
4) atributiv yoki apositiv bog’lanish (Pretty girl came here. Singer Nick is here)
“Sintaksis uslubni belgilaydi” deydi amerikalik tadqiqotchi Richard Oman. Haqiqatda, nutqni hosil qilishdagi asosiy sistema bo’lgan sintaksisning har qanday nutq birliklarining tuzilishi va uslubidagi ahamiyatini ta’kidlamasdan ilojimiz yo’q. asosiy sintaktik birlik gapdir. Aynan gaplarning tuzilishi, tugallanganligi va uzun-qisqaligida og’zaki va yozma nutq o’rtasidagi farqlar ko’rinadi. Sintaksisning nutq uslubini yaratishdagi ahamiyati antik davr olimlarining qarashlarida ham o’z aksini topgan. Masalan, Aristotel o’zining “Ritorika” asarida nutqning tinglovchiga ta’sir kuchini oshirishga xizmat qiladigan o’ziga xos turli sintaktik qurilmalar xosil qilish usullari haqida batafsil to’xtalib o’tgan. Aksariyat sintaktik stilistik usullarning asosiy vazifasi biror bir nutq birligini uning o’sha nutqdagi o’rnini o’zgartirish orqali gapda ajratib ko’rsatib, yetakchi o’ringa olib chiqish. Ushbu bitiruv malakaviy ishimizda sintaksisning asosiy faktorlari hisoblanmish gap tuzilishi va uning uzunligi bilan bir qatorda gapdagi epizodiklik va ixtiyoriylik xarakteriga ega bo’lgan maxsus sintaktik tuzilmalarni ham ko’rib chiqamiz. Ritorik shakllarni qoida bo’yicha va qoidadan tashqari hollarda uchrashini tahlil qilish ingliz tilidagi sintaktik stilistik vositalarning paydo bo’lishini chuqurroq tushunib yetishga imkon yaratadi.
Ma’lumki, sintaksis tadqiq qiladigan asosiy birliklar so’z birikmalari va gaplardir. So’z birikmasi – semantik va strukturaviy jihatdan bir-birini taqozo qiladigan kamida ikkita mustaqil so’zlarning birikishidan hosil bo’lgan birlik. Ingliz tilida so’z birikmalarining quyidagi turlari bor:
1) teng bog’langan: Nick and Jack, boy and girl, the sun and the moon;
2) tobe bog’langan: beautiful girl, good doctor, politially active;
3) predikativli: Nick’s singing, him to sing, him changed, it being dark.
So’z birikmalari o’zaro sindetik va asindetik bog’lanishi mumkin. Sindetik bog’lanish deganda biz, bog’lovchilar orqali bog’lanishni tushunamiz (everybody but him, he and she, neither Jack nor Nick), asindetik bog’lanish deganda esa, hech qanday qo’shimchalarsiz bog’lanishni tushunamiz (handsome boy, Nick the singer, King Arthur).
Shu o’rinda biz so’z, so’z birikmasi va gap o’rtasidagi farqni bilib olishimiz kerak.
A house – so’z;
A large house – so’z birikmasi;
I have a large house – gap.
Gap deb tugallangan fikrni ifodalovchi so’zlar yig’indisiga aytiladi.
Stilistika uchun tilshunoslikning ushbu sathidagi barcha tushunchalarni izohlashda hamma narsani e’tiborga olish muhim hisoblanadi. Bular qatoriga sintaktik sinonimiya, ya’ni bir mantiqiy ma’noni ifodalovchi axborotni turli stilistik vazifa va bo’yoqdorlikka ega bo’lgan turli sintaktik konstruksiyalar orqali berish ham kiradi.
Step I here! – In here! What a moment! – Just a moment!
Stilistik ta’sir emtsional, ekspressiv bo’yoqdorlikka ega bo’lgan bir necha sintaktik konstruksiyalar va bitta an’anaviy sintaktik aloqalar qo’llanilgan holda tuzilgan neytral sintaktik konstruksiyadan tarkib topgan sinonimik qatorni hosil qilishga asoslangan. M.D. Kuznets va Y. M. Skrebnevalar o’z ishlarida nutq ta’sirchanligini oshiruvchi sintaktik qurilmalarni ularning qoida bo’yicha qoidadan tashqari hollarda kelgan ko’rinishlari bilan birgalikda guruhlashtirgan. Ushbu mualifflarning tamoyillariga suyangan holda sintaktik birliklarni quyidagi ketma-ketlikda ko’rib chiqamiz:
Inversiya (odatdagi gap tartibining o’zgarishi);
Transpozitsiya (sintaktik qurilmalarni o’rnini o’zghartirish);
Takror (yangi ma’lumot olib kirmaydigan elementlarning kiritilishi: polisindeton, xiazm, anadiplozis);
Zarur elementlarni tushirib qoldirish (asindeton, ellipsis);
Kiritma konstruksiyalar.
Ingliz tilida har bir gap bo’lagining gap turi va sintaktik ifodalanishiga ko’ra o’zining odatiy o’rni mavjud. Keling, buni darak gap misolida ko’rib chiqamiz.
Darak gapda so’z tartibi
(SVO)
Ega
|
Kesim
|
To’ldiruvchi
|
Hol
|
I
|
Met
|
him
|
yesterday .
|
Ba’zi hollarda gapdagi bu qat’iy tartib o’zgarishi ham mumkin.
1. Gapda there is birikmasi ishlatilgan bo’lsa, teskari so’z tartibi qo’llaniladi:
There is table in that room.
2. Muallif gapi ko’chirma gapdan keyin kelsa:
“I’m glad to see you”, said the old man kindly. (VSO)
3. Here, there ravishlari bilan bogshlangan egasi ot bilan ifodalangan gaplarda:
Here is the book you are looking for. (OSV)
Lekin: yuqoridagi ikki holatda gap egasi kishilik olmoshlari bilan berilgan bo’lsa to’g’ri so’z tartibi qo’llaniladi:
“I don’t smoke”, he said.
Here he comes.
4. Hol bilan boshlangan, ot bilan ifodalangan egali o’timsiz fe’llar bilan berilgan kesimli gaplarda:
From the window came the sounds of music.
5. Never, hardly, scarcely(arang), seldom, little(oz), in vain (behudaga), neither, nor(…masa ham), not …only(faqat…emas), no sooner… than(…masdan oldin) kabi ravish va bog’lovchilar bilan boshlangan gaplarda.
Never in my life have I seen such a thing.
In vain did we try to makr him do it.
6. Bog’lovchisiz bog’langan shart ergash gaplarda:
Were I to see him tomorrow, I should ask him about it.
7. So do I, Neither do I kabi gaplarda:
“I get up early”.
“So do I ” .
Do'stlaringiz bilan baham: |