Will you open the window, please?
Would you mind to open the window?
I wonder whether you would mind opening the window?
Kabi shakllarga o’tib qoladi.
Ingliz tili og’zaki nutqida so’roq shaklida tuzilgan his-hayajon gaplar ham uchraydi. Bunday hollarda ta’sirchanlik leksik vositalar yordamida ta’milanadi:
“What on earth are you doing!” (Nima qilyapsan!)
Bo’lishsiz gaplar transpozitsiasi haqida gapiradigan bo’lsak, bunday hollarda bo’lishsizlik ma’nosi shunday ma’noni beradigan yordamchi so’zlarsiz ifodalanadi. Lekin bunday holatlar kontekstdan kelib chiqib tahlil qilinadi va bo’lishsizlik ma’nosi berilgan kontekstdagi boshqa ibora va so’zlar bilan birgalikda anglashilganda yuzaga chiqadi. Masalan:
“Did you give her my regards?”- I asked him.
“Yeah”
The hell he did, the bastard. (J. Salinger. “The Catcher in the Rye”)
Bunday gaplarni tarjima qilayotganda ulardagi kesatish ma’nolarini va ularning tuzilishi jihatdan suhbatdoshning avvalgi gapiga bog’liqligin hisobga olish kerak. Yuqoridagi misolda darak gap undov gapga aylanib ketgan.
Inkor gaplar matnda tasdiq gaplardan ko’ra kamroq uchraydi, shuning uchun ularning matnda qo’llanilishi alohida ahamiyat kasb etadi. Boshqa tomondan olib qaralganda inkor imkoniyat va voqelik orasidagi kontrast(qarama-qarshilik)ni anglashilishini nazarda tutadi. Masalan:
The rank and files of doctors are no more scientific than their tailors; or there tailors are no less scientific than they. (B. Shaw)
Birinchi gapida B. Shou shifokorlardan ilmiylik talab qilinishi, tikuvchilardan esa talab qilinmasligi mazmunidagi fikrni berib, keyin esa aslida buning aksi ekanligini ta’kidlaydi. Yuqoridagi misolga satirik ruh shifokor va tikuvchi o’rtasidagi ijtimoiy tartibni qarama-qarshi qo’yish orqali berilgan. Bu gapdagi inkorning stilistik jihatdan yaqqol namoyon bo’lishini gapdagi satirik ruh parallelizm, antiteza kabi sintaktik-stilistik priyomlar orqali amalga oshirilganligi bilan tasdiqlanishi mumkin.
Inkor ibora yoki gapni qisqa, lo’ndaligini va vaziyatning imkonsiz ekanligini tasvirlashga imkon yaratadi.
All the perfumes of Arabia will not sweeten this little hand. (W. Shakespeare. “Macbeth”)
Bu qisqa frazada juda katta hajmda ma’lumot jam bo’lgan. Makbet honim shunday vaziyatda ham o’zining ayollik latofatini (little hand-nozik qo’llar), o’zidagi boylik va qudratni (All the perfumes of Arabia-butun Arabistonning mushku-anbarlari), shu bilan birga uning uchun hamma narsa tugaganligini ta’kidlamoqda. Bunda kontrast orqali uning bor qudrati va oxir oqibat qanday ahvolga kelib qolganligi, nafis ayollik latofati va qabih jinoyatlar o’zaro qarama-qarshi qo’yilgan va misraning ta’sirchanligi oshirilgan.
Ba’zan nutqda ikkilangan inkor ham uchraydi. Bu ko’proq oddiy so’zlashuv tili uchun xarakterli hisoblanadi.
… we aren’t no blackguards too. (R. Kipling )
Bunday ikkilangan inkor nafaqat gapiruvchining omiligini, balki uning o’zi inkor qilayotgan narsasini e’tiborga olishlariga juda katta xoxish bildirayotganligini ifodalaydi. Gapda bunday takroriy inkorni qo’llash qadimgi va o’rta asrlar ingliz tilisi uchun odatiy hisoblangan. Endilikda bunday inkor faqatgina ayirim shevalardagina saqlanib qolgan.
Tasdiq o’rnida ishlatilgan inkor hayajon, ikkilanish va jur’atsizlikni ifodalashi mumkin:
I’m wondering if I oughtn’t to ring him up.
Nutqni ifodalashdagi uslubiy figuralardan biri litota yoki kichraytirish(understatement) ham narsa-xodisaga xos xususiyatni uning aksini inkor qilish orqali ifodalashga asoslangan.3 Litotali grammatik konstruksiya turli uslublarda turlicha bo’yoqdorlikka ega bo’lishi mumkin. Og’zaki nutqda bunday konstruksiya odoblilik, og’ir-bosiqlilik yoki kesatishni ifodalaydi:
It is not unlikely = it is very likely
Ilmiy uslubda esa yashiringanlik va ehtiyotkorlik ma’nolarini ifodalaydi:
Do'stlaringiz bilan baham: |