EIDE (Extended IDE) - o‘rnatilgan kontrollerga ega takomillashtirilgan IDE-qurilma. Ushbu vinchesterning maksimal xajmi -128 Gbayt. Ma’lumotlarni uzatish tezligi – 16 Mbit/sek, unda LBA (Logical Block Addressing) – bloklarni chiziqli adreslash sxemasi qo‘llanilgan.
Ushbu sxema 28-razryadli chiziqli adresga ega, bu esa 228 x 29 = 128 Gbayt hajmli xotira deganidir.
ATA-3 (Advanced Technology Attachment) – ulanishning ilg‘or texnologiyasi.
ATAPI-4 (ATA Packet Interface) – ATA paketli interfeysi. Ma’lumotlarni uzatish tezligi – 33 Mbit/sek. ATAPI-5 da ma’lumotlarni uzatish tezligi – 66 Mbit/sek. ATAPI-6 da ma’lumotlarni uzatish tezligi – 100 Mbit/sek.
ATAPI-7 yoki SATA (Serial ATA ) - ma’lumotlarni uzatish tezligi – 150 Mbit/sek (1,5 Gbit/sek). SATA interfeysida signallarni uzatish uchun 0,5V-li kuchlanish ishlatilgan. ATAPI-6 da esa bu ko‘rsatgich 5V ni tashkil qilgan.
SCSI-disklar
(Small Computer System Interface) – kichik hisoblash tizimlarining interfeysiga ega disklar.
8-razryadli SCSI-kurilmasi kabeli 50-ta (25 juft) o‘tkazgichdan iboratdir. Ushbu o‘tkazgichlardan 8-tasi ma’lumotlar uchun, 1-tasi uzatilayotgan ma’lumotlarda juftlikni nazorat qilish uchun, 9-tasi
ma’lumotlarni uzatishni boshqarish uchun va qolganlari esa kelajakda qo‘llash uchun mo‘ljallangan.
CD va DVD disklar
CD-ROM (Compact Disc-Read Only Memory) – kompakt diskda joylashgan doimiy xotira.
CD-R (CD-Recordable) – yozish mumkin bo‘lgan kompakt disk.
CD-RW (CD-ReWritable) – ma’lumotlarni o‘chirib qayta yozish mumkin bo‘lgan disk.
DVD (Digital Video Disk – raqamli video disk, yoki Digital Versatile Disk) – raqamli ko‘p maqsadli disk. Ushbu disklarga yozishda qizil rangli lazer qo‘llaniladi va ularning quyidagi xillari mavjud:
1.Bir tomonli bir qavatli disklar – 4,7 Gbayt.
2.Bir tomonli ikki qavatli disklar – 8,5 Gbayt.
3.Ikki tomonli bir qavatli disklar – 9,4 Gbayt.
4.Ikki tomonli ikki qavatli disklar – 17 Gbayt.
Blu-Ray – ma’lumotlarni yozish uchun ko‘k rangli lazer qo‘llaniladigan DVD-disk. Bu xildagi disklarning bitta tomoniga 25 Gbaytgacha xajmdagi ma’lumotlarni yozish mumkin, ikki tomonli diskning xajmi esa 50 Gbayt bo‘ladi. Ma’lumotlarni uzatish tezligi 4,5 Mbit/sek.
Asosiy xotira – kompyuterning dasturlar va ma’lumotlarni saqlash uchun mo‘ljallangan komponentidir. Xotira ma’lum bir uzunlikka ega bo‘lgan axborotlarni saqlovchi yacheykalardan iborat bo‘ladi.
Xotiraga murojat
Buyruqlarni xotiradan o‘qish misolida, xotiraga murojaat qilish qanday amalga oshirilishini ko‘rib chiqamiz.
Protsessorning IP (Instruction Pointer) yoki PC (Program Counter) deb nomlanuvchi registri, tartib bo‘yicha bajarilishi kerak bo‘lgan buyruq adresini ko‘rsatish uchun ishlatiladi.
Zamonaviy kompyuterlarda asosiy xotiraga murojaat kilishning ikki xil rejimi mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |