Zamonaviy kompyuter arxitekturasi
1965 yili ishlab chiqarilgan birinchi mini-kompyuter hisoblangan PDP-8 kompyuterida, hozirgi kompyuterlar arxitekturasida muhim o‘rin tutgan, kompyuter tarkibiga kirgan qurilmalarni o‘zaro ulovchi parallel o‘tkazgichlardan iborat - umumiy shinadan foydalanilgan
Hozirgi kompyuterlarda keng qo‘llanib kelayotgan - bir vaqtning o‘zida, bir nechta dasturlarni ishlashini amalga oshirish mexanizmi - multidasturlash, IBM firmasi tomonidan 1964 yildan boshlab ishlab chiqarila boshlagan, uchinchi avlod kompyuterlari hisoblangan IBM 360 kompyuterlari oilasiga mansub bo‘lgan modellarda yo‘lga qo‘yilgan edi.
Kompyuterlarning turlari.
Kompyuterlarning turlari sifatida esa, quyidagilarni ko‘rsatib o‘tish mumkin:
1.Shaxsiy kompyuterlar (ishchi stansiyalar).
2.Serverlar.
3.O‘rnatiladigan kompyuterlar – mikrokontrollerlar (rus tilida –встраиваемые компьютеры).
4.Ishchi stansiyalardan iborat komplekslar – klasterlar.
5.Meynfreymlar.
6.O‘yinlar uchun mo‘ljallangan kompyuterlar (rus tilida – игровые компьютеры) PS-3, PS-4.
7. «Bir marotaba qo‘llaniladigan» kompyuterlar (rus tilida –
одноразовые компьютеры).
Shaxsiy kompyuterlar. Shaxsiy kompyuterlarning ikki xili mavjud: bular – statsionar, ya’ni bir joyda turadigan va ko‘tarib olib yursa bo‘ladigan, portativ kompyuterlar, ya’ni noutbuklardir.
Serverlar. Unumdorligi yuqori bo‘lgan shaxsiy kompyuterlar va ishchi stansiyalar - odatda bir korxona chegarasida ishlaydigan lokal kompyuter tarmoqlarda, hamda Internet tarmog‘ida - tarmoq serverlari sifatida ishlatiladilar. Bunday kompyuterlar, ya’ni serverlar – bitta protsessorli va ko‘p protsessorli konfiguratsiyalarga ega bo‘lishlari mumkin.
O‘rnatilgan kompyuterlar - mikrokontrollerlar. O‘rnatilgan kompyuterlar - turli xildagi qurilmalarni boshqarish va ushbu qurilmalar bilan ulardan foydalanuvchilar o‘rtasidagi aloqalarni, ya’ni interfeyslarni tashkil qilish vazifalarini bajaradilar. Misol: nusxa ko‘chiruvchi qurilmalar, videokameralar, raqamli fotokameralar, printerlar, skanerlar, modemlar, CD-ROM disk yuritgichlari, telefonlar, kir yuvish mashinalari, mikro to‘lqinli pechlar, televizorlar, avtomobillar.
Klasterlar - yuqori tezlikda ishlovchi tarmoqlar yordamida o‘zaro bog‘langan shaxsiy kompyuterlar yoki ishchi stansiyalardan iborat bo‘ladi. Klasterlar - ularning tarkibiga kirgan kompyuterlarning resurslarini yagona masalani yechish uchun yo‘naltira oladigan maxsus dasturiy vositalar bilan ta’minlangan bo‘ladi.
Meynfremlar. Meynfremlar deganda 60-yillarda ishlab chiqarilgan kompyuterlarni eslatuvchi, katta-katta xonalarni egallaydigan katta o‘lchamlarga ega bo‘lgan kompyuterlar tushuniladi. Ular juda katta-katta terabaytlarda (1 terabayt = 1012 bayt) o‘lchanadigan diskli xotiralarga egadir. Shuning uchun meynfreymlardan Internet serverlari sifatida foydalanilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |