taxminan 1100 yil yaratilgan "Bashchan plitasi" asari xorvat xalq tili unsurlari boʻlgan dastlabki til va xuquq yodgorligidir. Xalq ogʻzaki ijodiyoti, jumladan, xorvat qahramonlik dostonlari badiiy adabiyot shakllanishiga katta taʼsir koʻrsatdi. Gumanizm va italyan uygonish davri sheʼriyati taʼsirida rivojlangan Dubrovnik va Dalmatsiya adabiyoti — 15—18-asr xorvat adabiyotining tarkibiy kismidir. 15—16-asrlargacha I. Chesmitskiy, Yu. Shijgorich, Ya. Bunich kabilar lotin tilida ijod qilgan boʻlsa, ulardan keyingi avlod yozuvchilari M. Marulich, Sh. Menchetich, J. Drjich, G. Lutsich, M. Drjich, I. Gektorovichlar ona tiliga murojaat etdilar. 17—18-asrlarda I. Gundulich, J. Palmotich, Yu. Krijanich, N. va P. Zrinskiy kabi adiblar yetishib chiqdi. 18-asr oxiri — 19-asr oʻrtalarida Xorvatiya milliy uygʻonish davrida maʼrifatparvarlik adabiyoti (M. Relkovich, T. Brezovachki) maydonga chikdi. Illirizm vatanparvarlik oqimining atoqli namoyandalari L. Gay, D. Demeter, Stanko Vraz romantizm adabiyotiga asos soddilar. 19-asr oxiri — 20-asr boshlaridagi "xorvat moderni" badiiy oqimi adabiy jarayon rivojida sezilarli rol oʻynadi. Turli goyaviybadiiy okimlarga mansub boʻlgan M. Dejman, V. Vidrich, D. Shimunovich, M. Maryanovich, A.G. Matosh shu oqimni rivojlantirdilar. 1 va 2-jahon urushlari oraligʻida shoir, yozuvchi va dramaturg M. Krleja adabiy muhitda yetakchilik qildi. 1941—45 yillardagi xalq ozodlik urushi yillarida V. Nazor, I.G. Kovachich, G. Vitez, Yu. Kashtelan, V. Popovich, J. Yelichichlarning joʻshqin sheʼrlari xalqni ruxlantirib turdi. Ikkinchi jahon urushidan keyin ham ozodlik kurashi adabiyotning asosiy mavzui boʻlib qoldi. 60— 80-yillarda O. Sholts, N. Milichevich, 3. Golob, S. Mixalich, M. Slavichek, T. Sablyak, N. Petrak, J. Sabol ijodida umumiy insonparvarlik ruhi ustunlik qildi. Drama sohasida P. Budak, I. Raos, F. Xajich, D. Roksandich asarlari shuhrat qozondi.
Meʼmorligi va tasviriy sanʼati
Xorvatiya hududida istehkomli manzilgohlarning qoldiqlari, Adriatika sohilida koʻpgina antik, asosan, Rim shaharlarining xarobalari, qad. meʼmorlik yodgorliklari (mil. av. 1-asrga mansub Puladagi Avgust ibodatxonasi, mil. av. taxminan 300 yilga oid Splitdagi Diokletian saroyi) saqlanib qolgan. 9-asr boshi — 12-asr oxirlarida barpo etilgan turli shakldagi tosh cherkovlar, knyaz saroylari (Split yaqinidagi Biyachi degan joyda)da Vizantiya va Markaziy Yevropa meʼmorligi uslubidan foydalanilgan. 12-asr oxirida roman uslubi (Zadardagi 1175 yilga oid avliyo Krshevan cherkovi), 13-asrda gotika (Zagrebdagi diniy inshootlar) yoyidsi. 15—16-asrlarda shaharlar kengaydi, tosh istehkomlar barpo etildi. Shu davrda Uygʻonish davriga xos meʼmorlik rivoj topdi (1431—1505 yillarga mansub Shibenikdagi sobor, 15-asrning 2-yarmiga oid Dubrovnikdagi knyaz saroyi va boshqalar). 17— 18-asrlarda barokko uslubi urf boʻldi (Zagrebdagi OrshichRauxov, Varajdindagi Patatichi saroylari). 19-asrda klassitsizm uslubidagi inshootlar (Zagrebdagi meʼmor B. Felbinger saroylari), yangi uygʻonish va yangi barokko uslubidagi jamoat binolari (Zagrebdagi Fan va sanʼat akademiyasi, Zagreb, Split, Dubrovnikdagi teatrlar) kurildi. 20-asr boshlarida avval yangi klassitsizm, soʻng funksionalizm ruhidagi inshootlar (Zagrebdagi birja va boshqa binolar) qad koʻtardi. Asr oxirlarida sanoat korxonalari, turar joylar zamonaviy materiallardan kurila boshladi (Zagrebdagi "Rujer Boshkovich" ilmiy markazi, meʼmori K. Ostrogovich; aeroport, meʼmori I. Uxlik, Splitdagi "Maryan" mexmonxonasi, meʼmori L. Perkovich). Xorvatiya xududida neolit davriga oid sopol buyumlar, keyingi davrlarga mansub metalldan yasalgan badiiy buyumlar, antik haykaltaroshlik yodgorliklari (haykalchalar, relyeflar), qadama naqsh asarlari topilgan. 13-asrda haykaltaroshlikda roman uslubi (usta Andrey Buvina relyeflari) yoyildi, dastlabki devoriy rasmlar paydo boʻldi. 16-asrda cherkov ibodatxonalari rangtasviri, 17-asr oxiri — 18-asr boshlarida barokko uslubidagi haykaltaroshlik va rangtasvir rayem boʻldi (F. Benkovich, B. Bobich asarlari, I. Ranger freskalari). 15—18-asrlarda yogʻoch oʻymakorligi, badiiy toʻquvchilik, metallsoelik va sh.k. hunarmandchiliklar rivojlandi. 19-asr boshlarida tasviriy sanʼatda dunyoviy janrlar (portret va tarixiy kompozitsiyalar) tarqaldi. F. Kikerez, V. Bukovats, S. Medovich asarlarida romantizm belgilari koʻzga tashlanadi. Ranggasvirchilardan M. Kralevich, Y. Rachich, grafikachi T. Krizman ijodida 20-asr xorvat rassomligi asoslari yaratildi. I. Meshtrovich, A. Avgustinchich va boshqa haykaltaroshlik sanʼatini rivojlantirdilar. V. Betsich, L. Babich, Y. Mishe kabi rassomlar mamlakat tabiat manzaralari va xalq turmushini tasvirladilar. 20-asrning 2-yarmida rangtasvirchilardan E. Murtich, I. Voyvodich, M. Stanchich abstrakt sanʼat va syurrealizm ruxida ijod qildilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |