Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari
Liberal partiya, 1998 yil tuzilgan; Sotsialdemokratik partiya, 1990 yil tashkil etilgan; Xorvatiya demokratik partiyasi, 1989 yil asos solingan; Xorvatiya dehqonlar partiyasi, 1990 yil tuzilgan; Xorvatiya HUQUQ partiyasi, 1861 yil millatchi partiya sifatida tashkil etilgan, 1990 yildan hozirgi nomda qayta tiklangan; Xorvatiya mustaqil demokratlari, 1994 yil asos solingan; Xorvatiya demokratik Hamdoʻstligi, 1990 yil tuzilgan. Xorvatiya mustaqil kasaba uyushmalari konfederatsiyasi, 1990 yil asos solingan; Xorvatiya muxtor kasaba uyushmalari birlashmasi, 1990 yil tashkil etilgan; Xorvatiya kasaba uyushmalari birlashmasi. 1990 yil tuzilgan.
Xoʻjaligi
Xorvatiya — industrialagrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 24%, qishloq xoʻjaligining ulushi 12%, xizmat koʻrsatish sohasining ulushi 64%.
Sanoatining asosiy tarmoklari: konchilik, kemasozlik, mashinasozlik, farmatsevtika, neftni qayta ishlash, elektron sanoati va hokazo Rashada toshkoʻmir, dengiz boʻylarida neft va gaz, boksit va sement xom ashyosi qazib chiqariladi, dengiz suvidan tuz ajratib olinadi, stanok, elektr texnikasi asboblari, dengiz kemalari, sement, poyabzal ishlab chiqariladi. Mashinasozlik tarmoklaridan parovoz va vagonsozlik, elektr kuch jihozlari va boshqalar ishlab chiqarish rivojlangan. Neft kimyosi sanoati korxonalarida plastmassa, doridarmon va boshqa mahsulotlar ishlab chiqariladi. Yirik qora va rangli metallurgiya sanoati (choʻyan, poʻlat, alyuminiy eritish) barpo etilgan. Yogʻochsozlik, koʻnpoyabzal, toʻqimachilik, oziq-ovqat korxonalari bor. Yiliga oʻrtacha 8,3 mlrd. kVtsoat elektr energiya (koʻp qismi GESlarda) hosil qilinadi. Asosiy sanoat markazlari: Zagreb, SlavonskiBrod, Split.
Qishloq xoʻjaligi ichki ehtiyojni toʻlatoʻkis taʼminlaydi, dehqonchilik yetakchi oʻrinda. Bugʻdoy, makkajoʻxori, kartoshka, qand lavlagi, kungaboqar, zigʻir, kanop, yemxashak ekinlari yetishtiriladi. Bogʻdorchilik (koʻproq olma va olxoʻri), tokchilik rivojlangan. Dengiz soxilida subtropik mevalar yetishtiriladi. Chorvachilikda qoramol, choʻchqa, qoʻy va yilqi boqiladi. Oʻrmonlarda yogʻoch tayyorlanadi, dengizdan baliq ovlanadi.
Transport yoʻli uzunligi 2,7 ming km, avtomobil yoʻllari uz. 26,9 ming km. Asosiy dengiz portlari: Riyeka, Koper, Kardelevo, Split, Shibenik. Xorijiy sayyoxlik rivojlangan. Adriatika sohilida (Dubrovnik, Riyeka, Split) yirik kurortlar bor. Chetga mashina va sanoat uskunalari, alyuminiy, isteʼmol va oziq-ovqat mahsulotlari chiqaradi, chetdan xom ashyo, jihozlar, butlash qismlari va turli apparatlar oladi. Tashqi savdoda Germaniya, Italiya, Sloveniya, Avstriya bilan hamkorlik qiladi. Pul birligi — kuna.
Do'stlaringiz bilan baham: |