Xorvatiya



Download 25,52 Kb.
bet1/6
Sana16.07.2022
Hajmi25,52 Kb.
#810046
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Qurilmalar bilan ishlash


Xorvatiya
Xorvatiya (Hrvatska), Xorvatiya Respublikasi (Republika Hrvatska) — Bolqon yarim orolning shimoli-gʻarbiy kismida joylashgan davlat. Maydoni 56,6 ming km². Aholisi 4,267 mln. kishi (2012). Poytaxti — Zagreb shahri Maʼmuriy jihatdan 20 jupaniy (okrug)ga boʻlinadi.

Davlat tuzumi


Xorvatiya — parlamentli respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1990 yil dekabrda qabul qilingan. 1997, 2000, 2001 yillarda tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — prezident (2000 yildan Stipe Mesich), u umumiy teng va toʻgʻri yashirin ovoz berish nuli bilan 5 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni 2 palatali parlament — Sabor (vakillar palatasi va jupaniylar palatasi), ijrochi hokimiyatni prezident bilan hukumat amalga oshiradi.

Tabiati


Xorvatiya hududining sharqiy kismi (Slavoniya) sertepa tekislikdan iborat, uni Sava va Drava dare vodiylari kesib oʻtadi. Mamlakat markazi va gʻarbida karst relyefli Dinara togʻligi (eng bal. joyi 1831 m) bor. Bu togʻlik shimoli-sharqda pasaya borib, Oʻrta Dunay pasttekisligiga tutashadi. Janubiy va janubisharqi — Adriatika dengizining ensiz togʻli sohili (Dalmatsiya) koʻpgina qoʻltiqlar bilan parchalangan. Qirgʻoq yaqinida Dalmatsiya orollari joylashgan. Xorvatiya sharqida iqlim moʻʼtadil, kontinental. Dinara togʻlarida sovuq qish uzoq davom etadi, dengiz sohilida subtropik Oʻrta dengiz iqlimi. Oʻrtacha yillik yogʻin 600–700 mm, sohilda 1000 mm gacha. Tekisliklar keng bargli oʻrmonlar, togʻlar buk, eman daraxtzorlari, aralash oʻrmonlar bilan qoplangan, togʻlardagi karst platosi taqir boʻshliqdan iborat, sohilda Oʻrta dengiz atrofiga xos butazorlar (makvis) bor. Hayvonot dunyosi unchalik boy emas: togʻlarda burgut, togʻ echkisi, tekisliklarda kemiruvchilar, sudralib yuruvchilar va qushlar uchraydi.
Aholisining 78,1% xorvatlar. Shuningdek, serb, sloven, venger va boshqa ham yashaydi. Shahar aholisi 56,2%. Dindorlarning aksariyati katoliklar. Rasmiy til — xorvat tili. Yirik shaharlari: Zagreb, Split, Riyeka.

Download 25,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish