Dang‘ara tumani XTB tasarrufidagi
33-umumiy o‘rta ta’lim maktabi
XORIJIY TILLAR
metodbirlashma a’zolari haqida
MA’LUMOT
Dang‘ara tumani XTB ning “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning yakuniy nazorat imtihonlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi 2022- yil 12-apreldagi 2022-305-11-155-XT-sonli buyruqinii ishlab chiqish haqida
MA’LUMOT
Ta’lim muassasalarida o‘quvchilarining yakuniy nazorat imtihonlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risidagi Xalq ta’limi vazirining 2022 yil 28-fevraldagi 70-sonli buyrug‘i ga muvofiq amalga oshirilishi,maktab o‘quvchilarining bosqichli nazorat imtihonlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.Bunga kora 5-8 sinflarda bosqichli nazorat imtihonlari o’tkazilmaydi
Dang‘ara tumani XTB ning “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning yakuniy nazorat imtihonlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi 2022- yil 12-apreldagi 2022-305-11-155-XT-sonli buyrug‘i chiqdi,Unga ko‘ra 9- 11sinf o‘quvchilari matematika fanidan yakuniy nazorat imtihonlari topshiradi. Bu yil o`quvchilar yakuniy nazorat imtihonlariga qatnashish uchun har biri o`z qo`llari bilan maktab direktori nomiga ariza yozadilar. Maktabda o‘quvchilarning bilimi,ko‘nikma va malakalarini sinovdah o‘tkazish uchun 9-11 -sinflar uchun yakuniy nazorat imtihonlari tashkil etiladi.9-11-sinf o‘quvchilarining yakuniy nazorat imtihonlari 2022-yil 26- maydan 15-iyungacha o`tkaziladi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining IX sinf o`quvchilari matematika fanidan 29- may kuni yozma ish shaklida,XI sinf o‘quvchilari matematika fanidan 31- may kuni yozma ish shaklida bitiruv imtihonlarini topshiradi.
Fan o`qituvchisi IX sinflarga L.To`xtasinova, XI sinf sinflarga M.Ergashxo`jayeva tomonidan imtihon hujjatlari shakllantiriladi.
Metodbirlashma rahbari: M.Abdullayeva
ONA TILI 9-SINF (1-ilova)
Ona tili fanidan o‘quvchilarning DTSda belgilangan bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarning elementlari qay darajada shakllanganligini hamda fikrini mantiqiy izchillikda, ona tilining keng imkoniyatlaridan o‘rinli foydalangan holda ravon va to‘g‘ri bayon eta olish malakasi, fikr bayon etilayotgan soha bo‘yicha o‘quvchining bilimlari kengligi va chuqurligi, tuzgan matnining imloviy, uslubiy, savodlilik darajasini aniqlash maqsadida 9-sinf bitiruvchilari ona tili fanidan yakuniy attestatsiyada ijodiy bayon yozadilar.
Bayon matnlari 3 ta variantda tayyorlanadi. Har bir variantda bittadan matn beriladi. Bir o‘quvchi 3 ta variantdan (konvertdan) bittasini tanlab oladi. Tanlab olingan konvertdagi matn mavzusi doskaga yozib qo‘yiladi. Ijodiy bayon uchun berilgan topshiriq ham doskaga yozib qo‘yiladi. O‘qituvchi tomonidan ijodiy bayon matni bir marta (lozim bo‘lsa, ikki marta) o‘qib eshittiriladi. O‘quvchilar eshitgan matn mavzusidan berilgan topshiriq asosida ijodiy bayon yozadilar .
Ijodiy bayon hajmi 9-sinf uchun 3,5 – 4 bet bo‘lishi mumkin. Belgilangan vaqt 2 soat (120 daqiqa) bo‘lib, 5 ballik tizimda baholanadi. Tasviriy vositalardan foydalanib bayon yozishda o‘quvchi matn mazmuniga bog‘lab, mustaqil ravishda ayrim narsa, voqea-hodisalarni tasvirlaydi. Boshlab berish yo‘li bilan bayon yozishda boshlanishi berilgan matnni o‘quvchilar ijodiy davom ettirib, uni to‘liq matn shakliga keltiradilar. O‘quvchining yozgan bayoni mazmun izchilligi va lisoniy qurilishi jihatidan talab darajasida bo‘lishi bilan birga, savodli bo‘lishi kerak. Shuningdek, bayonning reja asosida yozilishiga erishilishi zarur. Aniq tuzilgan reja o‘quvchi bayonining izchil mantiqiy bo‘lishini ta’minlaydi.
Ijodiy bayon uchun ikkita baho (mazmuniga va savodxonligiga 5/5 tarzida) qo‘yiladi. 202
Do'stlaringiz bilan baham: |