Xorijiy filologiya fakulteti


Gul ochilar bahor chog' ida



Download 36,44 Kb.
bet6/6
Sana12.07.2021
Hajmi36,44 Kb.
#117009
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
“Lirik, epik, dramatik turlarda kompozitsiya”

Gul ochilar bahor chog' ida

Va to'lishar ona bog'ida.

Ona sevmas farzand topilmas,

Farzand yo'q dir onani sevmas.

Farzand guldir, ona bir bo ston,

Shuning bilan jahon guliston.

Ana shundan so‘ng Omon qismati — uning onasiz yolg'iz o‘tgani, zaq- qumlar yutgani, ona allasiga intizor bo‘lgani, ona tovushiga zorligi tasvirla- nadi. Bu tasvirni lirik chekinish yanada aniqroq va toiiqroq his etishga kitobxonni tayyorlaydi va shu xislati bilan asar g‘oyasining ta’sirchanligiga hissa qo‘shadi, asardagi olamni - bus-butun bo‘lishiga kichkina, lekin zarur ko'makni («Arqonga qil quwat»dir) beradi.

Lirik chekinishning yana bir ko‘rinishida — san’atkorlar personajlarning xatti-harakatlari va xarakterlariga beriladigan baholarini ochiq ifoda qiladi- lar. Bunda ham obyektivlik qonuni saqlanadi, ya’ni ularning faoliyatiga yozuvchi aralashmaydi. Faqatgina bergan bahosi orqali qahramonlar qalbidagi hokim kuch (g‘oya)ni eslatish (ta’kid etish) orqali — kitobxonni yangi voqealarga tayyorlaydi, voqealar mazmuniga alohida diqqat qilishga yetaklaydi. Buning isbotini «0‘tkan kunlar»dagi Otabek — Kumush — Zaynab munosabatlarida ham ko‘rish mumkin:

«Birinchisini tavsif qilib ko'rsatish nechukkim biz shu o' ringacha ко'p qog'ozlarni qoralab kelamiz, o' qug' uchini ham zeriktirmay orqamizdan er- gashtirgandek bo'lamiz, chunki Otabek va Kumush ishqlarida samimiyat, yana to'g'risi she’riyat bor edi. Ikkinchi masala ustiga o'tib tahlil qilmoqchi bo'lsaq, Otabekda majburiyatdan boshqa hech gap topolmaysiz, topqan bilan o' qug' uchig' a qiziqarliq bir narsa chiqmaydir. Qahramonimizning hozirgi «majburiyati» sabablarini muhtaram o' qug' uchilar yaxshi his etsalar ham biz bir daraja o'z tomonimizdan ularni sanab ko‘rsatamiz...» (O'tkan kunlar. Mehrobdan chayon, 339-bet).

Ushbu chekinish ham qahramonlarda mujassamlashgan iroda yo‘nalishini yanada aniqlashtiradi, oldingi voqealar bilan keyingi voqealami o‘zaro bog‘laydi, kitobxonga ma’lum muddat dam beradi va qiziqishini yana bir bahya ko‘paytiradi. Bulaming barchasi — yaxlit olam (roman)dagi g‘oyaviy maqsad- ni sezadigan darajada jonlantiradi (badiiylashtiradi). Lirik chekinish ham kom- pozitsiyada zarur vosita ekanligini — yaratuvchan qudratga egaligini isbotlaydi.

4. Qistirma epizod. Syujet yo‘nalishiga bevosita aloqador bo‘lmagan, ammo asar g‘oyaviy mazmunini ko‘p tarmoqli qiladigan, uni bilvosita chuqurlashtiradigan va yangi taqdirlar misolida ta’kidlaydigan qo‘shimcha voqea qistirma epizod sanaladi. «0‘tkan kunlar»dagi usta Alim va Saodat, Toshkandning mashhur Qovoq devonasi bilan bog‘liq voqealar qistirma epizodlardir. Jumladan, romandagi «o‘z zamonasining mashhur devonasi» — Qovoq devona «qiziq harakatlari va tutal so‘zlari» bilan hammani o‘ziga qiziqtiradi. Kalaka qilg‘uvchi ermakchalar «uning yoshi mishig‘iga, mishig‘i tupigiga qo‘shilib yig‘lashi»ni tomosha qilardilar. Ayni paytda «Xon zamonlarida och qoringa sorimsoq yeb, ko‘kchoy ichishdan zerikkan kishilar choyxona- da o‘tirar ekanlar, devonaning qovoqlari kasbini ayttirish orqali davrdan, davming ulug'lari ustidan kuladilar:

«Qovoq devona belidagi qovoqlardan bitta egri maymog'ini ko'rsatib: —Manov Musulmon cho`oq, — dedi, uning yonidagi kichkina tomosha qovoqni turtib : — Bunov, Xudoybachcha (Xudoyorbachcha), — dedi. Suv qovog‘ini erkalab «Nor kalla» — (Normuhammad Qushbegi), — dedi. Qolgan ikkita silliq qovoqchalarni «nos qovoq, yupqa tomoq», — deb qolydi. Ermakchilar kulishdilar» (154-bet). Birinchidan, xalqning bunchalik abgorligini Qovoq devona hayoti, holati, u harakat qilayotgan sharoit isbotlab, u davrning eng kir, qora kunlar ekanligiga sha’ma qilsa, ikkinchidan, Qovoq devona va uning to‘ydan olgan be I bog‘i voqeasi orqali «ko‘z og‘rig‘i», «qorategin», «yuziga chechak chiqqan» odam (Homid) Otabekning yolg‘iz o‘g‘il ekanini, toshkandlik qizga uylan- ganini bilab oladi, ana shu g‘oyaviy yukni bajargandan so‘ng Qovoq devona roman sahnasida boshqa ko‘rinmaydi.

5. Badiiy qoliplash. Bosh voqea doirasi ichida, unga g‘oyaviy mazmun va kompozitsion jihatdan bog‘lab turli mustaqil voqealami tasvirlash usuli — badiiy qoliplash deb yuritiladi. Mashhur «Ming bir kecha», A.Navoiyning «Sab’ai sayyor» dostoni, A.Muxtoming «Chinor» romani bu usulning yaqqol misollaridir.

Jumladan, Alisher Navoiy dostonidagi bosh voqea — shoh Bahrom va uning sevgilisi Dilorom sarguzashti. Uning qisqacha syujeti shunday:

Shoh Bahrom go‘zal Diloromga ishq qo‘yadi. Ishq va mayga beriladi. Bir ohuni kamon bilan otib yiqitadi. Uning ustaligiga (mahoratiga) tahsin o‘qimagani uchun Diloromni kiyiklar uyasiga tashlaydi... Hushyortortgach, qilgan ishiga pushaymon boladi, Diloromni istab biyobonga boradi, biroq uni topolmasdan, o'zidan ketadi. Dilorom hajrida devona boladi. Uning savdoyiligini daf qilish uchun yetti go‘zal qasr bino qiladilar. Haftaning har kuni Bahrom bir qasrda bir musofirning afsonasini tinglaydi. (I kecha: Farruh va Axiy qissasi; II kecha: Zayd qissasi; III kecha: Sa’d qissasi; IV kecha: Podshoh Jo‘na va Ma’sud qissasi; V kecha: Navdar va Mehr qissasi; VI kecha: Muqbil va Mudbir qissasi; VII kecha: Xorazmlik sozanda qissasi). Oxirgi qissadan Dilorom Xorazm mamlakatida ekanini bilgach, uni cha- qirtiradi, o‘luk tanga ruh kiradi. U murodiga yetgach, shunday katta ov uyushtiradiki, «yuz ariq qon oqib, har bir ariq yer yuzini balchiqqa, ot oyog'i esa, u yerlarni botqoqqa aylantirib turganda, osmondan yomg'ir ham quyaversa, yoqqanda ham shunday yog'saki, yomg'irni olam xalqi ustiga daryo» kabi oqizsa-da, falak undan xijolatga qolsaf odam qayerda qimirlasa, o'sha yer cho'kadigan bo'lsa, bu paytda el ulus o'z hayotidan ko'zini yumsa ayb emas. Nihoyat, shu aytganlarimizning hammasi bir bo' lib, bir damda ov qilayotgan odamlarning barchasini yer yutiby nobud qildi-qo'ydi». Shoh Bahrom fojiasi shunday ajablanarli tugadi.

6. Asar annotatsiyasi (lat. annotacio — xabar, ma’lumot). Unda asarning qisqacha xarakteristikasi beriladi: uning mazmuni, ahamiyati juda siqiq tarzda bayon qilinadi. Ba’zida asarning qaysi kitobxonlarga mo‘ljallangani ham aytiladi.

Asar annotatsiyasi, asosan, muayyan asar titul varag‘ining ikkinchi beti- da joylashadi. Asar annotatsiyasi (qisqa qaydlar yoki ma’lumotlar) hamma asarlarda ham bo‘lishi shart emas. Lekin agar bo‘lsa, u kitobxonni asarni o‘qishga yetaklashi lozim.

Jumladan, Pirimqul Qodirovning «Ona lochin vidosi» (2001) tarixiy romaniga shunday annotatsiya berilgan: «Romanning «Jahon adabiyoti» jur- nalida bosilgan birinchi qismi o'quvchilarda katta qiziqish uyg'otdi. Yangi- dan yozilgan ikkinchi qismida Mirzo Ulug'bek va Alisher Navoiydek buyuk siymolarga mehrini bergan fidoiy ona — Gavharshod begimningfojiaviy taqdiri tasvirlanadi.

Ma ’rifatli ona umrining oxirigacha adolat uchun jasorat bilan kurashadi. Iste’dodli yoshlarni tarix sahnasiga chiqishlariga ko'maklashadi.» Ko‘rinadiki, tarixiy roman voqealari Gavharshod begim bilan, uning adolat yo‘lidagi jasorati va fojiasi bilan bog‘liq. U tarixda qanday kechganini bilishga qiziqishingiz ortadi va romanni varaqlashga ishtiyoqingiz uyg‘onadi. Mana shu xislati bilan u asar arxitektonikasida tashkil qiluvchilik, qiziqti- ruvchilik vazifasini bajaradi.

Yuqorida aytilgan fikrlarni xulosalak, quyidagi saboqlarni olamiz:

1. Badiiy asar syujeti va kompozitsiyasi xuddi mazmun va shakl kabi alohida-alohida vositadir, ayni paytda, ular o‘zaro bog‘liqdir: syujet kompozitsiyaning ichida yashaydi (u mazmun hodisasidir), kompozitsiya syujetning vujudi (u shakl hodisasidir) hisoblanadi. Demak, jon va vujud birlashsagina ruh (g‘oya) tiriladi, yashaydi, faoliyat ko‘rsatadi.

2. Syujet qahramonlar xarakterini va hayot ziddiyatlarini umumlashti- ruvchi voqealar silsilasi bo‘lsa, kompozitsiya ana shu hayotni betakror tarzda bir butun va yaxlit qilib quruvchi va go‘zal gavdalantiruvchi vositadir.

3. Kompozitsiya doimo syujetdan kengdir. Jumladan, «0‘tkan kunlar» ko‘p tarmoqli syujet yo‘nalishiga ega (I.Sultonning ta’kidlashicha, «0‘tkan kunlar»da xon va beklar o'z manfaatlarini ko‘zlab, hokimiyat uchun kurashadi- lar va o‘z maqsadlariga erishuv uchun qipchoqlami qorachoponlarga qarshi qo‘yadilar. Bu romanning asosiy syujet yo‘nalishidir.

Otabekning oilaviy hayoti (farzandlarining uylanishi — ota-ona xohishi- ga bog‘liqligi)ni tasvirlash orqali romanning ikkinchi katta tarmog‘i — shaxsiy taqdir yo‘nalishi yuzaga keladi.

Hayotdagi yaxshilik — Otabek va uning tarafdorlari va yomonlik — Homid va uning hamtovoqlarining kurashi — uchinchi syujet yo‘nalishiga asos- dir) va syujet deganda, ko‘pincha, biz ulardan birini anglaymiz. Kompozitsiya esa ana shu syujetning hamma yo‘nalishlarini bir g‘oyaviy markazga to‘playdi va uning talabiga muvofiq tarzda, tasvir me’yoriga amal qilgan holda uning qismlarini, hattoki syujetdan tashqarida yashovchi unsurlar (asar sarlavhasi, epigraf, lirik chekinish, qistirma epizod va h.)ni ham joy- joyiga tartiblashtiradi. Asar syujeti va kompozitsiyasi ham mazmun va shakl kabi, mavzu va g‘oya kabi adabiyotshunos To‘xta Boboyev yozganidek, bir maqsadga — qahramon xarakterini ochish orqali asar g‘oyasini yorqin ta’sirchan, sal- moqdor ifodalashga xizmat qiladi.

H.H. Niyoziyning “Tuhmatchilar jazosi” komediyasining kompozitsiyasini eslaydigan bo`lsak, shu narsani taʼkidlashimiz joizki, asar arxitektonikasi, dastavval, sahnabobligi bilan ajralib turadi. “Xotin-qiz ochilsa buzilib ketadi” deb o`ylovchi, ochiq ayollarga tuhmat qilib turmushini buzuvchi axloqsiz — turmush quzg`unlarini fosh qilish — komediyaning bosh g`oyasi. Dramaturg komediyaning barcha tasvir imkoniyatlarini — konflikt, syujet, kompozitsiya, til va tasvir vositalarini, obrazlarni mana shu bosh g`oyani ochishga xizmat qildirgan. Shu g`oya taqozosi bilan parda va ko`rinishlar bir-biriga bog`langan. Komediya ikki pardadan iborat. Birinchi pardada ochilgan Fotima va Qosimjonlar oilasi ko`rsatiladi. Qosimjon madaniy yigit bo`lsa-da, keyingi kunlarda Fotimaga sovuqroq, muomala qila boshlaydi. Fotima bundan ajablanadi, keyinroq bilsaki, maxalla quzg`unlari — domla imom va Sulton piyanista, Fotimani yo`ldan urish maqsadida uning shaʼniga bo`lmag`ur tuxmat gaplar tarqatgan ekan. Bunday “mish-mishlar” Qosimning qulog`iga yetgan. Natijada yangi oila buzilish oldiga kelib qolgan. Fotima o`zining pokligini, “mish-mishlar” asossizligini aytsa-da, Qosimjon ishonmaydi. Fotima tuxmatchilarni jazolashga ahd qiladi. Ikkinchi pardada tasvirlanishicha, Fotima domla imomni xam, Sulton piyanistani xam tadbir bilan tuzoqqa ilintiradi — jamoatchilik oldida sharmanda-yu sharmisor qiladi. Tuxmatchilar jazoga mubtalo buladi. Fotima — Qosimjon oilasi saqlab kolinadi. Dramaturg komediya kompozitsiyasini shu qadar puxta ishlaganki, natijada asar qaxramonlari — Fotimaning pokligi, or-nomus va oila uchun kurashuvchi maʼnaviy yuksak ayolligi, tuxmatchilarni jazolashdagi tadbirkorligi, ruxiy dunyosi, axloqi chuqur ochilgan. Qosimjonning o`z xotini haqidagi “mish-mishlar”ga ishonib, ruhiy iztirob chekishi, xarakterida qo`rslik alomatlarining paydo bo`lishi, xotinining xaqligini ko`rib quvonishi, turmush quzg`unlarini laʼnatlashi, ularga qarshi kurashi g`oyatda tabiiy va haqqoniy bo`lib chiqqan. Domla imom, Sulton piyanistalarning qora yurakligi, yangi oilaga yomon ko`z bilan qarashlari, Fotima xaqidagi fisq-fasodlari, nihoyat, o`z qilmishlari uchun tumshug`idan tuzoqqa ilinishlari — ularning ayanchli komik xolatlari ustalik bilan ko`rsatilgan, hatto, pyesadagi epizodik personaj — Аkbarali obrazi ham komik aspektda durust ishlangan. Аsar qahramonlari xarakterlarining komik tabiati xayotiy, xaqqoniy va jonli bo`lib chiqishlarida xam, binobarin, komediyaning badiiy to`qimasiga chuqur singdirib yuborilgan bosh g`oya — turmush quzg`unlarini komik planda fosh etish — tuhmatchilarni el oldida sharmanda-yu sharmisor qilishga ham mazkur kompozitsiya qulaylik tug`dirgan.



Foydalanilgan adabiyotlar

  1. To’xta Boboyev. Adabiyotshunoslikka kirish, T., ,,O’qituvchi’’ 1979.

  2. Abdulla Ulug’ov. Adabiyotshunoslikka kirish, T., ,,Universitet’’ 2000.

  3. N.Shukurov, N.Hotamov, Sh.Xolmatov, M.Maxmudov. Adabiyotshunos- likka kirish, T., ,,O’qituvchi’’ 1984.

  4. Dilmurod Quronov. Adabiyotshunoslikka kirish.

Download 36,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish