Xorijiy filologiya fakulteti



Download 36,44 Kb.
bet4/6
Sana12.07.2021
Hajmi36,44 Kb.
#117009
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
“Lirik, epik, dramatik turlarda kompozitsiya”

Asar sarlavhasi. «Aniqlik va qisqalik nasrning birinchi ustunligidir. U fikrni, fikmi talab etadi, busiz go‘zal ifoda hech narsaga xizmat qilmaydi» ekan, asar sarlavhasi bir yoki bir necha so‘zda ifodalanishi, yuzlab sahifalar- ga sochilgan mazmunni o‘zida aniq mujassam etishi, nomlanishidanoq o‘quvchini o‘ziga jalb qilishi lozim. Bu judayam azobli ish, ayni chog'da rohatbaxshdir. «Qutlug‘ qon» (Oybek), «Ulug‘bek xazinasi» (O.Yoqubov), «Yulduzli tunlar», «Ona lochin vidosi» (P.Qodirov), «0‘g‘ri», «Bemor» (A.Qahhor), «Chinor» (A.Muxtor), «Iymon» (I.Sulton), «Qudratli to‘lqin» (Sh.Rashidov), «Shaytanat» ( T.Malik), «Lolazor» (Murod Muhammad Do'st), «Egilgan bosh» (O.Muxtor), «Oq qushlar, oppoq qushlar» (O. Yoqubov), «Otam- dan qolgan dalalar» (Tog"ay Murod), «Ikki eshik orasida» (O.Hoshimov) kabi asar nomlarining tarixini o'rganishning o‘zidayoq ko‘pgina saboq va o‘gitlami beradi. Jumladan, «dunyo hikmatlarini mo'jizalar tarzida tuya oladigan va shunga monand ifoda qila oladigan» san’atkorning iqrornomasiga quloq osaylik: «Keyingi vaqtda keksalik, xastalik sabab, juda kam uyqu bo'lib qoldim. Uyqu qochganda bosh-keti yo'q, uzuq-yuluq o'y-xayol qalashib kelaverar- kan. Shunda tunchiroq ostida turgan daftarga ba ’zi tasodifiy fikrlarni yozib qo'yadigan bo'Idim. Daftarimni «tundalik» deb atadim. Bu «janr»ning «kundalik»dan farqi shuki, unda xronologik tartibdagi voqealar bo'lmaydi. Bu gaplar, biri bog'dan, biri tog'dan bo'Isa ham, kimnidir fikri yo sa ’y- harakatiga turtki bo'lishi mumkin. Qolaversa, ular muallifning ruhiy holati- dan darak, zero biz hammamiz ma’naviy olamga hamisha qandaydir bir tarzda ulush qo'shib yashaymiz».

Darvoqe «Tundaliklar» nomini eshitganingizdanoq, sizda qiziqish uyg‘onadi, uning mazmuni bilan tanishishga oshiqasiz. Asqad Muxtorning ikki daftardan iborat bu so'nggi asari — umri yakunidagi Yozuvchining sir- asroridan, uning Odam va Olam haqidagi kashflaridan xabar beradi, kitob- xonni o‘yga toldiradi, harakatga shoshiltiradi, hayratga ko‘madi. Eng asosi- ysi nom asardagi bosh g'oyani, demakki, bosh mazmunni ifodalay oidi, ya’ni A.Muxtor kasalligiga, og‘ir kasalligiga qaramay, tungi bedorlik paytlar- ida ham yaratish bilan band bo‘ldi, o‘z aql-zakovati bilan ko‘pni hayajon- lantira oladigan insoniy dardlarni, mushohadalarni, yangi izlanishlarga asos bo‘la oladigan ilmiy va badiiy asoslarni kashf etdi. Haqiqiy ijodkor inson qiynalib so‘z!asa-da, qiynalib yozsa-da, shunday holatda ham ko‘p uchun qayg‘uradigan, ko'pning dilidagini aytadigan, ko‘p uchun yashaydigan, ijod qiladigan Odam bo‘lish kerakligini isbot qildi. Tiriklikning har bir daqiqasi o‘zlikni, demakki, Allohni bilishga sarflanishi lozimligini ko‘rsatdi. Shu yo‘l bilan eng ohirgi daqiqalarda ham ikkinchi umrining mazmunini («Ijod — o‘limni o‘ldirmoq»dir) yanada boyitdi, uning boqiyligini ta'minladi. «Tundaliklar»da: «Shamol shamni o‘chiradi. Shunga o‘xshab, ayriliq ham shunchaki xushtorlikni sovutishi mumkin, chin muhabbat esa o‘t oldiradi», — degan haqiqat ham yozilgan. Asqad Muxtorga, uning ijodiga xalqimiz muhabbati ortib boraverishi, shubhasizdir! Ko'pgina asarlarning nomlari ulardagi bosh qahramonlarning ismlari bilan ataladi. «Zaynab va Omon» (H.Olimjon), «Navoiy» (Oybek), «Mirzo Ulug‘bek» (M.Shayxzoda), «Fotima va Zuhra» (U. Umarbekov), «Ibn Sino» (M.Qoriyev), «Hamza» (K.Yashin) kabi asarlar buni isbotlaydi va asar syu- jetini bevosita shu obrazlar bilan bogliqligini ko'rsatadi. Shu asos tufayli bu nomlar ham aniq asarning bir butunligiga hissa bo‘lib qo'shiladi.

2. Epigraf (yun. yepigraphe — yozuv). Dastavval, u qadimgi Gretsiyada qabr toshlariga yozilgan she’rlarning janri boigan. Keyinchalik va hozir ham xalq og'zaki ijodi yoki yozma adabiyotdan oiingan hikmatli so‘z, maqol, parcha yoki iboralarning boshqa bir asar (uning sarlavhasidan keyin, qismi va bobining boshlanishi)da bittasini yoki bir nechtasini keltirilishiga epigraf atamasi ishlatiladi. Epigraf hamma asarlarda bolavermaydi, lekin u doimo qisqa, sodda boMishi, ibratli mazmunni o‘zida jamg‘arishi lozim. Engasosiysi, muayyan asarning mazmunini o‘zida tashishi yoki shu mazmun qanday bo‘lishiga urg‘u berishi (ba’zida isbotlashi) talab qilinadi. Jumladan, H.Olimjonning:


Download 36,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish