Xorijda qishloq turizmini rivojlantirish tajribasi


Qishloq turizmini rivojlantirishning xalqaro modellari va ularni 0 ‘zbekiston sharoitida qo’llash



Download 18,25 Kb.
bet2/3
Sana06.03.2022
Hajmi18,25 Kb.
#483620
1   2   3
Bog'liq
XORIJDA QISHLOQ TURIZMINI RIVOJLANTIRISH TAJRIBASI

Qishloq turizmini rivojlantirishning xalqaro modellari va ularni 0 ‘zbekiston sharoitida qo’llash
Jahonda qishloq turizmini tashkil qilishning ancha mukammal modellari Yevropa davlatlarida ishlab chiqilgandir. Bu modellar deyarli biri - biriga o‘xshamaydi. Eng muhimi, quyida qayd qilingan modellar hozirda Yevropa davlatlarida muvaffaqiyat bilan ishla- moqda va jahondagi ko‘plab davlatlar bu modellar asosida o‘z mamlakatlarida qishloq turizmini rivojlantirmoqda. Britaniya modelida asosan qishloq turizmida turistlami joy- lashtirishga ko‘proq e’tibor berilgan. Boshqa jihatlar esa Yevro- padagi davlatlar tajribasidan olingan. Turistlaming ommaviylashgan, ular yaxshi ko‘radigan yashash tarzi 3 tipga bo‘linadi:
1. Fermeming uyida yashash va uning oilasi bilan faqat no- nushta qilish. Bu sharoitda fermer bilan, uning oila a’zolari bilan do‘stona aloqalami boshlash imkoniyatlari, sharoitlari yuzaga keladi.
2. Alohida binoda, qisman qulaylik sharoitida o‘z - o‘ziga xizmat qilish bilan yashash. 3. Atroflari o ‘ralgan, o‘rtacha 8 - 1 5 turistni joylashtiradigan binoda, o‘z - o‘ziga xizmat qiladigan sharoitda yashash. Uchinchi variant Britaniya modelida juda daromadli hisoblanadi. Bir kunlik tunash har bir turist uchun 10 yevro miqdorida. Bu variantning daromadliligining asosiy sababi yoshlarga va guruhlarga mo'ljallanganligidadir. Bu sharoitni o‘quvchilar va ayniqsa, studentlar ma’qul ko‘rishadi. Shu bilan birga, Britaniya modelida qishloqda joylashishning 3 xil darajasi bor: lyuks - puldorlar uchun maxsus qurilgan uy, o‘rtacha boylar uchun maxsus qurilgan hovli va yuqoridagi 3 ta sharoitli yashash tarzi. Britaniya modelida yana bir muhim xizmatlar borki, qishloq- lardagi tadbirkorlar turistlar uchun mahalliy ahamiyatga ega boMgan milliy va sport o‘yinIari, bolalar uchun poni (pakana) otda sayr, otlarda sayr, golf o‘yinlarini tashkil qilishadi. Shuning uchun ham shaharliklar bahor va yoz oylarida qishloqlarga shoshiladilar. Britaniya modelidagi yana bir muhim jihatlar shundan iboratki, ota - onalar bolalarini ekologik madaniyat, bilim ruhida tarbiyalash uchun ham bolalarini qishloqlarga olib borishadi va qishloq tadbirkorlari maxsus tayyorlagan maydonchalarda (og‘il, molxona) chorva mollarining bir - ikki oylik uloqchalar, buzoqchalar, qo‘zi- choqlar bilan birga o‘ynashadi, quyonlarga, qushlarga ovqat, don berishadi. Bu jarayonlarda bolalarda hayvon va parrandalarga mehr tuyg‘ulari hosil bo‘ladi.
Fransiya modeli. Fransiya jahonda qishloq turizmini rivoj- lantirgan birinchi mamlakat hisoblanadi. Bu davlat XX asming o ‘rtalarida qishloq turizmini rivojiantirishning davlat dasturini ishlab chiqqan edi. Hozirga kelib qishloq turizmi Fransiyaning barcha departamentlarida yaxshi tashkil qilingan. Fransiya modelida qishloq turizmi ancha murakkab va maxsus ixtisoslashtirilgan. Mamlakatning janubida qishloq - cho‘milish plyaj turizmi infratu- zilmalari yetarli darajada yaratilgan. Bunday qishloqlarda turistlar uchun maxsus kottedjlar qurilgan. Markaziy hududlarda agroturizm yaxshi rivojlangan. Bu yerdagi qishloqlarda turistlar uchun kichik uylar barcha sharoitlari bilan turistlarning ixtiyoriga beriladi. Chunki faranglar ovqatni o‘zlari tayyorlashni xush ko‘rishadi.
Fransiya vino va gastronomiya turizmi bo‘yicha ham jahonda oldingi o‘rinlarda turadi. Bu turizmda asosan boy turistlar dam olishadi. Uiar qishloq uylarda joylashib, kuniga uch mahal (to‘liq pansion) ovqatga buyurtmalar berishadi va bu ovqatlaming tayyorlanish jarayonlariga qatnashadilar. «Vino turizmi» shaharlik faranglaming eng yaxshi ko‘rgan qishloq xo‘jalik turizmi yo‘nalishiga kiradi. Ma’lumki, faranglar eng ko'p vino ichadigan xalqlardir. Vino turizmidagi turistlar vinoning ta’mini sinab ko‘rishga qatnashadilar, shampan vinosidagi farqni bilish uchun ko‘plab vinochilik xo‘jaliklariga borishadi, vino tayyorlashni o‘rganishadi, vinoni mehmonlarga uzatishni mashq qilishadi, vinoning navlarini to‘plab, uylariga olib ketishadi. Ko‘plab turistlar qadimiy qaFalar, tarixiy ibodatxonalar, arxeologik topilmalar joylashgan qishloqlarda bir necha kun qolib ketishadi. Ular qishloq uylarida joylashib, piyoda sayrga chiqishadi, ibodatxonalar, tarixiy joylami o‘rganishadi va ovqatlanishga toMiq haq to‘lashadi, o‘zlari ovqat tayyorlashmaydi. Alp togMaridagi qishloqlar esa asosan chang‘i sporti havaskoriariga turistik xizmatlar ko‘rsatishadi. Germaniya modeli. Germaniyada qishloq turizmini fermer turizmi deb nomlashadi. Tabiiylikka intilgan nemislar imkoni boricha qishloqlardagi eski uylarda yashashga intiladilar. Shuning uchun ham nemislar qishloqlarda zamonaviy qulayliklarga ega bo‘lgan uylami qurishmaydi. Nemis turistlari qishloqlarda dam olishda yerda ishlash, hayvonlarni boqish, madaniy o‘tirishlar, suhbatlar va baliq ovlashga qiziqadilar. Qishloq turizmi tashkilotchilari asosan yozgi - ta’til mavsu- miga to‘g‘ri keladigan xalqning milliy bayramlari, milliy folklor festivallariga moslab turmahsulot tayyorlashadi, qishloqlarda xalqaro ko‘rgazmalar ko‘plab tashkil qilinadi. Masalan, «Oktoberfast» bayramiga jahonning deyarli barcha mamlakatlaridan turistlar ketishadi. Shuningdek, nemis qishloqlarida 100 yillab o‘z tarkibini o'zgartirmasdan tayyorlanayotgan pivo ichimligi bayramlari ham ko'plab uyushtiriladi.
Italiya modeli. ltaliyada qishloq turizmi ko‘pincha dehqon turizmi deb ataladi va turistik dasturlar asosan 3 mavzuda tuziladi va ishlab chiqiladi: 1. Tabiat va sogiiq. 2. An’anaviy gastronomiya. 3. Sport. Qayd qilingan tur mahsulotlar ishlab chiqilgan maxsus, ixtisoslashgan qishloqlar bor. Masalan, K’yaniy, Umbriya va Sitsiliya provinsiyalari faqat «tabiat va sog‘liq» yo‘nalishiga moyil turistlarni qabul qilishadi. Vinochilik turizmi ham xuddi Fransiyadagidek, turistlar vino tayyorlash uchun bog‘bonga yordam beradi, bog‘bon esa ish haqqiga uzum beradi va uzumni achitish jarayoni, uzumning vinoga aylanish texnologiyasini o'rgatadi va boshqalar. Dengiz yoqasiga asosan baliq ovlashga chiquvchi turistlar, Abruppoga - zaytun yog‘iga qiziquvchi turistlar tashrif buyurishadi. Qishloq turizmida joylashish vositalarini tanlash tarkibi quyidagicha: appartamentlarda - 44%, xona - apartamentlarda — 22%, faqat xonalarda - 4 %. Qishloq turizmini rivojlantirishda asosan Yevropa davlatlaridagi modellami keltirishimizning asosiy sababi shundan iboratki, dunyodagi ko‘plab mamlakatlar o‘zlarida qishloq turizmini rivojiantirish uchun hozirda asosan qayd qilingan modellami joriy qilishmoqda. Eng muhimi shundaki, Yevropa davlatlari qishloq turizmini rivojiantirish uchun hamkorlikda «Qishloq turizmini rivojiantirish strategiyasi va dasturi», «Qishloq turizmi bozorida takliflar va talablaming o‘zgarish istiqbollari»ni ishlab chiqdilar. Ushbu hamkor dasturlar asosida Buyuk Britaniya davlati qishloq turizmida 450 ming yangi ish o‘rinlarini tashkil qildi. Qayd qilinganlardan xulosa qilish mumkinki, mamlakatimizda qishloq turizmini rivojlantirishda Yevropa modellarini yaxshi o'rganishimiz, bu modellardan qishloqlarimizda foydalanish imko- niyatlarini o‘rganishimiz hamda qishloq turizmini rivojiantirish strategiyasini ishlab chiqishimiz kerak bo‘ladi.
Qishloq turizmi rivojlangan Yevropa davlatlarining tajriba- laridan ma’lum bo‘ldiki, ushbu davlatlar qishloq turizmini rivojlan- lirishga bundan 50 yil oldin kirishgan. Dunyoda qishloq turizmi rivojlanishi bo‘yicha birinchi o‘rinda turuvchi Fransiya davlatining qishloq turizmini rivojlantirish modelini, Buyuk Britanya modelini, Germaniya modelini va Italiya modelini qishloq turizmini xalqaro modellar deb tan olinishining sababi ham shunda. Endi C)‘zbekistonda qishloq turizmini rivojlantirish uchun qayd qilingan modellaming qaysi biri qulayroq? Bu modellaming tuzili- shi va ishlash tamoyillarini o‘rganganimizda ularning barchasini qishloq turizmini rivojlantirishimiz uchun qo‘llash hech qanday muarnmolami keltirib chiqarmaydi, shu bilan birga, oson ham. Chunki qishloq turizmini rivojlantirishdagi asosiy manba - turistik resurslarning xilma - xilligi bizda yuqorida qayd qilingan Yevropa davlatlaridagidan ham ko‘p. Yevropa davlatlari qishloq turizmini rivojlantirish uchun, dastlab qishloq turizmini rivojlantirishning maqsadi va vazifalarini belgilab olishgan, so‘ngra qishloq turizmini rivojlantirishga javob beruvchi, davlat vakolatini olgan tashkilot tuzishgan (masalan, Fransiyada - «Turizm va qishloq yerlari assotsiatsiyasi»; Britani- yada - «Britaniya turistik kengashi» va «Qishloq yerlarini rivojlantirish agentligi»; Avstriyada — «Avstriya fermerltk turizmi assotsiatsiyasi» va boshqalar). 0 ‘zbekistonda qishloq turizmini rivojlantirishdagi dastlabki bosqichda qishloq turizmini tashkil qilish va boshqarishning tashkiliy - iqtisodiy mexanizmlarini ishlab chiqish lozim. Ikkinchi bosqichda esa ana shu tashkiliy - iqtisodiy mexanizmlar asosida qishloq turizmini rivojlantirishning huquqiy - me’yoriy qonunlarini ishlab chiqish maqsadli vo‘nalish bo‘ladi. Uchunchi bosqichda mamlakatimizda turizmni rivojlantirishning huquqiy - me’yoriy qo- nunlariga asoslanib, qishloqlarimizdagi turistik resurslarimizni ro‘y- xatga olishimiz, ularning reestrlarini tayyorlashimiz, foydalanish imkoniyatlarini hisoblab chiqishimiz, turistik obyektlarda turistik infratuzilmalar va turistik marshrutlar yaratishimiz lozim bo‘ladi.
Yevropa davlatlari qishloq turizmini rivojlanishini basho- ratlashda va istiqbolli strategik rejalar ishlab chiqishda doimiy ravishda ijtimoiy so‘rov o‘tkazishadi. Yevropa Ittifoqining statistik ma’lumotlari bo‘yicha 30 % aholi qishloq turizmida dam olish ista- gini bildirishgan.
Ijtimoiy so‘rov o ‘tkazishdan oldin albatta qishloq aholisi o ‘r- tasida qishloq turizmining mohiyati, mazmuni, maqsadi va vazifa- lari bo‘yicha jiddiy tashkiliy ishlami amalga oshirish talab qilinadi.

Download 18,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish