XORIJDA QISHLOQ TURIZMINI RIVOJLANTIRISH TAJRIBASI
Jahonda qishloq turizmining shakllanish jarayoni
XX asming ikkinchi yannidan insoniyatning tarixiy-madaniy boyligi va tabiat resurslarini asrab-avaylashning muhimligi keng jahonda e’tirof etila boshlandi. Natijada qishloq turizmi jadal sur’atlar bilan rivojlana boshlandi. Hozirda turistlaming mahalliy aholi bilan tanishuvi va muloqotga kirishi, do‘stlashuvi, qishloq hayoti bilan hamnafas boMish, qishloq xo‘jalik ishlari bilan shug‘ullanish, qishloq tabiati bag‘rida dam olish, sport bilan shug'ullanish turizmda qishloq turizmining imkoniyatlari katta ekanligini isbotlaydi. So‘nggi yillarda qishloq turizmining ko‘p faoliyatliligi natijasida dunyoda uning ommaviyligini tobora oshirib, kuchaytirib bormoqda. Qishloq turizmini ekologik turizmning bir tarmog'i deb talqin qiluvchilar ham o‘zlarini haq deb bilishadi. Ekologik turizm ko‘p hollarda tabiat bag‘rida joylashgan qishloqlarda yuz beradi yoki turistlar turistik xizmatlarni ekotur vaqtida qishloq aholisidan sotib olishadi. Jahon ilmiy adabiyotida ekologik turizmning nomlanishiga e’tibor bersak, bu holatni tezda ilg‘ab olamiz:
• yumshoq turizm (Soft Tourismus);
• tog‘ turizmi (Mountain Tourismus);
• tabiat turizmi (Nature Tourismus);
• yowoyi turizm (Wilderness Tourismus);
• yashil turizm (Green Tourismus);
• sarguzasht turizmi (Adventure Tourismus);
• qishloq turizmi (Agro Tourismus);
• ekoturizm (Ecotourismus).
Qayd qilingan turizmning barcha turlari ham, nomlanishi ham albatta, tabiat va uning resurslarini eslatib turadi. Qayd qilingan talablardan ma'lum bo‘ladiki, qishloq turizmi ko‘p faoliyatliligi jihatidan ekoturizmdan ancha farq qiladi. Qishloq turizmida turistlar qishloq aholisi (fermer, dehqon, cho'pon) bilan birga yashaydi, ko‘p hollarda birga ishlaydi, ularning turmush kechirishi, hayot tarzi bilan qiziqadi. Shu jihatlardan ham qishloq turizmini ekoturizmga qo'shish noto‘g‘ri xulosalami keltirib chiqaradi.
Qishloq turizmini rivojiantirishning xorijiy tajribasini o‘rga- nishdan quyidagi xulosalar kelib chiqadi:
1. Qishloq turizmi yangi ish o ‘rin!ari bilan ta’minlashda katta imkoniyatlami yaratadi.
2. Tabiat va tabiiy resurslardan foydalanishning yangi texno- logiyalarini jalb qiladi.
3. Qishloq turizmi ekologik toza oziq - ovqat mahsulotlarini ishlab chiqishni ta’minlaydi.
4. Qishloq turizmi tabiat muhofazasida investitsiyalar kiritishni va qishloqda xizmatlar servisini takomillashtiradi.
5. Qishloq turizmi qishloqlarda mahalliy aholining ijtimoiy - iqtisodiy darajalarini o‘stiradi.
6. Qishloq turizmi mahalliy mahsulotlar, hunarmandchilikka keng yo‘l ochadi.
7. Qishloq turizmi tabiatni muhofaza qiluvchi mahalliy bosh- qaruvni rivojlantiradi va ma’naviy, moddiy jihatlar bo‘yicha rag‘- batlantiradi.
8. Qishloq turizmi xalqlar o‘rtasida hamdo‘stlik aloqalarini yuzaga keltiradi.
9. Qishloq turizmi turistik resurslami muhofaza qiladi, ta’mir- laydi va obodonlashtiradi.
10. Qishloq turizmi insonlami ruhiy, jismoniy jihatdan dam oldiradi.
11. Qishloq turizmi dehqonchilik, bog‘dorchilik va chorva- chilikni o‘rgatadi, bu sohalarning mahsulotlaridan manfaatdor bo‘- lishni ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |