Vebinar usulida dars seminar ѐki konferensiya Internet orqali bir vaqtda hozir bo‘lgan tinglovchilar bilan audio video (va avvalgi postlarda sanab o‘tilgan ko‘plab interaktiv imkoniyatlar) bilan jonli olib borilib ushbu dars keyingi foydalanishlar uchun ѐzib olinishi mumkin bo‘lsa-da, butun o‘quv ѐki kurs jaraѐnidagi darslar yagona platforma doirasida o‘zaro uzviy bog‘lanmaydi, ya’ni alohida-alohida bir martalik darslar bo‘ladi deyish mumkin.
Evristik o‘qitish metodi
Evristik o‘qitish metodini qo‘llashda o‘qituvchi o‘quvchilar bilan hamkorlikda hal etilishi zarur bo‘lgan masalani aniqlab oladi.O‘quvchilar esa mustaqil ravishda taklif etilgan masalani tadqiq etish jaraѐnida zaruriy bilimlarni o‘zlashtirib oladilar va uning echimi bo‘yicha boshqa vaziyatlar bilan taqqoslaydi. O‘rnatilgan masalani echish davomida o‘quvchilar ilmiy bilish metodlarini o‘zlashtirib tadqiqotchilik faoliyatini olib borish ko‘nikmasi tajribasini egallaydilar. Evristik metod o‘qituvchilardan ijodiy xususiyat kasb etuvchi yuqori darajadagi bilish faoliyatini tashkil eta olish ko‘nikma va malakalariga ega bo‘lishni taqozo etadi. Buning natijasida o‘quvchilar mustaqil ravishda yangi bilimlarni o‘zlashtira oladilar. Ular odatda yuqori sinf o‘quvchilarining o‘zlashtirish darajalarini hisobga olgan holda ma’lum holatlarda qo‘llaniladi. Ushbu metodlardan boshlang‘ich sinflarda foydalanish amaliѐtchi-o‘qituvchilarning fikrlariga ko‘ra birmuncha murakkab hisoblanadi. Biroq uzluksiz ta’lim tizimiga shaxsga yo‘naltirilgan ta’limni faol joriy etishga yo‘naltirilgan ijtimoiy harakat amalga oshirilaѐtgan mavjud sharoitda ushbu yo‘nalishdagi loyihalarni tayѐrlash o‘ziga xos dolzarb ahamiyatga ega bo‘lib bormoqda. SHunga qaramasdan bu tasnif maktab amaliѐtida birmuncha keng tarqalgan va pedagogik hamjamiyat tomonidan e’tirof etilgan. SHuningdek, buyuk didakt I.YA.Lerner asarlari asosida ilmiy tadqiqot ham amalga oshirilgan.
XX-asr (1902-1903) boshida Emil Dyurkgeym(1973 [1925]) o‘zining qator ma’ruzalarida ѐshlarning ijtimoiylashuvida maktab fanlarining markazlashuvini ijtimoiy normalar, qadriyatlar va qoidalar borligini o‘rgatuvchi va ular asosida ijtimoiy hamkorlikni shakllantiruvchi dastlabki ijtimoiy institut deb qaragan. Bu me’ѐrlar va qadriyatlarni o‘zlashtiraѐtgan ѐshlar ko‘proq kattalarga xos samarali bandlik va fuqaroligi bilan bog‘liq an’anaviy xatti-harakatlar modulini namoѐn qilmoqda. O‘z navbatida maktab va oilalarning bu normalar va qadriyatlarni bolalarga singdirishdagi xato va kamchiliklari ular orasidagi huquqbuzarlik, jinoyatchilik va boshqa salbiy natijalarning kelib chiqishiga olib keladi va yuqorida ta’kidlangan ijtimoiy institutlarning umumiy maqsadlariga zid holatni yuzaga keltiradi. Maktab tarbiyasi o‘qitishni xavfsiz va professional tashkillashtirishda katta rol o‘ynaydi. Dyurkgeymning ta’kidlashicha, maktab tarbiyasi “sinfda faqatgina tinchlikni ta’minlaydigan oddiygiyna qurilma emas”, balki undan ham muhimroq, “ma’naviy tarbiya instrumentidir va u ko‘chirib olinishi murakkabdir”.
Xususan, sotsiologlar o‘quvchilarning shakllanishida maktab intizomi muhiti rolining kengayishidan manfaatdor bo‘lganlar. Intizom uzoq yillar mobaynida muvaffaqiyatli maktablarning markaziy xususiyati sifatida e’tirof etilgan bo‘lsa-da, so‘nggi o‘n yilliklar ichida tadqiqotchilar bu muhim mavzu haqida qiѐsiy tadqiqotlarga nisbatan kam e’tibor bergan. Maktab intizomi yuzasidan qiѐsiy tadqiqotlar ayniqsa hozirgi kunda juda muhimdir, chunki biz maktablarning bir-biridan intizom borasidagi tizimli ѐndashuv farqlarini bilishimiz kerak. Bunday bilim siѐsatchilarga samarali ta’lim siѐsatini shakllantirish uchun mustahkam empirik asos beradi. Bu kitob maktab intizomi yuzasidan tizimli qiѐsiy milliy tadqiqotlarni o‘z ichiga olgan bo‘lib, mavzu yuzasidan akademik bilimlar, ij timoiy fikr va ta’lim siѐsatining shakllanishiga hissa qo‘shadi.
XORIJIY TA’LIMDA TYUTOR, EDVAYZER, FASILITATOR VA MODERATORLIK FAOLIYATI
Xorijiy ta’limda so‘nggi yillarda bir qator atamalar keng ishlatilmoqda. Bularga tyutor, edvayzer, fasilitator va moderator tushunchalari kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |