TYUTOR - ( Tutorem-lotincha) ustoz, murabbiy vazifasini bajaradi. Ba’zi hollarda ma’ruza o‘qituvchisi bilan tinglovchi orasidagi bog‘lovchi rolini ham bajaradi. Bunda ma’ruzachi tomonidan berilgan bilimlarni keng egallashda maslahatchi va ustoz rolini bajaradi.
EDVAYZER (advisor)-fransuzcha ―avisen‖―o‘ylamoq‖) tinglovchilarning individual holda bitiruv malakaviy ishi, kurs loyihalarini bajarishda maslahatchi rolini bajaradi.
FASILITATOR - (ingliz tilida facilitator, lotincha facilis–engil, qulay)- guruhlardagi faoliyat natijasini samarali baholash, muammoning ilmiy echimini topishga yo‘naltirish, guruhdagi komunikatsiyani rivojlantirish kabi vazifalarni bajaradi.
MODERATOR -qabul qilingan qoidalarga amal qilishni tekshiradi, tinglovchilarning mustaqil fikrlash va ishlash qobiliyatlarni rivojlantirish, bilish faoliyatini faollashtirishga ѐrdam beradi. Ma’lumotni, seminarni, treninglar va davra suhbatlarini boshqaradi, fikrlarni umumlashtiradi.
Bizning ta’limda ushbu faoliyatlarning hammasini o‘qituvchi bajaradi va pedagog ѐki o‘qituvchi deb yuritiladi.
1.3. XORIJ TA’LIM TAJRIBASIDA DIFFERENSIAL, INTEGRATIV VA MASOFAVIY TA’LIM MASALALARI.
Insoniyat jamiyatining hozirgi zamon rivojlanish darajasi mustaqil respublikamiz ijtimoiy haѐtining barcha sohalarida amalga oshirilaѐtgan tub o‘zgarishlarda o‘z aksini topmoqda. Bunday o‘zgarishlar shak-shubhasiz, barkamol shaxsni tarkib toptirish bilan chambarchas bog‘liq.
Aynan ana shu masala "Ta’lim to‘g‘risida"gi Qonun va "Kadrlar tayѐrlash milliy dasturi‖ da o‘z aksini topgan.
Bugungi kunda insoniyat jamiyati, shuningdek, mustaqil respublikamiz xalqi oldida turgan ijtimoiy-itisodiy, g‘oyaviy-siѐsiy, ta’limiy-tarbiyaviy muammolarning echimini topish tabiiy, ijtimoiy, texnik fanlarni o‘zaro aloqadorligi va o‘zaro munosabatlariga bog‘liq. CHunki, ularning barchasi mohiyati, mazmuni, tabiati, shakli va ko‘lamiga ko‘ra tizimlilik xarakteriga ega bo‘lib, ularga aynan mos ѐndashuv ѐrdamida tadqiq etilib, echimi topiladi. Bu o‘z navbatida ta’lim-tarbiya ishida ham tizimli ѐndashuvdan foydalanishni ko‘zda tutadi.
Ko‘p sonli manbalar, xususan pedagogik amaliѐt sohalarining tahlili ta’lim-tarbiya jaraѐnining rivojlanishiga to‘siq bo‘laѐtgan muammolar mavjudligidan guvohlik beradi. Bular asosan, bizning fikrimizcha, o‘rganilaѐtgan ob’ektlarning ba’zi bir jihat va xususiyatlarini lavhalar (fragment) shaklida o‘rganish natijasida yuzaga kelib, mantiqan bog‘lanmagan va tizimlashmaganligidadir. Amaliѐtdagi bunday holatlarni bartaraf etishda integrativ ѐndashuv muhim ahamiyat kasb etadi. Fanda "Integratsiya" tushunchasi XVIII asrdaѐq G.Spenser tomonidan qo‘llanilishiga karamay, unga davr taqozosiga ko‘ra yaqin paytlargacha etarli ahamiyat berilgan emas.
Ilmiylik nuqtai nazaridan olib qaraganda integratsiyaning asosini olamning yaxlitligi va uni tashkil etuvchi qism (element)larning o‘zaro aloqadorligi, munosabatlari tashkil etadi. Taniqli rus psixologik olimi G.S. Kostyukning fikricha: "Tabaqalanish differensiatsiya - ruhiy jaraѐnlar va holat (xususiyat)larni ko‘payishiga olib kelsa, integratsiya - tartibga keltirish, subordinatsiya va uning natijalarini ma’lum ketma-ketlikda joylashtirishga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |