Javoblarni qay holatda qabul qilish lozim:
1.Javob sizni qoniqtirdi – minnatdorchilik bildiring, rag`batlantiring;
2. Javob qisman to`g`ri, to`liqsiz berildi- to`g`ri qismini alohida ta’kidlab ko`rsating, ko`proq aniqlashtiruvchi savollar bering yoki savolni boshqa kishiga yo`naltiring;
3.Javob sizni qoniqtirmadi- suhbatdoshingizning harakatlarini ma’qullang, uni noqulay vaziyatga qo`ymang, savolni boshqa jumlalar orqali qayta ifodalang, boshqa o`quvchiga murojaat qiling yoki o`zingiz javob bering.
Savol / sharhlarga munosabatni qanday bildirish kerak:
Xafa bo`lmang;
Baho bermang;
O`zingizni himoya qilishga harakat qilmang;
Suhbatdoshingizni hurmat qiling;
Xotirjamlik saqlang;
O`quvchilarni noqulay vaziyatga qo`ymaslik uchun savollarni qanday berish zarur:
1.Savolni avval butun sinfga bering;
2.O`quvchilarga savolni o`ylab olish uchun fursat bering;
3.Agar kimdir javob berish istagini bildirsa, uni rag`batlantiring, davom ettirish yoki qo`shimcha qilishni so`rang;
4.Agar yetarlicha vaqt o`tsada, sinf jim o`tirsa, o`quvchilarning sizga uzatayotgan noverbal belgilari (nigoh yo`nalishi, tananing oldinga engashishi)ga e’tibor bering va biror kishiga shaxsan murojaat qiling;
5.Agar hech qanday belgilar sezilmasa, savolni sharhlashingizga ehtiyoj bor – yo`qligini sinfdan so`rang;
6.Yaxshi savol berilgani uchun maqtashni oshirib yubormang.
Kommunikatsiya samarali bo`lishi, turli to`siqlar mazmunga zarar yetkazmasligi uchun qayta bog`lanishdan foydalanishni unutmang.
Qayta bog`lanish nima?
Inson hayoti davomida doim o`zgalar bilan muloqotga kirishib, atrofdagilarning o`ziga nisbatan munosabatiga tayanib yashaydi.
O`z navbatida, o`zi ham atrofdagilar haqida fikr yuritadi, ularning hatti- harakatlarini baholaydi. Ko`pchilik o`zgalarning fikrini o`ta muhim hisoblaydi, bu fikrlarni inobatga olish zarur deb biladi.
Munosabat ifodalashning o`z tartib- qoidalari mavjud bo`lib, bu jarayon qayta bog`lanish deb yuritiladi.Qayta bog`lanish – bizning xulqimiz va harakatlarimizning boshqa kishilarga o`zimiz sezmagan holda ta’sir ko`rsatishi haqida ma’lumotdir. Bir kishi yoki butun bir guruh o`zining boshqa kishilarning harakatlariga nisbatan reaksiyasini ularga kamchiliklarini tuzatishda yordam berish maqsadida ifoda etish qayta bog`lanishga olib keladi.
Qayta bog`lanish hamda harakatni talqin qilishni o`zaro farqlash lozim.Xususiy talqinda, masalan, quyidagicha fikr bildiriladi: “Sen, menimcha, …. ni qilyapsan”; qayta bog`lanishda esa ‘’Sen …ni qilganingda, men …ni his qilyapman”. Talqin harakatni talqin qiluvchining qabul qilish xususiyatlariga bog`liq bo`lishi mumkin. Qayta bog`lanish esa bir kishining boshqa bir kishi harakatlariga nisbatan reaksiyasini ifoda etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |