Xorazm milliy oshxonasi


Shivit oshi uchun kerakli masalliqlar



Download 1,36 Mb.
bet6/7
Sana02.08.2021
Hajmi1,36 Mb.
#136669
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Xorazm milliy oshxonasi

Shivit oshi uchun kerakli masalliqlar:

Qaylasiga: 500 gr go‘sht, 2 bosh piyoz, 2 ta qizil qalampir,  2 ta ko‘k qalampir, 2 ta kartoshka, 2 bo‘lak sarimsoqpiyoz, 1 ta kattaroq pomidor

Xamiriga: 1 ta tuxum,  200 gr suv,  300 gr un, 100 gr yangi uzilgan shivit

Sharbatiga: 100 gr qatiq, 100 gr smetana,  ozroq tuz

Oldin xamir tayyorlanadi. Buning uchun shivit yaxshilab yuvilib, go‘sht maydalagichdan chiqariladi va ustidan bir piyola suv quyiladi. Yoki shivitni mayda qilib to‘g‘rab, ustiga suv quyib blendr yordamida aralashtirish ham mumkin. Tayyor aralashmaga tuxum, tuz va un solinib xamir qoriladi. U yashil tus oladi. Uni 20-30 daqiqa tindirib qo‘yilgach, ugra qalinligida yoyiladi. Yoyilgan xamir rulet qilinib, 1 sm kattalikda kesiladi va qaynab turgan sho‘r suvda 2-3 daqiqa qaynatib olinib, ustidan sovuq suv o‘tiriladi. Alohida idishga qatiq, qaymoq(yog‘sizi ya’ni smetana) va ozroq tuz solib yaxshilab aralashtiriladi. Hosil bo‘lgan sharbat- aralashma ustiga pishib chiqqan “yashil lag‘mon”ni ya’ni “yashil ugra”ni solib aralashtiramiz.

Shivit oshining qaylasini ham har xil tayyorlash mumkin. Biz sizga Xorazmda eng ko‘p qo‘llaniladigan uslubni tavsiya qilmoqdamiz.

Go‘sht maydaroq va piyoz odatdagiday yarim oy shaklida, kartoshka, qizil hamda yashil qalampirlar esa to‘rt burchak shaklida to‘g‘raladi. Pomidor qirg‘ichdan o‘tkaziladi. Sarimsoqpiyoz maydalanadi. Qozonga oldin go‘sht solinadi, u pishgach piyoz, ustidan pomidor solinadi. Birozdan so‘ng kartoshka, sal o‘tib qalampir, sarimsoqpiyoz va ziravorlar solinib, kartoshka pishgunicha dimlab qo‘yiladi. Har bir masalliqdan keyin ozroq tuz solib turishni unutmang.

Qayla tayyor bo‘lgach, laganga oldin lag‘mon ya’ni ugra solinadi, usti qayla bilan bezatilib, dasturxonga tortiladi.



UShOQ BARAK. Xorazm taomlari orasida ushoq barak alohida o‘rin tutadi, tantanalarga, aziz mehmonlarga ham atab pishiriladi. Bu taom ruslarda pelmen, O‘zbekistonning boshqa viloyatlarida chuchvara nomi bilan mashhur. Ammo ushoq barak tayyorlanish usuli bilan yuqoridagi taomlardan ajralib turadi. Nomidan ham ma’lumki, ushoq barak juda mayda, bosh barmoqdek tugiladi. Ayni shu jihati bilan rus pelmenidan farq qiladi. 

Ushoq barak odatda, chopqida chopilgan qiymadan (Xorazmchasiga “ijjon”dan) tayyorlanadi. Vohada taomning qatiqli barak va sho‘rva barak deb nomlanuvchi ikki turi mashhur. Qatiqli barak turida barakchalar suvda qaynatib olinib, cho‘lpida(chovlida) turgan joyida ustidan sovuq suv o‘tkaziladi. So‘ng qatiqqa aralashtirib, sovuq holda iste’mol qilinadi.

Sho‘rva barakda esa alohida idishda suyakli go‘sht yoki suyakning o‘zidan qaynatma sho‘rva qilinib, suvda qaynatib olingan baraklar ustiga shu sho‘rvadan solinadi yoki baraklar oldindan tayyorlangan qaynatma sho‘rvada pishiriladi.


Download 1,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish