Qaylasiga:
500 gr go’sht
2 bosh piyoz
2 ta qizil qalampir
2 ta ko’k qalampir
2 ta kartoshka
2 bo’lak sarimsoqpiyoz
1 ta kattaroq pomidor
Xamiriga:
1 ta tuxum
200 gr suv
300 gr un
100 gr yangi uzilgan shivit
Sousiga:
100 gr qatiq
100 gr smetana
Ozroq tuz
Oldin xamir tayyorlanadi. Buning uchun shivit yaxshilab yuvilib, go’shtmaydalagichdan chiqariladi va ustidan bir piyola suv quyiladi. Yoki shivitni mayda qilib to’g’rab, ustiga suv quyib blendr yordamida aralashtirish ham mumkin. Tayyor aralashmaga tuxum, tuz va un solinib xamir qilinadi. Xamir yashil va plastilinga o’xshash shaklda bo’ladi. 20-30 daqiqa tindirib qo’yilgach, lag’mon qalinligida yoyiladi.Yoyilgan xamir rulet qilinib, 1 sm kattalikda kesiladi va qaynab turgan sho’r suvda 2-3 daqiqa qaynatib olinib, ustidan sovuq suv o’tiriladi. Alohida idishga qatiq, smetana va ozroq tuz solib yaxshilab aralashtiramiz. Xosil bo’lgan sous ustiga pishib chiqqan “yashil lag’mon”ni solib qoramiz.
Shivit oshining qaylasi ham har xil tayyorlashi mumkin. Biz sizga Xorazmda eng ko’p qo’llaniladigan retseptni taqdim qilmoqdamiz.
Go’sht maydaroq qilib to’g’raladi. Piyoz odatdagiday yarim oy shaklida. Kartoshka, qizil va yashil qalampirlar esa kubikcha qilib. Pomidor qirg’ichdan o’tkaziladi. Sarimsoqpiyoz maydalanadi. Tavaga oldin go’sht, go’sht pishgach piyoz, ustidan pomidor solinadi. Birozdan so’ng kartoshka, sal o’tib qalampir, sarimsoqpiyoz va ziravorlar solinib, kartoshka pishgunicha dimlab qo’yiladi. Har bir masalliqdan keyin ozroq tuz solib turishni unutmang.
Qayla tayyor bo’lgach, laganga oldin lag’mon, ustidan qayla solinib dasturxonga tortiladi.
UShOQ BARAK
Xorazm taomlari orasida ushoq barak alohida o’rin tutadi. Bu taom ruslardagi pelmeni, O’zbekistonning boshqa viloyatlarida chuchvara nomi bilan mashhur bo’lgan taomga juda o’xshab ketadi. Ammo ushoq barak tayyorlanish usuli bilan yuqoridagi taomlardan ajralib turadi. Nomidan ham ma’lumki, ushoq barak ushoq, ya’ni mayda, kichkina qilib tugiladi. Ayni shu jihati bilan rus pelmenidan farq qiladi. Xorazm chuchvarasi – ushoq barak, odatda, chopqida chopilgan qiymadan (Xorazmchasiga “ijjon”dan) tayyorlanadi. Vohada taomning qotiqa barak va sho’rva barak deb nomlanuvchi ikki turi mashhur. Qotiqa barak, ya’ni qatiqli barakda barakchalar suvda qaynatib olinib, cho’lpida turgan joyida ustidan sovuq suv o’tkaziladi. So’ng qatiqqa aralashtirib, sovuq holda iste’mol qilinadi. Sho’rva barakda esa alohida idishda suyakli go’sht yoki suyakning o’zidan qaynatma sho’rva qilinib, suvda qaynatib olingan baraklar ustiga shu sho’rvadan solinadi yoki baraklar oldindan tayyorlangan qaynatma sho’rvada pishiriladi.
Ushoq barak tayyorlash uchun kerakli masalliqlar:
Do'stlaringiz bilan baham: |