TUXUM BARAK, QADIMIY XORAZM TAOMI
Masalliqlar:
Xamiriga:
Yuqori sifatli un – 500 – 600 gr
Tuxum – 1 dona
Suv – 250 ml
Qiymasiga:
Tuxum – 8 dona
O’simlmk moyi – 150 ml
Sut – 200 – 250 ml
Tuz – tabga ko’ra
250 gramm sovuq suvga tuxum solinadi, bir choy qoshiq tuz va keraklicha un aralashtirgan holda qattiq xamir qoriladi. Dumaloq holga keltirib 10-15 daqiqa tindiramiz.
Bu vaqtda qiymasini tayyorlaymiz, laganchaga tuxumlarni chaqib aralashtiramiz.
Aloxida laganchada sut va o’simlik moyini aralashtiramiz.
Aralashtirilgan tuxumga yog’ va sutni qo’shamiz, tuz va tabga ko’ra ziravorlarni qo’shib ma’lum muddatgacha aralashtiramiz. Qozonga suv to’ldirib olovga qo’yamiz, suv qaynagandan so’ng tuz solinadi.
Xamirga qaytamiz, uni 1,5-2mm qalinlikda katta qilib yoyamiz va kerakli shaklda kesamiz. So’ng bizga sovuq, sho’r suv kerak bo’ladi. Sho’r suv yordamida xamirni ikki cheti mahkam qotirilib konvertlar yasaladi. Qolgan barcha harakatlar suv qaynayotgan qozon yoniga ko’chiriladi.
Osh qoshiq yordamida qiymani konvert ichiga solamiz ochiq qismini ham biriktirib konvertni qaynab turgan suvga solamiz. Qaynoq suvda tuxum darhol qota boshlaydi 3-4 daqiqa qaynatilgandan so’ng laganga olamiz va bir-biriga yopishib qolmasligi uchun oldindan tayyorlangan yog’ni quyamiz.
Baxorda va yozda turli xil ko’katlar aralashtirishimiz mumkin ya’ni, ismaloqdan tortib ko’k piyozgacha.
Mazkur taom parxez taom hisoblanib inson organizmi hazm qilish organlari kasalliklarida juda foydali.
Qadimiy Xorazmning milliy taomlari
03.01.2020
0
865
marta ko‘rilgan.
O‘zbek milliy taomlarini tayyorlanish jarayoni va ovqatlanish madaniyati juda uzoq tarixga ega va xalqning ko‘p yillik tajribasiga asoslanadi. Urf-odat va an’analar hududning iqlim sharoitidan va mahalliy aholining turmush tarzidan kelib chiqqan holda shakllanadi. Har bir hudud aholisi milliy taomlar tayyorlash borasida o‘z uslubiga ega.
Ayniqsa Xorazm viloyati o‘zining taomlari va ularni tayyorlashning maxsus uslubi bilan mashhur. Har bir taom o‘zining maxsus ta’miga ega ayniqsa, “Xorazm palovi”, “Tuxum barak”, “Ushoq barak”, “Shivit oshi”, qovurilgan baliq va hatto noni ham o‘zgacha. Xorazm milliy taomlari O‘zbekistonning boshqa hududlarida tayyorlanadigan taomlardan farq qiladi.
ShIVIT OShI. Xorazmcha lag‘mon, yashil lag‘mon nomlari bilan dunyo taomnomasiga kiritilgan bu ne’mat yozning jazirama kunlaridagi eng tansiq ovqatlardan biri hisoblanadi. Shivit oshi o‘zining yashilligi va darmondorilarga boyligi bilan boshqa shu turdagi ovqatlardan farq qiladi. Shu o‘rinda taomning o‘ziga xosligini ta’minlovchi shivit haqida to‘xtalib o‘tsak! Bu o‘simlik tarkibida temir, kalsiy, karotin, efir moyi, flavonoidlar, A, B1,B2, PP vitaminlari, fitonsitlar, mineral tuzlar va boshqa moddalar mavjud. U kletchatkaga boy bo‘lgani bois ichaklarni tozalaydi. Shuning uchun ham go‘shtli taomlarga shivit qo‘shiladi. U hazm qilishga yordam beradi va hazm bo‘lmagan taomlar qoldig‘ini tanadan chiqarib tashlaydi.
Qadimdan tabobatda tinchlantiruvchi, yel, siydik haydovchi, yo‘tal va yallig‘lanishga qarshi, emizikli onalar sutini ko‘paytiruvchi vosita sifatida tavsiya etilgan. Zamonaviy tibbiyotda shivit o‘tining damlamasi qon bosimini tushiruvchi, yurak – qon tomirlarini kengaytiruvchi xususiyatga ega ekanligi ilmiy tadqiqotlarda isbotlangan. Shivitdan ko‘kat sifatida foydalanilganda me’da shirasi ajralishi, o‘t haydalishi yaxshilanadi. Xamirli ovqat is’temol qilishi mumkin bo‘lmagan bemorlarga ham ushbu taomni kam-kam berish mumkin. Albatta bemor meyorni unitmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |