бактерия, штамм, клон, вид, систематика, классификация,
таксономия
Abstract.
This article focuses on teaching students the study of the systematics of bakteria
with the use of foreign pedagogical technologies, development of skills of independent work.
Key words:
bacteria, strain, clone, species, systematization, classification, taxonomy
Uzoq vaqt davomida biolog olimlar mikroorganizmlarni si
stematikaga solib bo’lmaydi deb
hisoblagan, chunki ularning orasida “xaos” mavjud
(Linney). Ilk mikrobiolog-sistematiklar
O.Muyller (1786), K.Erenberg (1838), F.Kon (1872), Migullarning (1900) tasnifi morfologik
belgilarga asoslangan.
Zamonaviy tasnif tizi
mlarida mikroorganizmlarning barcha ma’lum belgilari hisobga olinadi:
shakli, o’l
chami, rangi, harakatchanligi va boshqa fiziologik, kultural va biokimyoviy xususiyatlari.
Aksariyat zamonaviy mikroorganizmlar aniqlagichlari uchun mikroblarni guruhlashning
yagona tamoyili mavjud emasligi xosdir. Ko’pincha u yoki bu morfologik
belgiga ega organizmlar
har xil avlod, oilalarga k
iritib qo’yiladi va aksincha, bir xil bo’lmagan morfologik belgilarga ega
turlar bir guruhga birlashtiriladi.
Bu holat mikroblarning o’
ziga xos xususiyatlari, tashqi tuzilishi va rivojlanishining soddaligi,
shuningdek tashqi muhit sharoit
lari ta’sirida tez
o’zgaruvchanligi bilan tushuntiriladi. Hatto spora
hosil qilish, xivchinlarning mavjudligi, ularning miqdori va joylashishi, hujayra tuzilishi kabi
morfologik belgilar ham doimiy bo’lmasligi mumkin.
Fiziologik belg
ilar ham o’
zgaruvchanligi bilan ajralib turadi. Binobarin, sut kislota hosil
qiluvchi bakteriyalar ularni uglevodsiz muhitda uzoq vaqt o’stirilganda bijg’ishni keltirib
chiqari
shdan to’xtashi mumkin.
Mikroorganizmlarning sistematikasi va tasnifi asosan hayvonlar va
o’simliklar
uchun qabul
qilingan tamoyilga asoslanadi. Mikroblar tasnifi tizimidagi asosiy taksonomik birlik -tur.
Tur-
o’zaro yaqin organizmlar guruhi va to’plami, ular umumiy kelib chiqishiga ega bo’lib,
muayyan morfologik, biokimyoviy, biokimyoviy va fiziologik belgilar bilan ajralib turadi va
ma’lum oziqlanish muhitiga moslashgan bo’ladi. Tur
-bu mikroorganizmlarni qon-qarindoshlik
aloqalarining yig’indisidir, ya’ni:
1. Bitta ildizdan kelib chiqqan bo’lishi kerak.
2. Ularning hayot faoliyatlari va munosabatlari bir-bi
rlariga o’xshash bo’lishi.
3. Alohida yashash va ovqatlanish muhitiga ko’nikkan bo’lishi.
4. Shu turdagi mikroblarda modda almashinuvi bir xilda ketishi.
5. Morfologik, fiziologik va genetik apparatlarining o’xshash bo’lish
idir.
Mikroorganizmlar taksonomik birligini belgilovchi ierarxiya sxemasida turlar, avlodlar
tarkibiga kiritilgan. Avlod-asosiy sistematik birlik bo'lib u qarindosh turlarni o'z ichiga oladi.
Sistematikada avlod nomi bir so'z bilan ifodalanadi va har doim bosh harfda yoziladi. Avlodga
kiritilgan turlar soni har xil bo'lishi mumkin. Masalan,
Azotobacter-
avlodi 4 ta turdan tashkil topgan
bo'lsa, bakteriyalarning
Basillus
avlodiga esa 50 ta yaqin turlar kititilgan. Oila-bir-biriga o'xshash,
yaqin avlodlar yig'indisidir. Oila nomi avlod nomiga -
aceae
qo'shimchasini qo'shib hosil qilinadi.
Masalan;
Pseudomonas
avlod,
Pseudomonadaecee-
oila. Oila o'z navbatida tartib tarkibiga
kiritilgan. Tartib nomi oila nomiga
-ales
qo'shimchasinini qo'shishdan hosil bo'ladi. Shuni ham
aytish kerakki, mikrobiologiyada tartib taksonomik birlik oila taksonomik birligiga nisbatan kam
ishlatiladi. Masalan, bakteriyalar sistematikasida sirg'anib harakat qiluvchi bakteriyalarni juda katta
guruhi 8 oilani o'z ichiga olgan holda 2 tartibdan tashkil topgan. Grammanfiy tayoqchasimon va
sharsimon aerob bakteriyalar guruhi 6 oilaga bo'linishiga qaramay, xanuzgacha tartiblarga
bo'linmagan.
Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interfaol uslublardan foydalanib, ta’limning samaradorligini
ko’tarishga bo’lgan qiziqish, e’tib
or kundan-kun kuchayib bormoqda. Zamonaviy texnologiyalar
qo’llaniladigan mashg’ulotlar talabalar egallayotgan bilimlarni o’zlari qidirib topishlariga, mustaqil
o’rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o’zlari keltirib chiq
arishga qaratilgan.
O
’quv
-tarbiya jarayonida pedag
ogik texnologiyalarning to’g’ri joriy etilishi o’qituvchining bu
jarayonda asosiy tashkilotchi sifatida faoliyat yuritishiga olib keladi
. Bu esa talabadan ko’proq
mustaqillikni, ijodni va irodaviy sifatlarni talab etadi, ularni fikrlashga,
o’z nuqtai nazar
larini
asoslashga imkoniyat yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |